Diagnostikasi. Irrigoskopiya tekshiruv usullari ichida eng ma’quli
hisoblanib, u nafaqat diagnostik, balki, davolash muolajasi bilan qimmatlidir
(qon ketayotgan tomirli divertikul bo’shlig’ini bariy oxagi bilan tamponada
qilish). Divertikulitda kolonoskopiya va rentgenologik tekshiruvlarini o’tkazish
uning perforatsiyasi yuz berishi mumkinligi tufayli xavflidir.
Davolash. Konservativ (parhez, spazmolitiklar, antibiotiklar, sulfanilamid
preparatlari, antiseptik vositali huqnalar). Xirurgik davoga ko’rsatma divertikul
perforatsiyasi, o’tkir ichak tutilishi, massiv qon ketishi, juda kuchli
divertikulitda medikamentoz davo naf bermaganda va ichki oqmalar
rivojlanganda yuzaga keladi. Operatsiya gemikolektomiya, sigmasimon ichak
rezektsiyasi bilan ifodalanadi. Qon ketish bilan asoratlangan divertikulli
bemorlarning 30% xirurgik davolanadi. Operatsiya qonayotgan tomirni tikish,
divertikulni ichak bo’shlig’iga invaginatsiya qilish yoki ichakning ushbu qismi
rezektsiyasi bajarilishidan iborat. Bunda o’lim holati 20% ni tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |