Radiotelemetriya va pH-metriya. Birinchi usulda me’daga pH muhiti
o’zgarishini qayd qiladigan mitti kapsula – radiouzatgich o’rnatiladi, u
ma’lumotni qabul qilib qayd etadigan moslamaga uzatadi va lentaga egri chiziq
ko’rinishida yoziladi.
Bernar zondi (1968) bilan pHni intragastral aniqlash usuli ham bor. Bu usul
bemorlar uchun og’irroq bo’lsada, biroq pH ni tanada ham, antral bo’limda ham
birdaniga aniqlashga imkon beradi.
Aspiratsion usul bilan me’da shirasida pH ni aniqlash o’rtasidagi muhim
farq shundaki, birinchi holda HCl tekshiriladi, ikkinchisining yordamida esa pH
ning haqiqiy qiymatlari bevosita me’da devorida uning turli bo’limlarida bir
vaqtning o’zida aniqlanadi. Bu usullar bir-biriga raqobatchi emas, balki biri
ikkinchisini to’ldiradi. Yoshi ulgaygan va keksa odamlarda, shuningdek og’ir
yotgan va zaiflashgan bemorlarda bu usullardan bittasini qo’llash mumkin.
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi patologiyasidagi rejali
va shoshilinch xirurgiyada tekshirishning rentgenologik usullariga – obzor
rentgenografiya (ozod gaz borligini aniqlashda, yara teshilganiga shubha
bo’lganda yoki yara perforatsiyasida), pnevmogastrografiyaga (shubhali
hollarda me’daga 2-3 l gaz insuflyatsiya qilinib takror rentgenografiyada) katta
ahamiyat beriladi.
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakni kontrast rentgenologik tekshirish
nahorda o’tkaziladi. Bunda bariy sulfat qabul qilishdan oldin me’dada
323
evakuatsiya yoki gipersekretsiya buzilishlari sodir bo’lganidan dalolat beradigan
talay mikdordagi suyuqlikni aniqlash mumkin, uni zond bilan chiqarish kerak.
Ozroq mikdordagi bariy aralashmasi qabul qilingandan so’ng shilliq parda relefi
aniqlanadi, so’ngra “tig’iz” to’ldirishda shakli, joylashishi, katta-kichikligi,
konturlari, so’riluvchanligi, bo’shalishning borishi va boshlanish muddatlari,
patologik o’zgarishlar (to’lish nuqsonlari, «tokcha» simptomi), gaz pufagi
holati,
uning
deformatsiyasi,
og’riq
nuqtalari
aniqlanadi.
Dinamik,
flyuorografik,
kinematografik
tekshiruv
elektron-optik
o’zgartirgichdan
foydalanib olib borilganda me’da motorikasini, uning turli bo’limlarini va
evakuatsiya muddatlarini qayd qilish mumkin.
Qator hollarda ikki va uch marta kontrastlashdan foydalaniladi. Ikki marta
kontrastlash ikkita variantda qo’llanilishi mumkin:
1) me’daga kontrast aralashma va gaz kiritish;
2) me’daga gaz kiritish va pnevmoperitoneum holati bilan tomografiya
o’tkazish.
Uch marta qontrastlash - bu me’daga gaz kiritish, pnevmoperitoneum va
kontrast aralashma ichirishdan iborat.
Duodenografiya o’n ikki barmoqli ichak holatini batafsil o’rganish uchun
(asosan pankreatobiliar sohasi holatini va jarayonini o’rganish uchun)
o’tkaziladi.
Gastroduodenofibroskopiya – me’da va o’n ikki barmoqli ichak tomonidan
patologiyani aniqlashning eng ko’p ma’lumot beradigan usuli bo’lib, fibrotolali
optika yordamida o’tkaziladi. Ertalab nahorda bajariladi, biroq shoshilinch
hollarda zarurat bo’lganda sutkaning har kanday vaqtida me’da bo’shalishidan
so’ng o’tkazilishi ham mumkin.
Tekshirishning bu zamonaviy turlari yordamida shilliq pardada bo’lgan har
qanday arzimagan o’zgarishlar: eroziya, yirtilish, yara, boshlang’ich
bosqichidagi o’smalar aniqlanadi, biopsiya qilish imkoniyati borligi xavfli
o’smalar va me’da yarasini differentsial diagnostika qilishda bu usulning
nihoyatda qimmatli ekanligini ko’rsatadi. Bu usul operatsiya qilingan me’da
324
shilliq pardasi, choklar, ingichka ichak holati to’g’risida etarlicha aniq tasavvur
beradi. Bu usul me’dada kam shikastlaydigan alternativ operatsiyalar qilishga,
operatsiyadan keyingi erta davrda davo tadbirlari (qon ketishini to’xtatish,
to’siq, sohasiga zondlar kiritish va boshqalar) o’tkazishga imkon beradi.
Laparoskopiya shubhali hollarda yara perforatsiyasini qorin bo’shlig’ining
boshqa a’zolari patologiyasidan differentsiatsiya qiladi, xavfli jarayonning
tarqalganligini aniqlab beradi, biopsiya olishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |