404
Orqa chiqaruv yo’li yorilishi (anal yoriq) – orqa chiqaruv yo’lidagi
nuqson. Ko’pincha ayollarda uchraydi. 90% xollarda anal yoriq anal
sfinkterning orqa devorida joylashadi. Orqa chiqaruv yo’lining o’tkir, xronik va
qaytalanuvchi yorilishi farq qilinadi.
Anal yoriqlarning etiologiyasi, patogenezi turli-tuman. Qattiq najas
massalari anal kanali orqali o’tayotganda devori shikastlanib qoladi. Kriptalarga
infektsiya tushib, anal bezlarni yallig’lantiradi va yoriqlar paydo bo’ladi. Anal
halka atrofidagi mayda arteriyalarning tomir spazmi ham yorilishga sabab
bo’ladi. Anal kanal devoridagi nerv tolalarining nevriti ham yoriqlar paydo
qiladi.
Klinikasi. O’tkir anal yoriqning asosiy simptomi og’riq hisoblanadi.
Og’riq juda qattiq, bemorni kuchli iztirobga soladi, odatda xojatdan keyin
boshlanadi va bir necha soatga cho’ziladi. Og’riqdan tashqari, anal sfinkterning
kuchli reflektor spazmi sababli qabziyatlar paydo bo’lib, natijada har gal xojatga
borishdan keyin yoriq battar shikastlanib turadi. Aksariyat anal yoriqda xojatdan
keyin qon tomchilari ajralib chiqishi kuzatiladi.
Barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya va rektoromanoskopiyadan oldin
yoriq ostiga 10-20 ml 1% li novokain yuboriladi. Shundan keyin bu tekshiruvlar
yordamida ko’pchilik xollarda orqa devorda joylashadigan uzunasiga ketgan
yoriqni ko’rish mumkin.
Davolash. O’tkir boshlangan anal yoriqlarda konservativ davolash,
issiqlik vannalari, grelkalar, yuqori chastotali ultratovush, diatermiya tavsiya
etiladi. Spirt-novokainli blokada, sfinkterni Rekome bo’yicha cho’zishdan
foydalanish mumkin. Xronik va qaytalanadigan anal teshik yoriqlarini xirurgik
usulda davolash – ponasimon kesib olib tashlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: