Kasallikning boshida orqa chiqaruv yo’lida vaqti-vaqti bilan yoqimsiz sezgilar
paydo bo’ladi, to’g’ri ichakda yot jism borga o’xshab tuyuladi. Birmuncha vaqt
397
ko’rinishigacha ketadi. Qon rangi qirmizi-qizil tusda bo’lib, qon yo’qotish
bemorning umumiy xolatiga ta’sir qilmaydi. Gemorroyda bo’ladigan qichishish
va achishish anal yoriqning noto’liq bekilishi va shu sababli shilimshiq ajralib
turishidan sodir bo’ladi. Keyin ichki gemorroidal tugunlarning tushishi
rivojlanadi.
Gemorroyning asosiy belgisi bo’lib qon ketishi hisoblanadi. U alvon rangli
bo’lib, asosan defekatsiya vaqtida va undan so’ng darxol yuzaga keladi. Ba’zida
qon sizib oqadi, ayrim vaqtlarda uning izchilligi tufayli hatto, kamqonlikka olib
keladi. Gemorroyga xos qon ketishida qon najasga aralashmagan bo’lib, uni
ustidan qoplab turadi.
Keyingi asosiy belgilaridan biri bu – og’riq. U gemorroidal tugunlarning
yallig’lanishida, trombozida yoki qisilishida, anal teshik yorig’i yuzaga kelganda
vujudga keladi. Og’riq defekatsiya vaqtida hamda undan keyin ham paydo
bo’lishi mumkin.
Orqa chiqaruv teshigi qichishishi ichakdan shilliq ajralishi oqibatida anal
teshik atrofi terisining ivib shilinishi natijasida paydo bo’ladi. Bu o’z navbatida
ekzema rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Gemorroy kechishida gemorroidal tugunlarning tashqariga chiqishi
kuzatiladi va 3 bosqichdan iborat bo’ladi: I bosqichida gemorroidal tugunlarning
faqat defekatsiya vaqtida tushishi qayd qilinib, o’zicha joyiga kiradi. II
bosqichida gemorroidal tugunlar defekatsiya vaqtida va jismoniy zo’riqishda
tushadi, biroq o’zicha joyiga kirmaydi. III bosqichida tugunlar arzimagan
jismoniy harakatda, yo’talish va aksirishda tashkariga chiqib, o’zicha joyiga
kirmaydi.
Shunga ko’ra surunkali gemorroy klinik kechishining 4 bosqich farqlanadi.
I bosqichda qon ketishi kuzatilib, tugunlarning tushishi kuzatilmaydi. II
bosqichda faqat kuchanish vaqtida tugunlarning tushishi kuzatilib, mustaqil yana
to’g’rilanadi. III bosqichda defekatsiya davrida, ba’zida qorin ichki bosimining
ortishi natijasida tushib qolgan tugunlarni faqat qo’l yordamida to’g’rilanadi.
Kasallikning IV bosqichida gemorroidal tugunlar vertikal tinch xolatda tushadi,
398
ular to’g’rilanmaydi yoki to’g’rilangach darxol, yana tushib qolishi kuzatiladi.
Bu bosqichda ularning trombozi, anal teshikda og’riq, ko’p miqdorda qon
ketishi yuzaga keladi.
O’tkir gemorroyning 3 og’irlik darajasi farqlanadi:
1. Tashqi gemorroidal tugunlar unchalik katta emas, zich-elastik
konsistentsiyali, paypaslaganda og’riqli; anal teshik atrofi biroz qizargan,
bemorlar, ayniqsa, defekatsiya vaqtida kuchayadigan kuyish, qichishish hissiga
shikoyat qiladilar.
2. Anal teshik atrofi keskin shishgan, qizargan, anal teshik sohasida,
ayniqsa, yurganda va o’tirganda kuchayuvchi kuchli og’riq, paypaslaganda va
barmoq bilan ko’rganda og’riq kuchli bo’lishi.
3. Anal teshigi atrofi sohasi yallig’lanish infiltratiga aylangan,
paypaslaganda kuchli og’riq xissi, orqa chiqaruv teshigi sohasida ko’kimtir-
qizg’ish tusli, fibrin bilan qoplangan ichki gemorroidal tugunlar kuzatiladi; davo
choralari ko’rilmaganda tugunlar nekrozi,oqibatda shilliq qavati yaraga aylanib,
o’tkir paraproktit rivojlanishi mumkin.
Surunkali gemorroy uchun qo’zish va remissiya davrlari xos. Remissiya
davrida bemorlar hech qanday shikoyat bildirmaydilar. Alkogol yoki o’tkir
taomlar iste’mol qilish, jismoniy zo’riqishlar qon ketishiga sababchi bo’ladi.
Bemorlarni tekshirish tizza-tirsak xolatida yoki cho’kkalab o’tirib
kuchangan xolatlarda amalga oshiriladi. Tekshirish to’g’ri ichakni barmoq
yordamida, anoskopiya va rektoskopiya usullari bilan bajariladi.
Dostları ilə paylaş: