Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   363
To’g’rilanmaydigan 

churra 

simptomatikasi. 

To’g’rilanadigan 

churranikidan  odatda  yaqqolroq  ifodalangan.  Dispeptik  buzilishlar,  qabziyatlar 

ko’p uchrab turadi. 

To’g’rilanmaydigan  churra  ko’pincha  ichakning  mexanik  tutilib  qolishi 

(bitib  ketish,  buralish,  striktura),  churra  pardalarining  yallig’lanishi  va  qisilishi 

bilan asoratlanadi.

 

 



 

 

 



 

 

 




 

318 


 

ME’DA  VA  O’N  IKKI  BARMOQLI  ICHAK  KASALLIKLARI 

 

Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 

Me’da  chap  qovurg’alar  ostida  va  qorinning  chap  yarmida  joylashgan, 

uning  chiqish  qismigina  o’rta  chiziqdan  o’ngga  o’tadi.  Me’da  to’lganda  uning 

katta  egriligi  kindik  sohasida  proektsiyalanadi.  Me’dada  kardial  bo’lim,  tubi, 

tanasi, antral bo’lim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich me’da bilan o’n 

ikki barmoqli ichak o’rtasidagi chegara hisoblanadi. 

O’n  ikki  barmoqli  ichak  me’da  osti  bezi  boshchasini  taqa  ko’rinishida 

bo’lib,  Treytts  boylami  oldida  duodenoeyunal  bukilma  hosil  qiladi.  O’n  ikki 

barmoqli  ichakda  4  qism  qayd  qilinadi:  yuqori  gorizontal,  pastga  tushadigan 

(unga umumiy  o’t  yo’li  va  me’da  osti  bezi  yo’li  quyiladi), pastki gorizontal  va 

yuqoriga ko’tariladigan qism. 

Me’da  tanasi  bilan  antral  bo’lim  o’rtasida  burchak  kemtigiga  muvofiq 

keladigan  oraliq  egat  chegara  bo’lib  hisoblanadi.  Me’dani  shu  tarzda  bo’lish 

me’daning gistologik tuzilishiga va fiziologik xususiyatlariga muvofiq, keladi. 

Me’da  qon  bilan  qorin  aortasi  tarmoqlaridan  ta’minlanadi.  Tomirlarning 

a’zolar  ichidagi  katta  aloqalari,  ularning  anastomozlari  qon  ta’minotining 

ko’pligini  keltirib  chiqaradi.  Bu  hol  eroziyalardan  va  yaralardan  qon  oqqanda 

qon  ketishini  to’xtatishni  qiyinlashtiradi.  Me’da  venalari  arteriyalarga  mos 

keladi  va  qopqa  vena  tarmog’i  hisoblanadi.  Me’da  kardial  bo’limining  shilliq, 

pardasi  ostidagi  qavatda  venoz  chigallar  portal  sistemani  yuqori  kovak  vena 

sistemasi bilan tutashtiradi, 

bu  portal  gipertenziyada  venalarning  varikoz  kengayishini  diagnostika  qilishda 

va davolashda g’oyat muhim. 

Me’dadan limfa oqib ketadigan yo’llar me’dada onkologik jarayon sababli 

o’tkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim ahamiyatga ega. Asosan tomirlar 

yo’li  bo’ylab  joylashadigan  asosiy  limfatik  sohalar  soni  3  ta:  1)  chap  me’da 




 

319 


arteriyasi  sohasi;  2)  taloq  arteriyasi  bo’ylab  o’tgan  limfatik  tomirlar;  3)  jigar 

arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlar. 

Bu uchala asosiy arteriyalar tarmoqlari bo’ylab joylashgan tugunlar birinchi 

tartibdagi limfatik tugunlar, bu arteriyalarning o’z tutami bo’ylab joylashgani – 

ikkinchi  tartibdagi  tugunlar,  qorin  arteriyasi  (truncus  coeliacus)  bo’ylab 

joylashgani  esa  uchinchi  tartibdagi  limfatik  tugunlar  deb  ataladi.  Me’dani 

intramural  nerv  chigallari,  adashgan  nervlar  va  quyosh  chigalidan  simpatik 

nervlar innervatsiya qiladi. 

Me’da  funktsiyasini  idora  qilishda  oldingi  yoki  orqa,  ba’zan  esa  ham 

oldingi,  ham  orqadagi  qo’shimcha  tutamlar  ko’rinishidagi  adashgan  nervlar, 

o’ng tutamdan chiqadigan va qizilo’ngachning orqa chap yuzasi bo’ylab me’da 

tubiga  Gis  burchagi  sohasida  boradigan  Grassi  qo’shimcha  tarmog’i  muhim 

ahamiyatga  ega.  Bu  qo’shimcha  tarmoqlar  vagotomiyadan  keyin  yara 

kasalligining  qaytalanishida  muhim  rol  o’ynaydi.  Adashgan  nerv  tutamlari 

sekretor  faoliyatini  boshqaradigan  Latarje  oldingi  va  orqa  tarmog’i  bilan 

tugallanadi,  uning  oxirgi  2-4  tarmoqlari  esa  motor  funktsiyasini  boshqaradi. 

Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari orasida antral bo’lim sohasida ham, tanasi va 

hatto kardiya sohasida ham kollaterallar bo’ladi. 

Me’da  sekretsiyasi  butun  hazm  qilish  davri  mobaynida  o’zaro  ta’sir 

qiladigan  neyrogumoral  mexanizm  bilan  amalga  oshiriladi.  Adashgan  nervlar  I 

faza deb ataladigan neyrogen fazani ta’minlab beradi, u o’rta hisobda taxminan 

yarim  soat  davom  qiladi  va  sekretsiyaning  go’yo  ish  solish  mexanizmi 

hisoblanadi.  Ayni  vaqtda  adashgan  nervlar  ovqatning  me’dadan  o’n  ikki 

barmoqli  ichak  motorikasini  va  evakuatsiyasini  ta’minlab  beradi.  Oxirgi 

ma’lumotlarga ko’ra ovqat eyilgandan keyin me’dani bo’shashishi noadrenergik 

tormozlanish nerv tolalari tomonidan amalga oshiriladi. 

Me’da sekretsiyasining (II faza) gumoral rag’batlantirishni 1905 yil Edkins 

kashf  etgan  va  1964  yilda  Gregori  va  Trasi  sof  holda  ajratib  olgan  gastrin 

vositasida  amalga oshiriladi.  Gastrin  me’daning  antral  bo’limi  shilliq pardasida 

joylashgan  hujayralar  (ularning  90%gacha),  o’n  ikki  barmoqli  va  och 




 

320 


ichaklarning  proksimal  qismlarida,  hatto  me’da  osti  bezidagi  hujayralar 

tomonidan  sintez  qilinadi.  Fiziologik  sharoitlarda  C-hujayralar  oqsili  ovqat, 

peptonlar, aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan rag’batlantiriladi va endi 

uning  o’zi  ichki  omil  ishlanishi,  xlorid  kislota,  pepsin,  me’da  osti  bezi 

fermentlari  sekretsiyasini  rag’batlantiradi,  me’da  va  och  ichak  peristaltikasini 

kuchaytiradi. 

Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim  mualliflar 

ingichka ichakning yuqori bo’limlarida me’da sekretsiyasini rag’batlantiradigan 

enterogastron  hosil  bo’ladi  deb  hisoblasalar,  boshqalari  ingichka  ichakda  oqsil 

parchalanishida  gistamin  hosil  bo’ladi  deb  hisoblaydilar.  Ma’lumki,  ingichka 

ichak  sekretsiyani  faqat  qo’zg’atish  ta’siriga  emas,  balki  tormozlash  ta’siriga 

ham  ega.  Biroq,  bu  vagus  innervatsiyasi  saqlanib  qolgan  taqdirdagina  shunday 

bo’ladi. 

Me’dada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi: 

1.

 

Kardial – ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq ajratadi. 



2.

 

Fundal  bezlar,  hujayralarning  4  turidan  tashkil  topgan:  bosh  hujayralar 



pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va 

Kastl ichki omilini ajratadi; qo’shimcha hujayralar bufer xossalarga ega 

shilliq  ishlab  chiqaradi;  differentsiatsiyalanmagan  hujayralar  –  ulardan 

qolgan hujayralar rivojlanadi. 

3.

 

Antral  bezlar  hujayradan  tashqari  suyuqlik  pH  iga  yaqin  bo’lgan  pH  li 



eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi. 

Me’daning  tsilindrsimon  epiteliy  bilan  qoplangan  butun  shilliq  pardasi 

shilliq  pardani  o’z-o’zini  hazm  qilishdan  himoya  qiladigan  va  uni  parda 

ko’rinishida bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi. 

O’n  ikki  barmoqli  ichak  shilliq  pardasida  endokrin  hujayralar  joylashadi: 

gastrin ishlab chiqaradigan C-hujayralar, S-hujayralar – sekretin, J-hujayralar – 

pankreozimin ishlab chiqaradi. 

Bir  sutka  ichida  me’dada  1  l  gacha  me’da  shirasi  hosil  bo’ladi.  Ovqatda 

xlorid  kislota,  pepsinogendan  hosil  bo’ladigan  pepsin  tomonidan  xlorid  kislota 



 

321 


ta’siri  ostida  ishlov  beriladi.  Ovqatning  o’n  ikki  barmoqli  ichakka  portsiya-

portsiya  bo’lib  tushishini  pilorus  va  me’daning  antral  bo’limi  funktsiyasi 

ta’minlab turadi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin