Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   363
Me’daning yara kasalligi 

Me’da yarasining 3 turi farq qilinadi (Jonson, 1965): 

I turi – me’da kichik egriligi yaralari – meziogastral yaralar;  

II turi – me’da va o’n ikki barmoqli ichakning ko’shma yaralari; 

III turi – prepilorik yaralar. 



 

327 


Ko’pincha  (60%  hollarda)  I  tipga  oid  yaralar  va  20%  da  II  va  III  tiplarga 

oid yaralar uchraydi. 

Me’da yaralarining kelib chiqish sabablari xilma-xil. Bosh sababchilaridan 

biri  me’dadan  passajni  buzilishi  natijasida  ro’y  beradigan  duodenogastral 

reflyuks, 

piloroduodenal 

segment 

motorikasi 

buzilishi, 

pilorusdagi 

etishmovchilik  hisoblanadi.  O’n  ikki  barmoqli  ichak  ichidagi  moddalar 

(lizoletsitin,  o’t  kislotalari)  me’da  shilliq  pardasi  himoya  barerini  buzadi, 

vodorod  ionlarining  jadal  teskari  diffuziyasi  esa  shilliq  pardaning  bevosita 

jarohatiga, 

atrofik 

gastrit 


boshlanishiga 

olib 


keladi. 

Mikro- 


va 

makrotsirkulyatsiya buzilishlari, shilliq parda ostidagi qavat chigali bo’lmasligi, 

kichik egrilik sohasidagi shilliq parda tomirlarining tugallanish xarakteri me’da 

yarasining eng ko’p joylashadigan joyini izohlab beradi. Me’da yaralarida xlorid 

kislota 

miqdorining 

past 

ko’rsatkichlari 



vodorod 

ionlarining  teskari 

diffuzlanishi,  qoplama  hujayralar  massasi  kamayib  ketgan  atrofik  gastrit  bilan 

tushuntiriladi. 

Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning qo’shma yaralari birlamchi duodenal 

yara,  pilorostenoz  va  evakuatsiya  buzilishlari  natijasida  antral  staz  ro’y  berishi 

bilan  bog’lik,  bu  antral  bo’limning  cho’zilishiga,  gastrin  ajralib  chiqishiga, 

gipersekretsiyaga va keyinroq, me’da yarasi hosil bo’lishiga olib keladi. 

Prepilorik  yaralar  (III  turi)  paydo  bo’lishining  patogenetik  mexanizmlari 

o’n ikki barmoqli ichak yaralarining paydo bo’lishiga o’xshashdir. 

Me’da  yara  kasalligining  klinik  manzarasi  ko’p  jihatdan  yara  joylashgan 

joyga, dastlabki umumiy statusga, yoshga, asoratlar paydo bo’lishiga bog’liq. 

Kardial  og’riqlar  xanjarsimon  o’siq  sohasidagi  og’riq  bilan  kechadi,  u  bel 

sohasiga,  chap  elkaga,  yurak  sohasiga  o’tadi,  shu  sababli  bu  og’riqni 

stenokardiyadagi  og’riq  deb  o’ylaydilar.  Og’riq  ovqat  eyish  bilan  bog’lik 

bo’ladi, ovqat eyishdan 20-30 minut o’tishi bilan paydo bo’ladi. 

Mediagastral  yaralar  aksariyat  40  dan  oshgan  kishilarda  paydo  bo’ladi. 

Asosiy  belgisi  –  ovqat  eyilgandan  keyin  30-60  minut  o’tgandan  keyin  og’riq 

paydo  bo’lishidir.  Og’riq  paydo  bo’lish  muddatining  yaraning  joylashuviga 



 

328 


bevosita  bog’liqligi  qayd  qilinadi.  Og’riq  odatda  1-1,5  soat,  ya’ni  ovqat 

me’dadan  chiqib  ketguncha  davom  etadi.  Og’riq  xarakteri,  paydo  bo’lish 

muddati,  kuchi  va  davomliligi  ovqatga,  uning  miqdoriga,  sifatiga  bog’liq, 

keyinchalik esa og’riq ovqat xarakteridan qat’iy nazar, har gal ovqat eyilgandan 

keyin paydo bo’ladi. 

O’n  ikki  barmoqli  ichakning  yara  kasalligidan  farqli  ravishda  me’da 

yaralaridagi  og’riqlar  «ikki  fazali»  bo’ladi:  ovqat  –  og’riq,  tinch  sharoit  – 

engillashuv. 

Katta egrilikdagi yaralar kam uchraydi, ko’pincha xavfli bo’ladi, charviga, 

yo’g’on ichakka, taloq va jigarning chap bo’lagiga o’tadi. 

Pilorus yaralari (III turi) klinik jihatdan o’n ikki barmoqli ichak yaralariga 

o’xshash, biroq malignizatsiyalanishga moyil (2-3% hollarda). 

Yoshi  ulg’aygan  va  keksa  odamlarda  yaralar  aturik,  ko’pincha  asoratlar 

rivojlanishi bilan o’tadi. 60 yoshdagi bemorlarda paydo bo’lgan yaralar «eski», 

bu  yoshdan  keyin  paydo  bo’lgan  yaralar  «kechikkan»  yaralar  deyiladi.  Me’da 

yaralari uchun «qarilik» yaralari xos, ular o’tkir boshlanadi, yassi, yirik bo’ladi, 

yaradan  qon  ketishiga  moyil  bo’ladi,  ularning  sababi  –  atrofik  jarayon,  tomir 

patologiyasi. 

Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi simptomatikasi keksa 

kishilarda kam ifodalangan – kuchli og’riqbo’lmaydi (diametri 3 sm dan katta 

«gigant»  yaralardan  tashqari),  tsikllilik,  mavsumiylik  yo’q,  kamqonlik,  ozib 

ketish  ifodalangan.  O’n  ikki  barmoqli  ichakning  «kechikkan»  va  «eski» 

yaralarida  me’da  shirasi  kislotaliligining  ko’rsatkichlari  saqlanib  qolgan  yoki 

hatto yuqori raqamlarda bo’ladi. 

O’smirlarda  yara  kasalligi  og’riq,  qusish,  duodenal  yaraning  bir  yoki  bir 

necha  asoratlari  rivojlanishi:  yara  teshilishi,  penetratsiya,  stenoz,  qon  ketishi 

holatlari kuzatiladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin