Klinikasi.
Kasallikning birinchi kunidanoq o’tkir ichak tutilishi belgilari
(qorinning dam bo’lishi, el va ich kelmasligi, xiqichoq, kekirish, qayt qilish).
Tashxis oraliq sohasini ko’ruvidan so’ng qo’yiladi. Najasning qin yoki siydik
nayi orqali chiqishi atreziyaning oqma bilan kechayotganligidan dalolat beradi.
To’g’ri ichak-siydik qopi oqmalari atreziyada siydik rangi xira, najas bilan
aralashgan bo’ladi.
Davolash – xirurgik.
To’liq atreziyalar shoshilinch jarrohlik amaliyotiga
ko’rsatma hisoblanadi. Orqa chiqaruv teshigi atreziyasida teri kesilib, uning
shilliq qavati pastga tortilib teriga tikib qo’yiladi. To’g’ri ichak atreziyasining
boshqa turlarida turli xil murakkab jarrohlik amaliyotlari qo’llaniladi.
Atreziyaning oqmalar bilan kechganida rejali ravishda ushbu patologiyalarni
bartaraf etishga qaratilgan operatsiyalar bajariladi.
|