Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   363
Diagnostikasi.  Bemorning  shikoyatlari,  anamnezidagi  uzoq  davom  etib 

kelayotgan  qabziyat  bilan  bir  qatorda  ob’ektiv  ko’ruvda  qabziyat,  doimiy 

meteorizm  natijasida  qorinning  keskin  dam  bo’lishi,  ba’zan  najas  toshlarini 

paypaslanishi  kuzatiladi.  Rektal  tekshiruvda  sfinkter  tonusining  kuchayganligi, 

ampulaning  bo’sh  bo’lishini  ko’rish  mumkin.  Rektoromanoskopiyada  to’g’ri 

ichak  spazmi  sababli  rektoskopning  qiyinchilik  bilan  o’tishi,  kengaygan  joyga 

etganda ”tushib ketish“ hissining paydo bo’lishi va shu sohada najas toshlarining 

yig’ilib qolganligi aniqlanadi.   

Irrigografiyada yo’g’on ichakning toraygan va kengayib ketgan (10-15 sm 

gacha) bo’limlari aniqlanadi. Ichakning kengaymagan bo’limlaridan kengaygan 

bo’limlariga o’tishi voronkasimon shaklda bo’ladi (81-rasm). 

 

 



 

81-rasm. Girshprung kasalligidagi irrigogramma. 

  

Kolonoskopiyada  to’g’ri  ichakning  va  sigmasimon  ichak  distal  qismining 



diametrda  2,5-3  sm  gacha  torayganligini  kuzatish  mumkin.  Bu  sohada  ichak 


 

383 


peristaltikasi  kuzatilmaydi  devori  qalinlashgan  bo’lib  ko’rinadi,  ichak  qiyinlik 

bilan bo’shaladi. Bo’shalgandan so’ng chambar ichak devorlari puchaymaydi. 



Asoratlari. Chambar ichakning uzayishi va kengayishi turli bo’limlarining 

buralib qolishiga sabab bo’ladi va natijada o’tkir ichak tutilishi vujudga keladi. 

Ichak  devorida  yaralar  paydo  bo’lishi,  uning  teshilishi,  peritonit,  qon  ketishi, 

enterokolit rivojlanishi Girshprung kasalligining asoratlaridan hisoblanadi. 



Davolash.  Girshprung  kasalligida  konservativ  davolash  operatsiyaga 

tayyorgarlik bosqichi  hisoblanadi,  u  ichakning bo’shatilishiga qaratilgan  chora-

tadbirlardan  iborat.  Parhezga  rioya  qilish,  ichak  motorikasini  yaxshilashga 

imkon beradigan yangi sabzavotlar va mevalardan iborat mahsulotlarni iste’mol 

qilish,  ichak  peristaltikasini  fizioterapevtik  usullar  bilan  yo’lga  solish,  turli  xil 

xuqnalar qo’yish shular qatoriga kiradi. 

Xirurgik 

davolash 

aganglionar 

zonani 


va 

yo’g’on 


ichakning 

dekompensatsiyalangan 

kengaygan 

bo’limlarini 

olib 

tashlab, 



ichak 

o’tkazuvchanligini tiklashdan iborat. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin