qismidir. U me’daning pilorik qisqichi sohasidan boshlanadi va ko’r ichakka
quyilib, ileotsekal burchak hosil qiladi. Distal qismida ingichka ichakning
chegarasi Baugin to’sig’i bo’lib, u erda ingichka ichak uchi ko’r ichak bilan
tutashgan bo’ladi. Ushbu bo’limda och ichak va yonbosh ichakning anatomik-
fiziologik xususiyatlari va kasalliklari haqida so’z yuritiladi. Bu ikkala
ichakning uzunligi umuman olganda 5-7 m ga yaqin bo’lib, ular o’rtasida aniq
1 – katta charvi, 2 – ko’ndalang chambar ichak, 3 – ingichka ichak, 4 – pastga tushuvchi
chambar ichak, 5 – sigmasimon ichak, 6 – ko’r ichak, 7 – yuqoriga ko’tariluvchi
359
Ingichka ichak asosan mezo- va gipogastriy sohasini egallab turadi, o’z
shakli va vaziyatini doimo o’zgartiradi, intraperitoneal joylashgan bo’ladi, qorin
pardasining ikkita varag’idan tashkil topgan uzun o’z ichak tutqichi bo’lib, u
ichakni qorin orqa devoriga taqab turadi. Ichak tutkich bag’rida yog’
kletchatkasida limfatik va qon tomirlar, nervlar o’tadi. Ingichka ichak yuqori
ichak tutqich arteriyasining birinchi yarim doirasidan chiqadigan 16-22 ta
intestinal tarmoqlar orqali qon bilan ta’minlanib, bu arteriyalar o’zaro birinchi
va ikkinchi tartibdagi arterial ravoqlarini hosil qiladi. Keyingilaridan ichak
devoriga to’g’ri kalta arteriyalar chiqadi. Qon qopka (darvoza) vena
shakllanishida qatnashadigan yuqori ichak tutkich venasi sistemasiga qarab oqib
ketadi. Innervatsiyasi yuqori ichak tutqich chigalidan chiqadigan simpatik va
parasimpatik nervlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ingichka ichak funktsiyasi murakkab – bu sekretor, motor, endokrin, shira
ajratish va so’rish faoliyatlaridir. Ingichka ichak devori uchta qavatdan iborat
bo’lib: seroz, mushak va shiliq qavatlarni tashkil etadi. Shilliq va mushak
qavatlar orasida rovoq biriktiruvchi to’qima bo’ladi. Shilliq parda bir qavatli
tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan va qo’shimcha ravishda biriktiruvchi
plastinka va mushak qatlamidan iborat. Shilliq pardaning boshidan oxirigacha
ko’p sonli doirasimon o’ziga xos ko’rinish beradigan burmalari bo’ladi. Shillik
pardaning butun yuzasi balandligi 0,5 dan 1,5 mm gacha bo’lgan (soni 4 mln
dan ortiq) tukchalar bilan qoplangan. Tukchalar orasida ichak shirasi ajratadigan
ichak kriptalari bo’ladi. Ichak shilliq pardasining so’radigan yuzasi 10 m
2
dan
ortiq bo’ladi va inson tanasining yuzasidan bir necha baravar oshadi.
Ingichka ichakning shiliq pardasi bir kecha-kunduzda turli-tuman
fermentlarni saqlaydigan 2 l gacha shira ishlab chiqaradi. Bular: ovqat ximusini
monosaxaridlar, yog’ kislotalar va aminokislotalargacha parchalaydigan
enterokinaza, ishqoriy fosfataza, nukleaza, pepsinlar, lipaza, saxarozalar bo’lib,
ichak shiliq pardasidan parchalangan ovqat tarkibida yana so’riladi. Ingichka
ichak suv, elektrolitlarning so’rilish jarayonida muhim ahamiyatga ega va uning
360
bu faoliyati gomeostazni quvvatlab turishda jiddiy ahamiyatga ega. Bu
funktsiyalarni turli patologik holatlarda (yallig’lanish, tutilib qolish, ichak
oqmalari, katta rezektsiyalar va hazm qilishda ayrim qismlarning chiqib qolishi
va hokazo) buzilishlari suv-elektrolit balansi, metabolizmning jiddiy izdan
chiqishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: