Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   363
Davolash.  Bezli  polipni  (adenoma)  joylashgan  joyi  va  o’lchamlaridan 

qat’iy  nazar  endoskopik  elektroekstsiziya  yo’li  bilan  olib  tashlanadi.  Agar  olib 

tashlangan  polip  gistologik  tekshiruvida  uning  malignizatsiyalashganligi 

aniqlansa,  me’da  saratonidagi  kabi  me’da  rezektsiyasi  yoki  hamma  onkologik 




 

354 


radikalizm  qonunlariga  rioya  qilgan  holda  gastroektomiya  amaliyoti 

ko’rsatilgan. 

Klinika va diagnostikasi: Me’da saratoni erta turi uchun xos bo’lgan klinik 

belgilar yo’q. U belgilarsiz yoki qaysi kasallik fonida kelib chiqqan bo’lsa, shu 

kasallik belgilari bilan kechishi mumkin.  

Me’da  saratoni  bilan  kasallanish  onkologik  kasallik  xavfi  yuqori  bo’lgan 

bemorlarda  ehtimoli  yuqori.  Onkologik  xavf  yuqori  bo’lgan  omillarga  me’da 

o’sma  oldi  kasalliklari  (surunkali  gastrit,  me’da  surunkali  yarasi,  me’da 

poliplari); noonkologik kasallik tufayli me’da rezektsiyasi bajarilganligiga 5 yil 

va  undan  ortiq  vaqt  o’tgan  bemorlarda  me’da  cho’ltog’i  surunkali  gastriti; 

oilasida  saraton  bilan  kasallangan  bemorlar  bo’lganligi;  axilik  gastriti  bo’lgan 

bemorlarda  qon  guruhi  II  (A)  bo’lishi;  zararli  omillar  ta’siri  (kimyoviy  sanoat) 

kiradi.  Me’da  saratoni  klinik  ko’rinishi  xilma-xildir.  Ular  o’sma  kelib  chiqqan 

patologik  fon,  ya’ni  o’sma  oldi  kasalliklari,  o’sma  lokalizatsiyasi,  shakli  va 

o’sish  turiga,  gistologik  strukturasiga,  tarqalish  bosqichiga  va  asoratlariga 

bog’lik.  Bir  qator  bemorlarda  surunkali  gastrit,  surunkali  me’da  yarasi  ko’p 

yillik  anamnezi,  qolganlarida  esa  kasallikning  kam  ifodalangan  belgilari 

anamnezi davomiyligi bir necha oyni tashkil etadi. 

Bemorlarni  so’rab  surishtirganda  aniqlangan  belgilarni  shartli  ravishda 

kasallikni mahalliy va umumiy belgilariga bo’lish mumkin.  

Mahalliy  belgilarga  «me’da  diskomforti»  belgilari:  fiziologik  to’yish 

hissini  yo’kligi,  to’mtoq  bosuvchi  xarakterdagi  og’riq,  epigastral  sohadagi 

to’lish va tortishish hissi, ishtahaning pasayishi yoki umuman bo’lmasligi, ba’zi 

oziq-ovqat mahsulotlaridan bosh tortish (go’sht, baliq). 

Me’da  saratonining  umumiy  belgilari:  holsizlik,  tana  vaznini  kamayishi, 

adinamiya,  odatiy  ishdan  tez  charchash,  depressiya.  Bularning  hammasi  o’sma 

intoksikatsiyasi  sababli  kuzatiladi.  Ko’p  hollarda  anemiya  kuzatiladi.  Ba’zida 

anemiya kasallikning birinchi belgisi bo’lib hisoblanadi. Axiliya natijasida temir 

moddasini so’rilishi buzilishi va o’smadan surunkali kon ketishi natijasida temir 

tankisli  anemiya  kuzatiladi.  Tana  haroratini  subfebril  va  yuqori  darajalargacha 




 

355 


ko’tarilishi  o’sma  kasalligining  o’tkazib  yuborilgan  turlarida  uchraydi.  Tana 

haroratini  ko’tarilishining  sabablari:  o’smadan  oksil  almashinuvi  moddalarini 

so’rilishi,  o’smani  yallig’lanishi,  me’dadan  tashqaridagi  metastazlar  sohasida 

yallig’lanish  o’choqlarining  paydo  bo’lishi.  Kasallik  erta  bosqichlarida 

bemorlarning  tashqi  ko’rinishi  o’zgarmaydi.  Anemiya  rivojlanganda  teri  va 

ko’rinib  turgan  shilliq  kavatlarning  rangparligi  kuzatiladi.  Teri  qurishi,  uning 

burmasimon  ko’rinishda  bo’lishi,  teri  osti  yog’  qavatining  yo’qolishi  suv 

almashinuvining  jiddiy  buzilishi,  sezilarli  ozishdan  darak  beradi.  Qorinni 

ko’zdan kechirganda uni yuqori qismida notekis shishganligi, me’dadan chiqish 

joyi  stenozida  me’dani  peristaltik  qiskarishlarini  ko’rish  mumkin.  Qorin 

o’lchamlarining  kattalashishi  qorin  bo’shlig’ining  bo’sh  qismlarida  suyuqlik 

to’planishida  (astsit)  kuzatiladi.  Qorinni  yuzaki  paypaslaganda  qorin  devori 

mushaklarining  taranglashuvi  va  og’riqligi  o’smani  me’dadan  tashqariga 

tarqalganligi, qorin bo’shlig’i kartsinomatozidan dalolat beradi.  




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin