Xirurgik kasalliklar


TO’G’RI  ICHAK  KASALLIKLARI



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   363
TO’G’RI  ICHAK  KASALLIKLARI 

 

Anatomo-fiziologik ma’lumotlar 

To’g’ri  ichak  taxminan  uchinchi  (S

3

)  dumg’aza  umurtqasi  sathidan 



boshlanib,  ichakning  terminal  qismi  hisoblanadi.  U  kichik  chanoq  sohasi  orqa 

qismida  joylashgan  bo’lib,  dumg’aza  va  dum  egilmasi  bo’ylab  tushib,  anal 

teshigi  bilan  tugaydi.  To’g’ri  ichak  uzunligi  o’rta  hisobda  12-20  sm  ni  tashkil 

etib, u uch qismga: qorin pardasi bilan qoplangan ampula usti (rektosigmoid) – 

4-5 sm, ekstraperitoneal va fastsiya bilan qoplangan ampulyar (8-10 sm) va anal 

kanali  (2,5-4  sm)  qismlariga bo’linadi.  Ampulyar  qismi  o’z  navbatida –  yuqori 

ampulyar  (3-5sm),

 

o’rta  ampulyar  (4-6  sm)  va  pastki  ampulyar  (3-5  sm) 



qismlariga  bo’linadi.  Pastki  ampulyar  qismi  anal  kanaliga  o’tib,  orqa  chiqaruv 

teshigi bilan tugaydi.  

Chanoq  qorin  pardasi  ostida  to’g’ri  ichakni  yog’  klechatkasidan  iborat 

chanoq-to’g’ri  ichak  va  o’tirg’ich-to’g’ri  ichak  sohalari  o’rab  turadi.  O’rta 

ampulyar  qismi  qorin  pardadan  butunlay  xoli  joylashgan  bo’lib,  uning  yuqori 

chegarasi bo’lib qorin pardaning o’tuvchi bukilmasi hisoblanadi va u pararektal 

klechatka  bilan  o’ralagan  bo’lib,  bu  ayniqsa,  orqa  va  yon  tomonlarida  kuchli 

rivojlangan.  To’g’ri  ichak  yo’g’on  ichakning  boshqa  qismlaridan  farq  qilib, 

uning  gaustratsiyalari  bo’lmaydi,  bo’ylama  mushak  qavati  tizimcha  shaklda 

emas, balki, ichak aylanasi bo’ylab bir tartibda tarqalgan. Chanoq qorin pardasi 

o’tuvchi bukilmasi  to’g’ri  ichak  oldingi yarim  aylanasida  joylashib, u  anusdan 

erkaklarda  7-9  sm  va  ayollarda  5-7  sm  masofada  bo’ladi.  To’g’ri  ichakning 

orqa-yon  devorlarida  qorin  parda  o’tuvchi  bukilmasi  –  plicae  rectovesicales 

odatda anusdan 12-15 sm masofada yotadi. 

To’g’ri  ichak  shilliq  qavati  tsilindrik  epiteliy  bilan  qoplangan.  Pastki 

ampulyar  qismida  to’g’ri  ichak  shilliq  qavati  bo’ylama  bukilmalar  (Morgani 

ustunlari)  xosil  qilib,  ularning  asosida  anal  kriptalar  joylashgan.  Bu  kriptalarga 

shilliq  ishlab  chiqaruvchi  anal  bezlarining  chiqaruv  teshiklari  ochiladi.  Anal 




 

392 


kanali  shilliq  qavati  ko’p  qavatli  yassi  epiteliy  bilan  qoplangan.    Ushbu  yassi 

epiteliy  bilan  pastki  ampulyar  qism  tsilindrik  epiteliylari  orasidagi  chegara  – 

zigzagsimon anarektal (tishsimon) chiziq deyiladi.  

To’g’ri ichak devorida tashqi tomondan uzunasiga ketgan muskul tolalari, 

ichki  devorida  esa  doirasimon  tolalar  joylashgan.  To’g’ri  ichakning  pastki 

qismida silliq muskul tolalari ichki sfinkterni hosil qiladi. Orqa chiqaruv yo’lini 

ko’taradigan muskulning bir qismi hisoblangan qov-to’g’ri ichak muskuli to’g’ri 

ichakni qovuzloq xolida o’rab, tashqi sfinkterni hosil qiladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin