Xirurgik kasalliklar


Gemorroyning  asoratlariga



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   363
Gemorroyning  asoratlariga  gemorroidal  tugun  trombozi,  qisilishi,  mo’l 

profuz  qon  ketishlari  kiradi.  Tromboz  aksariyat  xollarda  parhezni  buzganda, 

jismoniy  zo’riqishdan  so’ng  kelib  chiqadi.  Og’riq  ozgina  jismoniy  harakatda, 

yo’talganda  vujudga  keladi,  yot  jism  hissi  paydo  bo’ladi.  Anal  teshigidan 

ko’kimtir  tusli  tugun  ko’rinib  turadi,  paypaslaganda  u  kuchli  og’riqli.  Rektal 

tekshiruv  ham  kuchli  og’riq  bilan  kechadi.  Trombozlarni  davolash  ko’pincha 

konservativ  bo’lib,  o’z  ichiga  parhez,  surgi  dorilar,  yallig’lanishga  qarshi  dori 

vositalari, 3-4 kun davomida permanganat kaliyli vannachalardan iborat. 

Bunday  xolatlarda  operativ  davo  maqsadga  muvofiqdir.  U  trombozga 

uchragan tugunni kesib olib tashaladan iborat. 

Gemorroidal  tugunlardan  ko’p  qon  ketishi  anemiyaga  sabab  bo’lib,  bu 

bemorlarda  umumiy  lohaslik,  uyqusizlik,  tomir  urishning  tezlashishi,  yurak 




 

403 


sohasidagi  og’riq,  bosh  og’rishi,  bosh  aylanishi,  mehnat  qobiliyatining  pasayib 

ketishidan  noliydilar.  Teri  qoplamlari  oqarib  ketadi,  tezda  charchash,  arterial 

bosimning pasayib ketishi kuzatiladi. Doimiy ko’p qon ketishidan oldin odatda 

qonning  oz-ozdan  ajralib  turishi  kuzatiladi.  Arzimagan  jismoniy  harakat  ham 

qon ketishiga sabab bo’ladi. 

Bemorlar uyda konservativ dori-darmonlar yordamida davolanib yuradilar 

va  anemiya  simptomlari  kuchayib  ketgandan  keyingina  bunday  bemorlar 

shoshilinch yordam ko’rsatish uchun statsionarga olib kelinadilar. 



Davolash  –  operatsiya  usulida  bo’ladi.  Tashqi  gemorroidal  tugun 

trombozi  aksariyat  parhez  buzilganda,  ichkilik  va  o’tkir  taomlar  eyilgandan 

keyin paydo bo’ladi. Orqa chiqaruv yo’lida qattiq og’riq boshlanadi, go’yo unda 

yot  jism  bordek  tuyuladi.  Harorat  38—39°C  gacha  ko’tariladi.  Tashqi  ko’zdan 

kechirishda  orqa  chiqaruv  yo’li  sohasida  ko’kimtir  tugun  yoki  bir  necha 

tugunchalar  ko’rinadi,  ular  paypaslanganda  og’riydi,  zich  bo’ladi.  Davolash 

parhezga qattiq rioya qilish, ovqatdan o’tkir taomlar, ichkilikni chiqarish, surgi 

dori  ichish,  yallig’lanishga  qarshi  preparatlar  (diklofenak  natriy,  nimesil, 

ketoprofen,  atsetilsalitsilat  kislota),  antibiotiklar  qo’llanishdan  iborat.  Mahalliy 

qo’rg’oshinli xo’llab bosish (primochka), Vishnevskiy malhami qo’llaniladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin