yallig’lanishi bo’lib, inson organizmi va bakteriyalar orasidagi bo’lgan biologik
muloqotni buzilishi natijasida kelib chiqadi. O’tkir appenditsitda infektsiya
ko’zg’atuvchisi bo’lib odatda stafilokokklar, ichak tayoqchasi, aralash va
367
O’tkir appenditsit kelib chiqishida turli-tuman nazariyalar mavjud:
dimlanish, askaridalar invaziyasi, angionevrotik, infektsion, kortiko-vistseral,
allergik, neyrogen va qon tomir nazariyalari. Qator hollarda organizmda boshqa
lokalizatsiyali yallig’lanish o’choqlari mavjud holda, chuvalchangsimon
o’simtaning o’tkir yallig’lanishi paydo bo’ladi, bu hol uning limfoid to’qimaga
boyligi bilan bog’liq bo’ladi. O’tkir appenditsitning rivojlanishida ko’proq ovqat
eyish, ovqatlar tarkibida ichak atoniyasiga va bijg’ish jarayonlariga ta’sir
ko’rsatuvchi oqsilli mahsulotlarning ustunlik qilishi ma’lum ahamiyatga ega
bo’ladi.
Ko’pchilik olimlarning fikricha, yosh ulg’ayganda va keksalarda o’tkir
appenditsitga ko’proq a. appendicularis trombozi sabab bo’ladi. Go’daklik
yoshida esa, o’tkir appenditsit gijja invaziyasi (ostritsalar) sababli vujudga
kelishi ehtimoli bor.
Zamonaviy tushunchalarga ko’ra, chuvalchangsimon o’simta sohasidagi
patologik jarayon silliq mushaklar va qon tomirlar spazmi hodisalaridan
boshlanib, shilliq parda oziqlanishining lokal buzilishiga va yallig’lanishga olib
keladi. Ayni vaqtda, chuvalchangsimon o’simtadagi dimlanish, undagi
mikroflora virulentligining ortishiga olib keladi, bu esa mikroflorani
chuvalchangsimon o’simta bo’shlig’iga osonlikcha kirishini ta’minlaydi. Shu
vaqtdan boshlab yiringlash jarayoni boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: