Xirurgik kasalliklar


Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   363
Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi 

Tug’ma  divertikullar  embrional  davrda  gistogenezning  buzilishi  oqibatida 

yuzaga  keladi.  Orttirilgan  divertikullar  esa,  ichak  mushak  qavati  defektlaridan 

shilliq qavatning  bo’rtib  chiqishi natijasida  rivojlanadi  (sohta  divertikul).  Ichak 

devorida  mushak  qavati  uning  ko’ndalang  yo’nalgan  tasmalari  orasida  sust 

rivojlanganligi  tufayli  shu  erda  paydo  bo’ladi.  Ayniqsa,  ichak  devorida  qon 

tomirlar  kiradigan  teshiklari  sohasida  divertikullar  ko’p  uchraydi.  Divertikullar 

kelib  chiqishida ichakdagi  yallig’lanish  jarayoni,  qabziyat  muhim  rol  o’ynaydi. 

Kasallik aksariyat 40 yoshdan oshgan odamlarda ko’p uchraydi. Divertikullar 3-

5 mm li bo’yinchasi va diametri 0,5-1,5 sm bo’lgan tanasiga ega bo’rtmalardan 

iborat.  Ko’pincha  divertikullar  sigmasimon  va  pastga  tushuvchi  chambar  ichak 

(68%)  larda  kuzatiladi.  divertikul  kattalashavergach,  uning  devori  yupqalashib, 




 

388 


shilliq qavati atrofiyaga uchraydi va natijada najasning shu joylarda turib qolishi 

oqibatida eroziyalar, yaralar hamda divertikulitlar rivojlanadi (83-rasm).  

 

 

83-rasm. Yo’g’on ichak divertikuli endoskopik ko’rinishi.  



 

Divertikulyoz 

klinik 

belgilarisiz 

kechib, 

yallig’lanish 

jaryoni 

(divertikulitlar)  rivojlanishi  bilan  qorin  pastida  og’riq,  qabziyatning  ich  surishi 

bilan  almashinib  kelishi,  ishtaha  pasayishi,  ko’ngil  aynishi,  ba’zan  qayt  qilish 

bilan  ifodalanasa,  keskin  yallig’lanish  jarayoni  tana  haroratining  subfebril 

bo’lishi,  qorindagi  og’riqlarning  intensivliligining  ortishi,  leykotsitoz  bilan 

namoyon bo’ladi. Qorinni paypaslaganda zararlangan soha ustida kuchli og’riq, 

mushaklar biroz tarangligi kuzatiladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin