Klinik manzarasi qorinda joylashishi aniq bo’lmagan og’riqlar, ich ketishi,
qon, shilimshik aralash najas, qabziyat, ichakda g’alati sezgi (diskomfort) bilan
xarakterlanadi.
Diagnostikasi: klinik simptomlari va anamnez ma’lumotlari bilan birga
rekto- va kolonoskopiya, irrigoskopiyaning muhim ahamiyati bor.
Poliplarni davolash usulini har kim o’ziga xos tanlashi kerak. Yakka
poliplar elektrokoagulyatsiya yo’li bilan rekto- yoki kolonoskop orqali olib
tashlanadi.
Operatsiya usulida olib tashlashning iloji bo’lmasa, ichak devorini polip
zonasida ponasimon qilib kesiladi. Polip malignizatsiyasida esa radikal
operatsiya: o’ng tomonlama yoki chap tomonlama gemikolektomiya qilinadi.
Chambar ichak diffuz polipida subtotal kolektomiya qilinib, ileorektal yoki
ileosigmasimon anastomoz qo’yiladi.
|