Differentsial diagnostika. O’tkir appenditsit kasalligining differentsial
diagnostikasida barcha kasalliklarni 5 guruhga bo’linadi:
1.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir kasalliklari bilan: me’da va o’n ikki
barmoqli ichak yara kasalligi xuruji yoki asoratlari; o’tkir xoletsistitning ba’zi
turlari, o’tkir pankreatit, o’tkir enterit, terminal ileit (Kron kasalligi), kolit,
gastrit, o’tkir ichak tutilishi, o’tkir toksikoinfektsiyalar, tifoparatifoz infektsiya,
Mekkel divertikulining yallig’lanishi, gemorragik kapillyarotoksikoz (Shenleyn-
Genox kasalligi) va boshqalar.
2.
Kichik chanoq bo’shlig’i a’zolari kasalliklari bilan: ayollar jinsiy
a’zolarining o’tkir, xuruj qilgan surunkali yallig’lanishlari va asoratlari,
bachadondan tashqari homiladorlik, ayollar jinsiy a’zolarining xavfsiz va xavfli
o’smalari va boshqalar.
3.
Qorin orti qismida joylashgan a’zolar kasalliklari bilan: buyrak
sanchig’i, o’tkir va surunkali pielonefrit, siydik-tosh kasalligi, tsistit, o’tkir,
surunkali glomerulonefrit va boshqalar.
4.
Plevra bo’shlig’i a’zolari kasalliklari bilan: o’ng tomonlama eksudativ
plevrit va pnevmoniyaning ba’zi turlari, o’pka tuberkulezi va boshqalar.
372
5.
Yurak va qon tomir kasalliklari bilan: yurak miokardi infarktining
abdominal turi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |