Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   363
Klinika va diagnostikasi. Poliplar biror bir belgilarsiz yoki atrofik gastrit 

belgilari  bilan  kechadi,  agar  uning  fonida  kelib  chiqqan  bo’lsa.  Kasallik  asta-

sekin boshlanadi, anamnezi bir necha oydan bir necha yilgacha bo’lishi mumkin. 

Epigastral sohadagi og’riq asosan ovqat qabul qilish bilan bog’lik bo’lib, og’riq 

simillovchi  xarakterda  ovqat  qabul  qilgandan  so’ng  erta  davrda  yoki  0,5-2 

soatdan so’ng boshlanadi. Og’riq ayrim vaqtda 2-3 soat davom etib so’ng o’tib 

ketadi.  Ishtaha  pasaygan  yoki  umuman  bo’lmaydi.  Kekirish,  ko’ngil  aynishi, 

qayt  qilish,  meteorizm  va  ich  kelishi  noturg’unligi  kuzatiladi.  Holsizlik,  bosh 

aylanishiga  axiliya  va  polip  yarasidan  surunkali  qon  ketishi  natijasida  kelib 

chiqqan  anemiya  sabab  bo’ladi.  Yashirin  qon  qetish  shilliq  qavat  engil 

jarohatlanishi va polip yaralanishi bilan bog’liq. Qon qayt qilish ko’p mikdorda 

qon  ketganda  kuzatiladi.  Privratnik  yaqinida  joylashgan  polip  o’lchamlari 

kattalashganda me’dadan evakuatsiya buzilishi belgilari asta-sekin ortib boradi. 

Me’da  suyuqligini  tekshirishda  axiliya  aniqlanadi,  biroq  ayrim  vaqtda 

me’da suyuqligi kislota ko’rsatkichlari normada bo’lishi mumkin.  

Rentgenologik  tekshiruvda  yumaloq  yoki  oval  shakldagi,  aniq  va  tekis 

konturli  «to’lish  nuqsoni»ni  aniqlash  mumkin.  «To’lish  nuqsoni»ni  surilishi 

polip oyokchasi  borligida kuzatiladi  va  u «to’lish  nuqsoni» tomonga  yo’nalgan 

yorug’lanish ipi sifatida ko’rinadi.  

Poliplarni  malignizatsiyalanishi  rentgenologik  belgilari:  tishsimon  va 

noaniq  konturli  noto’g’ri  shakldagi  «to’lish  nuqsoni»;  shilliq  osti  qavati  va 

mushak  qavati  infiltratsiya  natijasida  polip  soxasida  peristaltikaning  susayishi; 

bemorni qayta tekshirganda polip o’lchamlarining kattalashishi. 

Gastrobiopsiya  bilan  birgalikda  olib  borilgan  gastroskopiya  poliplarni, 

ularni  malignizatsiyalanishi,  me’da  saratonining  polipsimon  shakllaridan 

differentsial diagnostikasida juda katta ma’lumot beradi.  




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin