To’g’ri ichak jarohatlari
To’g’ri ichak jarohatlari turli xil predmetlar ta’siri orqali, chanoq suyaklari
singanda, o’q tekkanda, tibbiy muolajalar vaqtida (rektoromanoskopiyada,
termometr yoki xuqna moslamasini ichakka kiritganda), chanoq a’zolari
jarrohlik amaliyotlari va tug’ruq vaqtida yuzaga keladi.
Klinik kechishi to’g’ri ichakning qaysi qismi jarohatlanganligiga bog’liq
bo’lib, u qorin parda ichi yoki qorin parda orti sohalarida vujudga kelishi
mumkin. Og’riq, qon ketishi, najasning koringa yoki pararektal klechatkaga
tushishi bilan namoyon bo’ladi.
Davolash xirurgik yo’l bilan amalga oshiriladi. Bunda ichak devori
defektini tikish, chanoq klechatkasini drenajlash, ba’zan kolostomalar o’rnatish
amaliyotlari bajariladi.
Dostları ilə paylaş: |