yirtiluvchan bo’lib, shilliq qavatida ko’plab yara va eroziyalar paydo bo’ladi.
perforatsiyasiga olib keladi. Shilliq qavat fibrin parda bilan qoplangan, ba’zida
kasallik juda og’ir kechib, hatto shilliq qavatning ko’chib tushishi ham
kuzatiladi. Gistologik tekshiruvda shilliq qavat atrofiyasi, shilliq osti qavatining
keyinchalik ichak devori chandiqli fibrozi va psevdopolipozi vujudga keladi
385
82-rasm. Nospetsifik yarali kolit (NYaK) – endoskopik xolati.
Nospetsifik yarali kolit chambar va to’g’ri ichakning barcha qismiga
tarqalgan bo’lishi mumkin (total zararlanish), ba’zan alohida ichak qismlarini
egallashi ham mumkin (segmentar zararlanish).
Nospetsifik yarali kolit klinik kechishida uning qaysi shakli ekanligi
ahamiyatga ega. O’tkir (yashin tezligida kechuvchi) shaklida (10% bemorlarda)
kasallik juda og’ir kechadi. Bunda ich surishi sutkasi 40 marotabagacha etishi
mumkin. Najas shilliq, qon, yiring aralash bo’ladi, qorinda kuchli og’riq
tenezmlar, qayt qilish, yuqori harorat yuzaga keladi. Bemorning axvoli og’ir,
qon bosimi tushishi, pulsining tezlashuvi kuzatiladi. qorin kattalashgan,
paypslaganda yo’g’on ichak bo’ylab og’riqli. Leykotsitoz, leykotsitar
formulaning chapga siljishi, gemoglobin, eritrotsitlar sonining gematokrit
ko’rsatkichining
kamayishi
kuzatiladi.
Ich
surishining
davom
etishi
organizmning suvsizlanishiga, tana vaznining pasayishiga, suv-elektrolit
almashinuvining va kislota-ishqor muvozanatining buzilishlariga olib keladi.
Rektoromanoskopiyada ichak shilliq qavati shishgan, undan qon ketayotganligi,
ichak bo’shlig’ida shilliq, qon va yiring borligi ko’rinadi. Kasallikning o’tkir
shakli ko’pincha og’ir asoratlar bilan kechadi – massiv qon ketishi, ichak
perforatsiyasi, ichak toksik dilyatatsiyasi. O’lim kasallikning birinchi kuni
386
(yashin tezligida kechuvchi shakli) yoki yaqin oylar ichida yuzaga kelishi
mumkin. O’tkir shakli ko’p uchramasada, undagi letallik 20% ni tashkil qiladi.
Ko’pchilik (50%) bemorlarda kasallikning surunkali retsidivlovchi shakli
uchraydi. Bu shaklida kasallikning avj olish va remissiya davrlari almashinib
keladi. Remissiya davri bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Kasallikning
avj olishiga emotsional stress, ko’p charchash, parhezni buzish, antibiotik va
surgi dorilarni qo’llash sabab bo’lishi mumkin. Avj olgan davri huddi o’tkir
shaklini eslatadi. Remissiya davrida bemorlar xech qanday shikoyat
bildirmaydilar, ammo, najas shakllanmagan xolatda qoladi. Ayrim xollarda
kasallik o’tkir yoki asta-sekinlik bilan boshlanib, to’xtovsiz ravishda kuchayib
boradi. Bu kasallikning surunkali uzluksiz shakli hisoblanib, 35-40%
bemorlarda uchraydi.
Nospetsifik yarali kolitning barcha shakllariga anemiya, jigarning yog’li
distrofiyasi xos bo’lib, og’ir kechuvchi shaklida gipoalbuminemiya, beta- va
gammaglobulin miqdorining ko’payishi kuzatiladi. Ko’p miqdorda suv va
elektrolit yo’qotilishi oqibatida organizmda suv-elektrolit muvozanatining
buzilishi, suvsizlanish, gipokaliemiya vujudga keladi. Natijada vitamin
almashinuvi buziladi. Ichak devorining destruktsiyasi juda og’ir asoratlarga –
qon ketishi (5-6%), perforatsiya (3-4%), ichak toksik dilyatatsiyasi (NYaKning
barcha shakllari bo’yicha bemorlarning 2-6% ida, o’tkir shakli bilan og’rigan
bemorlarning 10-20% ida), stenoz, malignizatsiyaga (7-10%) olib keladi.
Ba’zan, qon ketishi shu darajada kuchli bo’ladiki, hatto shoshilinch
jarrohlik amaliyoti haqida savol dolzarb bo’lib qoladi. Huddi shunday ichak
perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida ham operativ davo yakuniy hisoblanadi.
Nospetsifik yarali kolit rak oldi kasallik hisoblanadi. Yo’g’on ichak raki 5-
7% bemorlarda, kasallik boshlangandan 10-20 yil o’tgach esa bu ko’rsatkich
40% ni tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: