Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   363
                         

 

                                                            В 

73-rasm (А, Б, В). Me’dani  Bilrot-II usulida rezektsiyasi. 

 

Yara  perforatsiyasi  (teshilishi)  klassifikatsiyasi.  Keyingi  yillarda  B.D. 



Komarov  va  V.S.  Savelev  tomonidan  taklif  etilgan  klassifikatsiya  keng 

qo’llanilmoqda. Quyida ushbu klassifikatsiyani keltiramiz: 

I. Etiologiyasi bo’yicha: yarali va gormonal.  

II.  Joylashuvi  bo’yicha:  a)  me’da  yaralari:  kichik  egrilikdagi,  katta 

egrilikdagi,  oldingi  devordagi,  orqa  devordagi,  kardial,  prepilorik,  pilorik 



 

335 


qismlarida.  b)  o’n  ikki  barmoqli  ichak  yaralari:  oldingi  devoridagi,  orqa 

devoridagi. 

III.  Kechishi  bo’yicha:  ozod  qorin  bo’shlig’iga  teshilishi,  usti  yopiq 

teshilishi, atipik teshilishi. 

Teshilgan  gastroduodenal  yaralarning  klinik  manzarasi.  Teshilgan 

gastroduodenal  yaralarning  klassik  klinik  manzarasi  tarixiy  rivojlanishga 

uchramagan.  Teshilishning  asosiy  simptomatikasi  (G.  Mondor  triadasi): 

«xanjar» bilan urilgandek to’satdan paydo bo’lgan og’riq, qorin muskullarining 

qattiq taranglashuvi, yara anamnezidan iborat. 

Darhaqiqat, kuchli og’riqlarning to’satdan paydo bo’lishi birorta kasallikda 

ham perforatsiyadagi kabi yaqqol yuzaga chiqqan bo’lmaydi. Bunday bemorlar 

og’riqqa  chidab  bo’lmaydigan  darajadagi  shikoyat  qayd  qiladilar.  «Katta 

yoshdagi  zabardast»  odamning  yuz  qiyofasidagi  g’am-g’ussa  u  tortayotgan 

cheksiz azob-uqubatlarni ifodalab turadi» (G. Mondor). 

Og’riq  avvaliga  epigastriyda,  bunda  o’n  ikki  barmoqli  ichakda  ko’prok, 

o’ng tomonda joylashadi, so’ngra qorinning butun o’ng yarmi bo’ylab tarqalib, 

o’ng yonbosh sohani, keyin butun qorinni qamrab oladi. Og’riqning elkaga yoki 

o’ng  kurakka,  kichik  chanoqqa  tarqalishi  xarakterli.  Qusish  kamdan-kam, 

peritonit  rivojlangandagina  kuzatiladi.  Stenozlovchi  yaralar  teshilganda  yara 

teshilishidan oldin bemor qayt qiladi. 

Bemor,  odatda,  chalqancha  yoki  yonboshi  bilan  oyoqlarini  qorniga  tortib 

yotadi,  ranggi  oqarib  ketgan,  qo’rquv  ostida,  sovuq,  ter  chiqishi  mumkin.  Tez-

tez, yuza nafas oladi, qon tomir urishi avvaliga siyrak, arterial bosimi pasayishi 

mumkin. 


Tili  dastlabki  soatlarda  nam,  keyin  quruqlashadi,  karash  bilan  qoplanadi. 

Og’riq,  bilan  bir  vaqtda  boshqa  simptom  –  qorin  oldi  devori  mushaklarining 

taranglashuvi  paydo  bo’ladi  («taxtasimon»,  qayiqsimon  ichiga  tortilgan  qorin), 

taranglanish avval epigastriyda, so’ngra butun qorin bo’ylab joylashadi. 

Kasallikning dastlabki soatlarida rektal tekshiruvda chanoq qorin pardasida 

keskin  og’riq  borligini  aniqlash  mumkin.  Parietal  qorin  pardasi  nerv  oxirlari 




 

336 


sezuvchanligi  buzila  borgan  sayin  og’riq  asta-sekin  bosiladi,  biroq  bemor 

avvalgiday harakatsiz yotadi. Umumiy holati yaxshilanadi, oldingi qorin devori 

qattiqlashishi kamayadi, kam og’riydi, o’ng yonbosh soxasida og’riq kamayadi, 

ya’ni  «soxta  tuzalish»  davri  boshlanadi  (II  davr).  Yara  teshilish  vaqtidan 

kechikib  6-12  soat  o’tgach  operatsiya  qilish  keyingi  davr  rivojlanishiga  – 

peritonitga  olib  keladi.  Peritonit  uning  hamma  klinik  manzarasi  –  qon  tomir 

urishi  tezlashuvi,  til  quruqligi,  intoksikatsiya  sababli  umumiy  ahvolning 

og’irligi,  qorin  dam  bo’lishi,  el  chiqmasligi, ich kelmasligi, ko’p  martalab qayt 

qilish  yuzaga  keladi.  Bu  davrda  diagnoz  ham,  xirurgik  yordam  ham  odatda 

kechikkan bo’ladi. 

Yara  teshilishi  uchun  xarakterli  simptom  qorin  bo’shlig’ida  ozod  gaz 

borligi  hisoblanadi,  u  diafragmaning  o’ng  gumbazi  ostida  yig’iladi. 

Rentgenologik  tekshirishda  bir  yoki  ikkala  gumbazlar  ostida  yo’l-yo’l  yorug’ 

chiziq kuzatiladi. 

Usti  yopiq  teshilish.  Teshilgan  yaraning  to’satdan  paydo  bo’lgan  turik 

klinikasi  1-2  soatdan  keyin  so’nadi,  og’riq  kamayadi,  mushaklarning 

taranglashuvi  bardam  topadi,  oz-moz  og’riq,  bo’ladi  va  mushaklar  tarangligi 

epigastriyda  kuzatiladi,  xolos.  Bemorlarning  ahvoli  shunchalik  yaxshilanadiki, 

ular o’zlarini sog’lom deb hisoblaydilar. 

Diagnozi  va  differentsial  diagnozi.  Teshilgan  gastroduodenal  yaraning 

diagnostikasi  avvalo  anamnezga,  bemordan  sinchiklab  so’rab-surishtirishga, 

fizikal  tekshirish  ma’lumotlariga  asoslanadi  va  rentgenologik  hamda 

laboratoriya ma’lumotlari bilan to’ldiriladi. 

Perforatsiya  uzoq vaqtgacha  yara  kasalligi  bilan og’rib  yurgan  bemorlarda 

(rentgenologik  tasdaqlangan);  yara  kasalligi  belgilari  bo’lgan  (nordon 

kekiradigan,  och  qoringa  yoki  ovqatdan  keyin  og’riq  paydo  bo’ladigan, 

muntazam  soda  ichib  turadigan),  biroq  hech  qachon  tekshirishlardan  o’tmagan 

va  yara  borligi  to’g’risida  shubha  qilinmagan  shaxslarda  yuz  berishi  mumkin. 

Uchinchi  guruhga  «dispeptik  o’tmishi»  bo’lgan,  biroq  uni  unutib  yuborgan  va 

hozirgi  kasalligini  avvalgi  hazm  buzilishlari  bilan  bog’liq  deb  o’ylamagan 




 

337 


shaxslarni  kiritish  mumkin.  To’rtinchi  guruhga  «soqov»  yarasi  teshilgan 

bemorlar kiritiladi. 

Bemorda prodromal davr borlig’iga – jarayonning kuchayishi yoki qo’zishi 

–  epigastriyda  og’riq,  ko’ngil  aynishi,  subfebril  harorat,  qusishga  ahamiyat 

berish zarur. 

Diagnostika  uchun  kasallikning  o’tkir  boshlanishi,  bemorning  o’ziga  xos 

holati,  tashqi  ko’rinishi,  qon  tomir  urishi  va  qon  bosimi  ma’lumotlari  katta 

ahamiyatga ega. Qorinni tekshirishda perforatsiyadan keyin o’tgan fursat haqida 

unutmaslik  kerak:  dastlabki  soatlarda  ifodalangan  «taxtasimon»  taranglashuv 

keyinroq,  peritonit  avj  olgandan  keyin  qorin  dam  bo’lishi  kuzatilishi  mumkin. 

Har xil yoshdagi bemorlarda – keksalar, ayollar va boshqalarda qorin devorining 

bo’shashgan bo’lishini nazarda tutish lozim. 

Perkussiyada  ozod  gaz  borligi  50-60  foiz  bemorlardagina,  rentgenologik 

tekshiruvda esa 75-80 foiz bemorlarda aniqlanadi. Bemor tik turganda yoki chap 

yonboshi  bilan  yotganida  rentgenodiagnostika  qilish  –  bemorni  tekshirishning 

asosiy diagnostik usuli bo’lib, diafragma gumbazi ustida ozod gazni aniqlashga 

(o’ngda yoki chapda) qaratiladi. 

Noaniq  hollarda  bemorga  1-2  qultum  suvda  eruvchan  kontrast  modda 

berishga to’g’ri keladi, rentgen tekshiruvida uning me’da konturlari tashqarisiga 

chiqishi 

perforatsiyaning 

absolyut 

belgisi 

hisoblanadi. 

Ba’zan 

pnevmogastrografiya  o’tkazib  (me’daga  havo  yuborish)  takror  rentgenografiya 

qilishdan  foydalaniladi.  Diagnostika  qilish  mushkul  bo’lgan  hollarda 

gastrofibroduodenoskopiya yoki laparoskopiya qilish kerak bo’ladi. 

Laboratoriya  tekshiruvida  qon  va  siydik  tomonidan  biror  spetsifik 

buzilishlarni  aniqlashga  muvaffaq,  bo’linmaydi,  biroq,  peritonit  rivojlanganda 

leykotsitoz,  eritrotsitlar  cho’kish  tezligining  oshishi,  leykotsitar  formulaning 

chapga surilishi ifodalangan bo’ladi. 

Teshilgan  yarani  yara  kasalligining  qo’zishidan  farq  kilish  zarur,  bunda 

og’riq xarakteri unchalik kuchli emas, ruy-rost taranglashish, ozod gaz yo’q. 




 

338 


O’tkir xoletsistit bilan aksariyat yoshi o’tgan semiz ayollar kasallanadilar, 

ularning  anamnezida  o’ng  qovurg’alar  ostida  yog’lik  ovqat  eyish  bilan  bog’liq 

bo’lgan  qaytalanadigan  og’riq  bo’ladi.  Og’riq  o’ng  qovurg’alar  ostida 

joylashadi. Orqaga, elkaga, kurakka beriladi, doimiy bo’ladi. Ko’p marta qusish 

bilan  o’tadi.  Muskullar  tarangligi  kam  ifodalangan,  o’t  pufagi  paypaslanadi, 

leykotsitoz ifodalangan. 

O’tkir pankreatit uchun o’tkir keskin doimiy og’riqlar xos, biroq ular o’rab 

oladigan  xarakterga  ega  va  parhez  buzilishi  bilan  bog’liq  (yog’lik  yoki  kuchli 

ovqat  eyish,  ichkilik  ichish).  Bemor  bir  necha  martalab  qayt  qiladi,  u  yara 

teshilganidagi  kabi  harakatsiz  emas,  muskul  taranglashuvi  odatda  bo’lmaydi, 

Meyo-Robson  simptomi  yaxshi  ifodalangan,  qonda  amilaza  miqdorining 

ko’rsatkichlari oshgan bo’ladi. 

O’tkir  appenditsit  bilan  differentsial  diagnostikasi  eng  qiyin,  chunki  har 

ikkala  holda  xam  kasallik  epigastriyda  og’riq  paydo  bo’lishidan  boshlanib, 

keyinroq  o’ng  yonbosh  sohasiga  o’tadi.  Biroq  o’tkir  appenditsitda  bu  og’riqlar 

sustroq,  epigastriyda  muskullar  taranglashmagan,  o’ng  yonbosh  sohada 

simptomatika  birmuncha  yuzaga  chiqqan.  Kasallik  kuchayib  ketgan  hollarda 

rivojlanib  bo’lgan  peritonit  fonida  dardning  sababi  aksariyat  o’rta 

laparotomiyada aniqlanadi. 

Miokard  infarkti  (gastralgik  formasi),  stenokardiyaning  boshlang’ich 

bosqichlaridagi  o’tkir  boshlanish  perforativ  yara  klinikasiga  o’xshab  ketishi 

mumkin. Bemor yoshining ulug’ligi, anamnezda tez-tez stenokardiya borligi, tez 

aritmik  qon  tomir  urishida  bemor  holatining  og’irligi,  arterial  bosimning 

pasayganligi,  yurak  tonlarining  bo’g’iqligi,  elektrokardiografik  o’zgarishlar, 

jigar to’mtoqligining saqlanib qolishi yurak patologiyasidan dalolat beradi. 

Bazal  zotiljam  va  plevrit  uchun  ham  o’tkir  boshlanish,  qorinning  yuqori 

qismida  muayyan  joylashgan  o’rni  bo’lmagan  og’riq  xos  bo’ladi.  Bemorning 

aktiv  hatti-harakati,  yuza  nafas  olish,  burun  qanotlarining  harakati,  harorat, 

o’pka  tomonidan  olinadigan  ma’lumotlar,  qorin  tomonidan  o’zgarishlar 



 

339 


bo’lmasligi  –  bularning  jami  rentgenologik  tekshiruv  yordamida  aniqlanadigan 

to’g’ri diagnoz qo’yishga yordam beradi. 

Differentsial  diagnostikani  kasallik  boshlanishidan  boshlab  dastlabki 

soatlarda  o’tkazish  mumkin;  u  birmuncha  qiyin  va  anchagina  vaqt  o’tgach  va 

tutash  peritonit  klinikasi  yuzaga  chiqqandan  keyin  o’rta  laparotomiyadagina 

o’tkazilishi mumkin. 

Davolash.  Kasalxonaga  yotqazilgunga  qadar  tez  yordam  ko’rsatish  zarur. 

Yara  teshilganiga  shubha  bo’lganda  bemorni  shoshilinch  ravishda  statsionarga 

olib  borish  kerak.  Yurak  dorilari  yuborish,  kislorod  berilishi  mumkin.  Kasallik 

klinikasini  yashirishi  mumkin  bo’lgan  og’riq  qoldiradigan  vositalarni  sira 

yuborib bo’lmaydi. 

Xirurgik bo’limda bemorni tinchlantirish, unga operatsiya qilish zarurligini 

tushuntirish kerak. 

Konservativ  davolash  teshilish  vaqtidan  2  sutka  o’tgach  o’tkazilishi 

mumkin, bunda teshik usti bekilgan, bemorning umumiy ahvoli qoniqorli, teshik 

yaxshi  chegaralangan  bo’ladi,  chunki  infiltrat  bo’lgan  sharoitlarda  operatsiya 

qilish asossiz shikastlanib qolishga sabab bo’lishi mumkin. 

Vangenstin  va  Teylorning  teshilgan  yaralarni  davolash  uchun  me’da 

suyuqligini doimiy aspiratsiya qilish usuli (konservativ usul) o’z vaqtida tanqid 

qilingan  edi.  Biroq  bemor  operatsiyadan  qat’iyan  bosh    tortganda  yoki  uning 

ahvoli  nihoyatda  og’ir  bo’lgan  ahyon-ahyon  hollarda  bu  usul  qo’llanilishi 

mumkin. 


Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik imkon boricha qiska bo’lishi va shokni 

davolash,  dezintoksikatsion  tadbirlar,  me’daga  zond  qo’yishni  o’z  ichiga  olishi 

kerak. 

Operatsiya  xarakteri  har  kimning  o’ziga  xos  bo’lishi  va  bemorning 

ahvoliga,  yaradagi  o’zgarishlar  xarakteriga,  shuningdek  xirurg  va  yordamchi 

xizmatlarning texnik imkoniyatlariga bog’liq. 

Teshilgan  yarani  charvi  bilan  plastika  qilib  tikish  boshqa  operatsiyalar 

o’tkazishga ko’rsatmalar bo’lmaganda, tutash peritonitda, yosh bemorlarda yoki, 




 

340 


aksincha,  keksa  yoshdagi  bemorlarda,  zarur  instrumentariy,  apparatura 

yo’qligida, xirurg malakasi etarlicha bo’lmaganda qo’llaniladi. 

Teshilgan  yarani  tikish  (74-rasm)  bemorni  peritonitdan  qutqarib,  yara 

kasalligiga  bardam  bera  olmaydi  va  keyinchalik  bemorlarning  40-50  foizi  bu 

kasallikning  turli  asoratlari  sababli  takroriy  operatsiya  qilinishga  majbur 

bo’ladilar. 

 

74-rasm. Teshilgan yarani tikish jarrohlik amaliyoti. 



 

Teshilgan  yarani  berkitishning  boshqa  ko’pgina  plastik  usullari  ham 

palliativ operatsiyalar guruhiga kiradi va ularni qo’llanishning keyingi natijalari 

shuncha qoniqarsiz oqibatlar protsentini beradi. 

Qorin  bo’shlig’i  mikroflora  holati  va  uning  xarakterini  yara  etiologiyali 

peritonit  va  boshqa  etiologiyali  peritonitlar  bilan  taqqoslab  o’rganish  shuni 

ko’rsatdiki, 

me’da-ichak 

tizimi 

distal 


yo’nalishi 

bo’ylab 


anaerob 

mikroorganizmlar  ko’payib  borishi  kuzatiladi  (75-rasm).  Shunga  mos  ravishda 

bakteriyalar  kontsentratsiyasi  ham  o’zgaradi  (76-rasm).  Gastroduodenal 

peritonitlarda  qorin  bo’shlig’ining  nisbatan  kam  miqdorda  mikroblar  bilan 

ifloslanishi kuzatiladi. O’tkazilgan mikrobiologik tekshiruvlar bunday holatlarda 

radikal jarrohlik amaliyotlarini o’tkazish maqsadga muvofiqligini asoslab berdi.  




 

341 


 

 

75, 76-rasmlar. Turli xil peritonitlarda qorin bo’shlig’i mikroflora holati. 



 


 

342 


1928  yilda  S.  S.  Yudin  joriy  qilgan  teshilgan  yaralarda  me’dani  birlamchi 

rezektsiya  qilish  bizning  mamlakatimizda  ham,  chet  elda  ham  talaygina 

olimlarning  daqqat-e’tiborini  qozondi.  Yara  kasalligini  davolash  uchun 

o’tkazilishi  mumkin  bo’lgan  radikal  jarrohlik  amaliyotlarining  ko’rsatmalarini 

aniqlashda  qorin  bo’shlig’i  mikroflora  holatini  o’rganishdan  tashqari  quyidagi 

omillar  bo’lishi  zarurdir:  me’da  rezektsiya  uchun  mutloq,  ko’rsatmalar  borligi 

(stenoz,  profuz  qon  ketishi,  malignizatsiyaga  shubha  bo’lishi);  nisbiy 

ko’rsatmalar  borligi:  yara  penetratsiyasi,  uning  kallyoz  xarakteri,  antral  bo’lim 

va  katta  egrilikdagi  yaralar,  yara  anamnezining  davomliligi,  ilgari  qaytalanib 

turgan qon ketishlar borligi (perforatsiya vaqtidan operatsiyagacha o’tgan vaqt 6 

soatdan  oshmagan  taqdirda,  tajribali  xirurg  va  texnik  jihozlangan  operatsiya 

xonasi, og’riqsizlantirish uchun zarur sharoitlar borligi). 

Teshilgan  yaralarda  me’dani  rezektsiyasini  bajarish  natijalari  teshilgan 

yarani  tikib  qo’yishdan  afzaldir,  biroq  uni  o’tkazish  uchun  ko’p  sonli 

sharoitlarning zarurligi birlamchi rezektsiyalar sonini birmuncha kamaytiradi. 

Keyingi  hol  teshilgan  yaralar  shoshilinch  xirurgiyasiga  a’zoni  saqlab 

qoladigan  va  vagotomiya  bilan  birga  qilinadigan  operatsiyalarning  turli 

variantlari  keng  joriy  qilinishi  bilan  bog’liq.  Yarani  kesib  qilinadigan  tutam 

vagotomiyasi va piloroplastika eng ma’qul usul sanaladi. 

Radikalligi  nuqtai  nazaridan  bu  operatsiya  me’dani  birlamchi  rezektsiya 

qilishga  tenglashtirilishi  mumkin.  Ayni  vaqtda  kamroq  shikastlantirishi  va 

o’limning  birmuncha  pastligi,  uni  xirurglar  tomonidan  odatdagi  sharoitlarda 

qo’llanish mumkinligi bu operatsiyani istiqbolli qiladi.  

Teshilgan  yaralarda  operatsiyaning  eng  muhim  tomoni  operatsiya  paytida 

qorin  bo’shlig’ining  to’liq  sanatsiyasi  hisoblanadi.  U  nechog’lik  puxta 

o’tkazilgan  bo’lsa,  operatsiyadan  keyingi  davr  shunchalik  oson  o’tadi  va 

yiringliklar hosil bo’lishi uchun imkoniyatlar kamayadi.  

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin