Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   363
 

Girshprung kasalligi 

Girshprung  kasalligi  –  chambar  ichak  megakoloni  yoki  gigantizmi,  uning 

evakuator  funktsiyasi  buzilishi  bilan  kechuvchi  tug’ma  kasallik  hisoblanib, 

qabziyat va qorinning keskin dam bo’lishi bilan namoyon bo’ladi. Tug’iladigan 

har  5000  ta  chaqaloqdan  bittasida  uchrashi  mumkin.  Asosan  yosh  bolalarda  va 

o’smirlarda uchrab, kattalarda esa juda kam xollarda kuzatiladi.  



Etiologiya.  Kasallik  vegetativ  nerv  sistemasi  rivojlanishining  buzilishi, 

yo’g’on  ichak  mushaklararo  (Auerbax)  va  shilliqosti  (Meysner)  nerv  chigallari 

ganglionar  hujayralarining  o’sib  etilmaganligi  (gipoganglioz)  yoki  mutlaqo 

bo’lmasligi  (aganglioz)  oqibatida  kelib  chiqadi.  Aganglionar  zona  kattalarda, 

asosan, to’g’ri ichakda, bolalarda esa sigmasimon ichak yoki chambar ichakning 

boshqa qismlarida uchrab, ichakning bu qismi doimo spastik qisqargan xolatda, 

peristaltikasiz  bo’ladi  va  ichak  mahsulotining  ushbu  sohadan  qiyinchilik  bilan 

o’tishi  oqibatida  ichakning  normal  innervatsiyali  yuqori  turuvchi  sohalari 

kengayib,  gipertrofiyaga  uchraydi.  Ichakning  kengayib  ketgan  qismi  gistologik 

tekshiruvida mushak tolalarining gipertrofiyasi va sklerozi aniqlanadi. 



Klinikasi.  

Girshprung  kasalligi  belgilari  ichak  mahsuloti  passajining 

buzilishi bilan xarakterlanadi. Asosiy simptomlari – qorinning dam bo’lishi, bir 

necha kundan bir necha oygacha ich kelmasligi, qabziyat, ich kelishga aslo mayl 

yo’qligi  bilan  ifodalanadi.  Qorin  keskin  dam,  assimetrik  bo’ladi,  bunda 

chayqalish  shovqinini  payqash  mumkin.  Ba’zan  qabziyat  ich  surishi  bilan 

almashinadi (paradoksal ich surishi). Qorinning tobora taranglashib dam bo’lishi 

diafragma  ekskursiyasini  cheklab  qo’yadi,  bu  xolat  o’z  navbatida  nafas 




 

382 


qisishiga,  yurak  urib  ketishiga  olib  keladi.  Qabziyat  yuzaga  kelishi  bilan 

intoksikatsiya  alomatlari:  bosh  og’rig’i,  bexollik,  ko’ngil  behuzur  bo’lishi, 

ishtaha yo’qligi paydo bo’ladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin