Xirurgik kasalliklar


Churraning  o’tkir  yallig’lanishi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   363
Churraning  o’tkir  yallig’lanishi. Churraning  o’tkir  yallig’lanishi  kamroq 

uchraydi.  Ichak  devori  sohasi  churrani  yallig’lantiradigan  manba  hisoblanadi. 

Bunda  churrada,  ko’pincha  gipogastral  sohasida  o’rtacha  og’riq  sezgilari, 

Qorinning chuqur joylashgan qismida to’liqlik hissi paydo bo’ladi, qorin devori 

zonasi taranglashishi mumkin. 

Bunday  yallig’lanishlarni  davolash  ularning  ichidagi  narsani  qorin 

bo’shlig’iga  albatta  repozitsiya  qilish,  keyin  o’rinda  yotish  rejimini  saqlash, 

ichak  va  qovuq  funktsiyasi  ustida  nazorat  qilishdan  iborat.  Bunda  churraning 

qisilishiga  yo’l  qo’ymaslik  uchun  churra  holatini  tez-tez  nazorat  qilib  turish 

zarur.  Odatda  shundan  keyin  churra  yalliglanishi  kamayib  boradi  va  yo’qoladi. 

Churra  patogen  mikroblar  ishtirokida  yallig’langanda  seroz  va  seroz-fibrinoz 

ekssudat  tezda  yiringli  va  hatto  yiringli-chirigan  bo’lib  qoladi.  Churra 

xaltachasidagi  infektsiya  reflektor  qusishga,  butun  qorin  bo’ylab  qorin  pardasi 

yallig’lanishiga,  qorin  og’rishi,  ichaklar  parezi,  peritonit  manzarasiga  sabab 




 

315 


bo’ladi.  Shuning  uchun  bunday  hollarda  qorin  devorining  o’zgarmagan 

to’qimalari  chegarasiga  yaqin  joyda  revizion  laparotomiya  operatsiyasini 

boshlash  va  agar  qorin  bo’shligida  hamma  narsa  joyida  bo’lsa,  bu  jarohatni 

yopish  va  shundan  keyingina  yalliglangan  churra  to’qimalarini  kesishga  o’tish 

kerak. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin