Xirurgik kasalliklar


Klinik manzarasi va diagnostikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   363
 

Klinik manzarasi va diagnostikasi 

O’tkir appenditsitning klinik manzarasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi, 

bu  hol  kasallikning  turigagina  emas,  balki  chuvalchangsi-mon  o’simtaning 

joylanish xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. 

Odatdagi  hollarda,  kasallik  o’ng  yonbosh  sohasidagi  o’rtacha  og’riq  bilan 

boshlanadi,  bu og’riq  sekin-asta  kuchaya  boradi.  Og’riqlar butun  qorin bo’ylab 

yoki  kindik  atrofida  boshlanib,  keyin  o’ng  yonbosh  sohasiga  o’tishi  mumkin. 

Taxminan  30-35%  bemorlarda  og’riq  epigastral  sohasida  boshlanib,  4-6  soat 

o’tgach,  o’ng  yonbosh  sohasiga  o’tadi  (Koxer-Volkovich  simptomi).  O’tkir 

appenditsitda  odatda  og’riq  doimiy,  ba’zan  esa  tutib-tutib  og’riydi,  og’riq 

unchalik  qattiq  bo’lmaydi.  Og’riqlar  intensivligi  yallig’lanish  jarayonining 

tarqalganligiga  bog’liq  bo’lmaydi.  Og’riq,  birdaniga  o’ng  yonbosh  sohasida 

boshlanib,  so’ng  qorinning  turli  sohalariga  tarqalishi  mumkin.  Bu  holat 

ko’pincha,  chuvalchangsimon  o’simtaning  qaerga  joylashganligiga  bog’liq 

bo’ladi.  Chuvalchangsimon  o’simtaning  retrotsekal  joylashishida  og’riqlar  bel, 

tashqi  jinsiy  a’zolar  sohasiga  uzatilib,  buyrak  sanchig’i  klinikasini  beradi. 

Chuvalchangsimon  o’simta  yuqori  joylashishida,  xoletsistit  yoki  pankreatit 

belgilarining ba’zilari kuzatiladi. 

Ko’pchilik  bemorlarda,  og’riq  o’ng  yonbosh  sohasidan  o’ng  oyoqqa 

uzatiladi. Og’riq ko’ngil aynishi yoki 1-2 marta qayt qilish, tana haroratining 38-

39°C  gacha  ko’tarilishi  bilan  o’tadi.  Bemor  qayt  qilganida,  ba’zi  xirurgik 



 

369 


kasalliklaridagi  kabi  qusgandan  so’ng  engillik  sezmaydi  va  bu  belgi  o’tkir 

appenditsitga xos bo’lgan belgilardan hisoblanadi. 

Qorinni  paypaslab  ko’rilganda,  o’ng  yonbosh  sohasida  mushaklarning 

taranglashishi yoki rigidligi va og’riq belgisi aniqlanadi. Paypaslashni sog’ taraf 

– chap yonbosh sohasidan boshlab, asta-sekin o’ng yonboshga o’tish maqsadga 

muvofiq bo’ladi. 

Qorinni  umumiy  tekshiruvidan  so’ng  maxsus  tekshiruvga  o’tiladi,  o’tkir 

appenditsit uchun xos bo’lgan belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Bugungi kunda, 

o’tkir  appenditsitda  uchrashi  mumkin  bo’lgan  100  dan  ortiq  belgilarga  ta’rif 

berilgan.  Biroq,  ularning  quyidagi  ettitasini  aniqlash,  ko’pincha  to’liq  tashxis 

qo’yish uchun etarli hisoblanadi:  

1.

 



Shyotkin-Blyumberg belgisi; 

2.

 



Voskresenskiy (“ko’ylak sirpanishi”) belgisi; 

3.

 



Obraztsov belgisi; 

4.

 



Sitkovskiy belgisi; 

5.

 



Bartome-Mixelson belgisi; 

6.

 



Rovzing belgisi; 

7.

 



Ivanov belgisi. 

O’tkir  appenditsitning  destruktiv  turlarida  mushaklar  taranglashuvidan 

tashqari  qorin  pardasining  ta’sirlanish  simptomi,  Shyotkin-Blyumberg 

simptomini  aniqlash  mumkin:  o’ng  qo’l  barmoqlari  bilan  qorin  devori  bosib 

turib,  birdan  keskin  ravishda  qo’l  tortib  olinganda  og’riq  kuchayadi.  Og’riq 

yallig’langan  qorin  pardalarning  bir-biriga  tegishi  yoki  silkinishi  natijasida 

paydo bo’ladi. 

Ko’ylak  sirpanishi  belgisi  faqat  o’tkir  appenditsit  uchun  xos  bo’lgan  belgi 

hisoblanadi.  Bu  belgi  1940  yil,  V.M.  Voskresenskiy  tomonidan  taklif  etilgan. 

Bemor  ko’ylagi  bilan  qorin  devori  yopiladi,  so’ng  o’ng  qo’l  barmoqlari  uchi 

bilan  o’ng  yonbosh  sohasidan  chapga  yuzaki  va  keskin  o’tkazilsa,  og’riq 

kuchayadi (Voskresenskiy simptomi, “ko’ylak sirpanishi”). 




 

370 


O’tkir  appenditsitda  qorin  old  devori,  o’ng  tomoni  sohasi  mushaklarining 

taranglashishi  kuzatiladi.  Bunda,  kindik  va  yonbosh  suyagining  oldingi  yuqori 

o’simtasi  orasidagi  masofa  kichrayishi  kuzatiladi.  Bu  belgi,  Ivanov  belgisi 

deyiladi. 

Obraztsov  belgisi  –  bemor  yuqoriga  qarab  yotgan  holatda,  o’ng  yonbosh 

sohasida  eng  og’riqli  nuqta  topiladi.  Shu  sohada  qo’l  barmoqlari  ushlab  turgan 

holatda,  bemorni  o’ng  oyog’ini,  bukmagan  holatda  90º  ga  ko’tarish  iltimos 

qilinadi.  Bunda,  og’riqning  kuchayishi  kuzatiladi.  Oyoq  tushirilganda  og’riq 

kamayadi.  Ayniqsa,  chuvalchangsimon  o’simta  retrotsekal  joylashganida 

Obraztsov belgisi xos belgi hisoblanadi. 

Bemor  chalqancha  (yuqoriga  qarab)  yotgan  holatdan  chap  yonbosh 

sohasiga  o’tganda,  o’ng  yonbosh  sohasida  og’riqlarning  paydo  bo’lishi  yoki 

kuchayishi  kuzatiladi,  bunday  holat  Sitkovskiy  belgisiga  xos.  Quyidagi  belgi, 

qo’richak  va  chuvalchangsimon  o’simta  tutqichini  cho’zilishi  natijasida  og’riq 

paydo bo’lishi yoki kuchayishiga asoslangan. 

Bartome-Mixelson  belgisi.  Ko’pchilik  bemorlarda,  chap  yonbosh  sohasida 

yotgan  holatda,  o’ng  yonbosh  sohasini  palpatsiya  qilganda  og’riqlarning 

kuchayishi kuzatiladi.  

Rovzing belgisi – chap yonbosh sohasini bir qo’l bilan bosib turib, ikkinchi 

qo’l bilan engil yuqoriga qarab to’lqinsimon harakat qilinganda, o’ng yonbosh 

sohasida og’riq  (yo’g’on  ichak  ichidagi  gaz  harakati natijasida)  paydo  bo’lishi, 

bu belgining musbatligidan darak beradi. 

O’tkir  appenditsit  kasalligi  bo’lgan  bemorni  fizikal  tekshirishda  rektal  va 

vaginal  tekshirishning  katta  ahamiyati  bor,  bunda  aksariyat  to’g’ri  ichak-

bachadon  chuqurchasi  (Duglas  kengligi)  sohasida  og’riq  aniqlanib,  bu 

yallig’langan  chuvalchangsimon  o’simtaning  yaqin  joylashganidan  yoki  u  erda 

ekssudat yig’ilgandan dalolat beradi. Bu tekshiruv usullari quyidagi holatlardan 

darak beradi: 

 

chuvalchangsimon  o’simta  kichik  chanoqda  joylashuvini  aniqlash 



uchun; 


 

371 


 

kichik chanoq infiltratlarini aniqlash uchun; 



 

o’tkir  appenditsitni,  ayollar  jinsiy  a’zolari  patologiyasidan  differentsial 



diagnostika qilish uchun. 

O’tkir  appenditsit  diagnostkasida  siydik  va  qon  tahlillari  muhim 

hisoblanadi.  Diagnoz  qo’yishda  qon  tarkibi  laboratoriya  tekshiruvi  –  yuqori 

leykotsitoz:  10x10

9

  –  18x10



9

  l  (10  000  –  18  000)  gacha  ortishi,  leykotsitar 

formulaning chapga surilishi, EChT ning oshishi kabi o’zgarishlar paydo bo’ladi 

va  tashxis  qo’yishda  yordam  berishi  mumkin.  Kasallikning  ayniqsa  destruktiv 

turlarida ILI (intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi) oshishiga ahamiyat beriladi. 

Ba’zan  esa  (areaktiv  holatlarda),  o’tkir  appenditsitning  destruktiv  turlarida 

ham laborator tahlillarda o’zgarishlar minimal bo’lishi mumkin. Shuning uchun, 

tashxis  qo’yishda  va  amaliyotga  ko’rsatma  bo’lib,  faqatgina  qon  va  siydik 

tahlillaridagi o’zgarishlar asos bo’la olmaydi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin