Kron kasalligi (terminal ileit, granulematoz enterit). Bu surunkali
nospetsifik kasallik bo’lib, ovqat hazm qilish naychasining har qaysi qismini
zararlantira oladi (qizilo’ngachdan to to’g’ri ichakkacha). 1932 yilda Kron
yonbosh ichakning terminal qismidagi shunday yallig’lanishni birinchi bor
tasvirlab, uni terminal ileit deb atagan. Kasallik odatda 20-40 yoshdagi
erkaklarda ham, ayollarda ham bir xilda uchraydi. Kasallikning uchrashi 0,004-
0,006% ni tashkil etadi.
Kasallikning paydo bo’lish sababi bugungi kungacha unchalik aniq emas:
taklif etilgan infektsion-allergik, autoimmun nazariyalari isbotlangan emas. Bu
kasallikning kelib chiqishida viruslar muayyan ahamiyatga ega deb
hisoblashadi, biroq mineralokortikoidlar bilan davolashning musbat natija
berishi immun sistemasining aloqadorligidan dalolat beradi. Patogenetik
jihatdan kasallik limfatik sistemaning zararlanishi, keyinchalik esa ichak
devorining zararlanishi, granulematoz yallig’lanish avj olishi bilan bog’lanadi.
Patologoanatomik jihatdan ichak devorlarining zararlanishi – limfoid
infiltratsiya oqibatida shishishi, qalinlashuvi (ba’zan o’tkir ichak tutilishigacha
sabab bo’ladi), yaralar paydo bo’lishi (ba’zan qon qetish bilan), hamda chandiqli
o’zgarishlar qayd qilinadi. Granulematoz yallig’lanish ichakning ko’p qismlarini
egallab, ko’p segmentar yoki tarqalgan turlarda bo’lishi mumkin. Ichak
devorining hamma qatlamlarning zararlanishi intramural abstsesslar, bitishmalar
jarayoni, ichki oqmalar, qovuzloqaro yiringlikning shakllanishiga olib kelishi
mumkin.
Diagnoz quyidagi klinik manzaralarga: dispeptik xodisalar, qorinda
to’satdan paydo bo’lgan og’riq, tana haroratining sababsiz ko’tarilishi,
paypaslab ko’rilganda og’riq va infiltrat borligini sezish, qisman ichak tutilishi
belgilari, qon ketishi, steatorreya (ichki oqmalar rivojlanganda), tashqi oqmalar
xosil bo’lishi kabi belgilarga asoslanib qo’yiladi. Kasallikning nospetsifik
363
belgilaridan poliartrit, teri eritemasi, jigar yog’ distrofiyasi, sklerozlaydigan
xolangit, iridotsiklitni ko’rsatib o’tish mumkin. Ko’pincha diagnoz o’tkir qorin
kasalligi sababli qorin bo’shlig’i ochilganda, ya’ni operatsiya vaqtida tasodifiy
topilma hisoblanadi. Bunda uni ba’zan xavfli limfoma (limfosarkoma), ichak
flegmonasi bilan differentsial diagnostika qilish zarur bo’ladi.
Davolash. Kasallik barvaqt topilganda – muolaja (konservativ terapiya):
parhez,
sulfasalazin
qatoridagi
preparatlar,
steroid
gormonlar,
immunodepressantlar, parenteral ovqatlanish va boshqalardan iborat. Asoratlar
yuzaga kelganda va ingichka ichakning bir sohasi chegaralanib zararlanganda,
o’tkir ichak tutilishi bo’lganda, perforatsiya yoki oqmalar paydo bo’lganda
ichakning shu qismi rezektsiya qilinib, ichaklararo (entero-enteroanastomoz)
qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: |