Mahsus tekshirish usullari. Yo’g’on ichak kasalliklarida rentgenologik
tekshirish to’g’ri diagnoz qo’yish uchun ob’ektiv ma’lumotlar beradigan asosiy
usullardan biri hisoblanadi. Kontrast moddani peroral yuborish ichakning motor
funktsiyasini va ileotsekal klapan xolatini o’rganish uchun maqsadga muvofiq.
Irrigoskopiya (retrograd kontrastlash) ichakning xolatini, shaklini va
uzunligini aniqlash, o’smalar, poliplar, kolit, divertikulyoz va boshqa
kasalliklarni aniqlash maqsadida qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |