og’riqlar o’rtacha bo’lib, xojat paytida birmuncha kuchayadi. Tana harorati
subfebril bo’ladi. Paypaslab ko’rilganda yiringlik zonasida ichak bo’shlig’iga
407
bo’rtib chiqqan infiltrat yoki flyuktuatsiya aniqlanadi. Yiringlik o’z-o’zidan
yorilganidan keyin ko’pincha sog’ayish boshlanadi.
Chanok-to’g’ri ichak (pelviorektal) paraproktiti. Kam uchraydi, og’ir
o’tadi va uni aniqlash ancha qiyin. Avvaliga intoksikatsiya belgilari: umumiy
lohaslik, xolsizlik, tana harorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, bo’g’imlarda
qaqshashi, qorin pastida og’riq paydo bo’ladi. Orqa chiqaruv yo’li sohasini
tashqi ko’zdan kechirishda pelviorektal paraproktitni aniqlab bo’lmaydi.
Kasallik boshlanishidan 15-16 kun o’tgach tana harorati gektik darajaga etib,
qorin pastidagi og’riqlar kuchayadi. Infiltratning hajmi kattalashadi va orqa
chiqaruv yo’lini ko’taradigan muskul bo’ylab pastga tushadi va paraproktitning
mahalliy belgilari paydo bo’ladi. Ular endi quymich-to’g’ri ichak va teri osti
kletchatkasi uchun xos bo’lib, quyidagi xarakterli simptomlar: chot terisida shish
va qizarish, og’riq paydo bo’ladi. To’g’ri ichakni barmoq bilan tekshirish
vaqtida infiltratni aniqlash mumkin, bunda barmoq bo’rtib chiqqan joyning
yuqori chekkasiga etmaydi.
Dostları ilə paylaş: