Xirurgik kasalliklar


Rivojlanish nuqsonlari (tug’ma kasalliklari)



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə218/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   363
Rivojlanish nuqsonlari (tug’ma kasalliklari) 

Tug’ma  patologiyaning  mazkur  guruhiga  embriogenezning  tug’ma 

buzilishlari natijasida paydo bo’lgan jarayonlarni – tug’ma torayishlar, stenozlar 

yoki  atreziyalar,  embrional  davrda  ichak  aylanishi  anomaliyasi,  o’t  yo’lining 

bitmay qolishi kabilarni kiritish mumkin. 

Ichak  stenozida  uning  bo’shlig’i  bir  yoki  bir  necha  joylarida,  hatto 

anchagina  masofada  toraygan  bo’lishi  mumkin,  biroq hamisha  bo’shliqning  bir 

qismi  qoladi  va  kasallik  aksariyat  operatsiyalarda  yoki  tekshirish  vaqtida 

tasodifiy topilma sifatida aniqlanadi. Ichak atreziyasida kattaroq, yoki kichikroq 

masofada  stenoz  bo’lmaydi,  ichakning  o’zi  esa  tortma  ko’rinishida  bo’ladi. 

Bunda ingichka ichakning boshidan oxirigacha shunday sohalardan bir nechtasi 

bo’lishi  mumkin.  Bunday  tug’ma  kasallik  chaqaloqlarda  dastlabki  kunlardayoq 

ichak  tutilishi  xodisalari  bilan  birga  uchraydi,  o’z  vaqtida  diagnostika  va 

operatsiya qilishni talab etadi. 

Aylanish  anomaliyasi  (burilish  buzilishi:  tugallanmagan  burilish,  ichak 

malrotatsiyasi)  ichakning  embrional  davrda  normal  burilishi  jarayonining 

buzilishi  bilan  bog’liq  bo’lib,  burilish  to’liq  tugallanmaydi  yoki  teskari 

yo’nalishda  yoinki  noto’g’ri  o’tadi.  Bu  hol,  ichak  turli  qismlarining  embrional 

tortmalardan anomal fiksatsiyada bo’lishi bilan bog’liq bo’ladi. 

Ichakning tugallanmagan burilishi, ko’r ichakning yuqori joylashuvi (jigar 

ostida  yoki  epigastriyda)  bilan  bog’liq  bo’lib,  ichak  tutilib  qolishi,  ba’zan  esa 

ichak  tutqichi  qon  tomirlari  trombozi  rivojlanishi  bilan  kechadi.  O’n  ikki 

barmoqli  ichak  burilishi  surunkali  duodenal  tutilish  (duodenostaz)  bilan  birga 

o’tishi  mumkin.  Aksariyat  hollarda,  harakatchan  ko’r  ichak  (cecum  mobile) 



 

361 


borligi  qayd  qilinadi.  Bu  klinik  jihatdan    o’tkir  yoki  surunkali  ichak  tutilishi 

belgilari,  ba’zan  esa  qorin  bo’shlig’i  a’zolarining  boshqa  patologiyasi  belgilari 

bilan o’tadi. Bosh diagnostik usul rentgenologik usul hisoblanadi. 

Bolaning  ona  qornidagi  rivojlanish  davrida,  ichak  naychasini  o’t  pufagi 

bilan  tutashtirib  turadigan  o’t  yo’lining  o’sib  etilmaganligi  embriogenez 

buzilishlari  natijasida  shunga  olib  keladiki,  bu  yo’l  boshidan  oxirigacha  ochiq 

qoladi va bu  holda  ichak  bilan kindik o’rtasida  muayyan  sohada  oqma  bo’ladi, 

bu esa o’z navbatida yopiq bo’shliq hosil bo’lishiga olib keladi.  

Ingichka  ichak  devori  oldida  joylashgan  o’t  yo’lining  bir  qismigina  o’sib 

etilmagan  hollarda  (qolgan  xamma  joyda  to’liq  obliteratsiya  bo’lganda) 

divertikul  hosil  bo’ladi.  Uni  tasvirlab  bergan  muallif  Mekkel  (1811)  sharafiga, 

Mekkel divertikuli deb yuritiladi. Odatda bu divertikul ileotsekal burchakdan 1-

1,5 m masofada joylashadi, uning diametri 0,5-1 sm, uzunligi 1 dan 12 sm gacha 

etadi  va  bu  holat  aholining  2%  da  qayd  qilinadi.  Ularning  95%  da  esa 

divertikulning  yallig’lanishi,  yaralar  paydo  bo’lishi  yoki  uning  perforatsiyasi, 

qon  oqishi  kabi  asoratlarda  o’zini  namoyon  qilmaydi.  Divertikulning  o’tkir 

yallig’lanishi  (divertikulit)  kataral,  flegmonoz,  gangrenoz  (perforatsiyali  yoki 

perforatsiyasiz)  bo’lishi  mumkin.  Bunda  qorinda  og’riq,  ko’ngil  aynishi,  tana 

haroratining ko’tarilishi, et junjikishi, peritoneal simptomlar bo’lishi kuzatiladi. 

Ob’ektiv  tekshirganda  –  mushak  tarangligi  va  o’tkir  appenditsitga  xos  boshqa 

belgilar kuzatiladi. Diagnostik xatolarga ko’pincha shu sababli yo’l qo’yiladi. 

Divertikul  shiliq  pardasining  yarasi,  yallig’lanish  natijasi  sifatida  yoki 

me’da  shiliq  pardasining  ektopirlangan  sohasi  ajratadigan  xlorid  kislotasining 

ta’siri  ostida  paydo  bo’ladi.  Klinik  belgilari  –  o’rtacha  og’riqlar,  aksariyat  qon 

ketish, hatto profuz qon ketish bilan kuzatiladi. 

Divertikul  perforatsiyasi  (yallig’lanish,  yara,  gangrena,  axlat  yoki  o’t 

suyuqligi  toshidan  yoki  yot  jismdan  yotoq  yara  natijasi)  sababli  amalda  hech 

qachon operatsiyaga qadar aniqlanmaydigan peritonit bilan o’tadi. 

Mekkel  surunkali  divertikuli  qorin  bo’shlig’ida  bitishma  jarayoni  avj 

olishiga,  ichak  tutilib  qolishi  hodisalariga  olib  keladi  (ichak  buralishi, 




 

362 


invaginatsiyasi).  Qon  ketishi,  perforatsiya,  yallig’lanish,  ichak  tutilib  qolishi 

sababli  qilinadigan  operatsiya  vaqtida  tasodifan  topilgan  divertikulni  davolash 

divertikulni kesib, keyin teshikni ikki qatorli choklar bilan tikishdan iborat. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin