Xirurgik kasalliklar


Yo’g’on ichakning yallig’lanish kasalliklari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   363
Yo’g’on ichakning yallig’lanish kasalliklari 

 

Nospetsifik yarali kolit 

Nospetsifik yarali kolit chambar va to’g’ri ichaklar shilliq qavatining yarali-

nekrotik o’zgarishi bilan kechuvchi surunkali yallig’lanish kasalligidir. Abu Ali 

ibn  Sino  asarlarida  yo’g’on  ichakda  yaralar  hosil  qilish  bilan  o’tadigan  qon 

aralash  ich  ketishi  tasvirlangan.  O’zbekiston  olimlari  bu  patologiyani 

o’rganishga  (professorlar  I.A.  Kassirskiy,  A.A.  Askarov,  U.A.  Askarov), 

shuningdek  nospetsifik  yarali  kolitni  xirurgik  davolashga  (prof.  S.M. 

A’zamxo’jaev)  katta  hissa  qo’shdilar.  O’rtacha  har  100000  aholidan  1,2  tasi 

kasallanadi. 

Etiologiyasi  etarli  o’rganilmagan.  Kasallikni  chaqiruvchi  mikrob  yoki 

virusni  aniqlash  ustida  olib  borilgan  ishlar  natijasiz  yakunlangan.  Shu  sababli 

kasallik  kelib  chiqishida  infektsion  nazariya  o’z  ahamiyatini  birmuncha 



 

384 


yo’qotgan. Buning aksi allergik jarayon esa, kasallik rivojlanishida muhim o’rin 

tutadi. Ovqatlanish ratsionidan sut, tuxumga o’xshash allergenlarni olib tashlash 

kasallik  klinik  kechishini  ijobiy  tomonga  o’zgartirganligi  ma’lum.  Bundan 

tashqari,  immun  jarayonlarning  ahamiyati  ham  kasallik  rivojlanishida  ma’lum 

bir  ma’noga  ega.  Bemor  qon  zardobida  yo’g’on  ichak  shilliq  qavatiga  qarshi 

mahsus  antitelolarning  bo’lishi  buning  yaqqol  dalilidir.  Nospetsifik  yarali  kolit 

kelib chiqishida oilaviy moyillik ham muhim ahmiyat kasb etadi.  

Patogenezi.  Kasallik  organizmning  sensebilizatsiyasi  va  autoimmun 

reaktsiya  rivojlanishi    bilan    kechadi.  Ichak  shilliq  qavati  antigen  ishlab 

chiqaradi  va  unga  qarshi  antitelolar  paydo  bo’ladi.  Antigen-antitelo  reaktsiyasi 

yuzaga  keladi,  keyin  esa  kolit,  yaralar  kelib  chiqadi.  Keyinchalik  ikkilamchi 

infektsiya qo’shiladi, ichak nerv apparati shikastlanadi, alimentar etishmovchilik 

yuzaga keladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin