O’tkir gatroduodenal yaralar
Me’da va o’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasining o’tkir emirilishi turli
xil faktorlar hisobiga kelib chiqishi mumkin. Gastroduodenal yaralar kelib
chiqish sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin: 1) o’tkir yaralar har xil stress
holatlaridan keyin kelib chiqishi mumkin. 2) eroziyalar har xil dori-darmonlar
ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. 3) o’tkir yaralar har xil kasalliklarda birga
kuzatilishi mumkin (jigar tsirroz, yurak kasalliklari, nafas olish va qon aylanish
sistemasi etishmovchiliklarida, o’tkir va surunkali buyrak etishmovchiligida).
O’tkir stress eroziyalar va yaralar. Odatda o’tkir yaralar gastroduodenal
sohada qon ketishi bilan kuzatiladi. Me’da-ichak tizimi yuqori qismidan qon
ketishi sabablari gemorragik gastrit (17% holatda) va o’tkir yaralar (5% holatda)
bo’lishi mumkin.
Diagnostika: Gemorragik gastrit va o’tkir yaralar diagnostikasida
ezofagogastroduodenoskopiya muhim o’rin tutadi. Differentsial diaznoz alkogol
eroziv gastrit va ikkilamchi medikamentoz eroziv gastrit bilan o’tkaziladi.
Davolash: 1) gemostatik terapiya. 2) volemik buzilishlar korrektsiyasi.
Massiv qon ketish bilan kuzatilgan o’tkir yaralarda konservativ chora-tadbirlar
yordam bermasa, jarrohlik yo’li bilan qon ketish to’xtatiladi.
Stress-yaralar. Stress-yaralar quyidagi holatlarda kelib chiqishi mumkin:
Shok holati, og’ir jarohatlar yoki jarrohlik amaliyotlar (uzoq muddat davom
etganda), ruhiy zo’riqishlar, bosh miya jarohati, miokard infarkti, sepsis, nur
energiyalarning ta’siri, og’ir jismoniy mehnat, keskin atrof muhit haroratining
o’zgarishlari. Stress-yaralarning kelib chiqish asosida gastroduodenal sohadagi
shilliq pardaning qon bilan ta’minlanishining buzilishi, hamda umumiy
metobolik va trofik buzilishlar bo’lishi mumkin.
Klinika va diagnostikasi: Stress yaralarda asosan klinik belgilardan biri turli
xil qon ketish bilan kuzatiladi. Qon qusish va ichning qora kelishi
351
gemodikamikaga
2-3
kunlari
ta’sir
qilishi
mumkin.
Ezofagogastroduodenoskopiyada me’da proksimal qismi shilliq pardasida
ko’plab qon ketayotgan shilliq parda emirilish holatlari kuzatilishi mumkin.
Stress-yaralar profilaktikasi va davosi xuddi me’da va o’n ikki barmoqli
ichak yara ksalligini davolashda qo’llaniladigan chora-tadbirlardan iborat
(antixolinergik preparatlar, gistamin H
2
- retseptori blokatorlari, antatsidlar,
sedativ terapiya).
Dori-darmonlar ta’sirida kelib chiqadigan o’tkir yaralar asosan steroid
preparatlar ta’siri ostida kelib chiqishi mumkin (aspirin, budadion, indometatsin,
atofan va boshqalar).
Ultserogen endokrin kasalliklar. Me’da va o’n ikki barmoqli ichakda peptik
yaralarning kelib chiqish sabablaridan biri har xil endokrin a’zolari
kasalliklaridan keyin kuzatilishi mumkin. 2 xil endokrin adenomatoz tafovut
qilinadi: Birinchi turi – gipofiz, qalqonsimon bezi oldi va me’da osti bezi
kasalliklari. Ikkinchi turi – buyrak usti bezi va qalqonsimon bezi kasalliklari.
Diagnostikasida maxsus klinik instrumental tekshirishlar qo’llaniladi (qondagi
kaltsiy miqdori, radioimmunoximik tekshirishlar yordamida qon miqdoridagi
garmonlarni o’rganish, ultratovushli skanerlash, kompyuter tomografiyasi,
angiografik tekshirishlar). Me’da osti bezi kasalliklari tufayli Zollinger-Ellison
sindromi kelib chiqishi mumkin.
Davolashda me’da rezektsiyasi va gastrektomiya jarrohlik amaliyotlari
qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |