Yara malignizatsiyasi
Me’da yaralari 15-20 foiz hollarda malignizatsiyaga uchraydi. Bu ayniqsa
katta egrilikda va me’da pilorik bo’limi sohasida joylashgan yaralarga taaluqli.
Malignizatsiyaga aksariyat kallyoz yaralar va asosan 40 yoshdan oshgan
odamlardagi yaralar uchraydi. Me’da yarasi diametri 1,5 sm dan katta bo’lsa, uni
xavfli yara sifatida baholash kerak.
Me’da yarasining malignizatsiyasida bemorlarda qayd qilinadigan belgilar
kasallik boshlangan hollarda uchraydi. Me’da yarasi katta egrilikda, pilorik va
kardial qismlarda, diametri 1,5 sm dan katta bo’lsa, uning malignizatsiyaga
uchraganligi mumkinligi haqida o’ylash lozim; me’da shirasi kislotaligining
pasayishi, yara anamnezining davomliligi; bemor uchun odatdagi og’riq
xarakterining har qanday o’zgarishi; 4-6 hafta mobaynida kompleks konservativ
davolashning naf bermaganligi ham shundan darak beradi.
Ehtimol malignizatsiya diagnostikasi unga shubha tug’dirgan dastlabki
belgilardayoq o’tkaziladi (me’da yarasi bo’lgan bemorlar har 3-6 oyda
muntazam tekshirilib turishlari lozim). Rentgenologik belgilar odamda kech
paydo bo’ladi (to’lish nuqsoni, chetlari o’yiqligi, infiltratsiya va boshqalar).
Asosiy tekshirish usuli gastrofibroskopiya qilib, yaraning bir necha sohasidan
biopsiya olish hisoblanadi. Manfiy gistologik javob malignizatsiya yo’q, degan
ma’noni bildirmaydi, chunki biopsiya sohasiga malignizatsiya bo’lgan qism
tushmay qolishi mumkin. Har kanday shubhalar bo’lganda takroriy tekshiruv
o’tkazilishi lozim. Ayni vaqtda malignizatsiyaga shubha bo’lganda bemorni
operatsiya qilish kerak. Me’da rezektsiyasi asosiy operatsiya turi hisoblanadi.
Bunda gastroentero- yoki gastroduodenoanastomoz qo’llaniladi. Uning sababi
me’daning sekret chiqaradigan qismini olib tashlash va pilorik qism
mexanizmini tugatish, shuningdek duodenal passajni yo’qotish bo’lishi mumkin.
|