Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   363
Intrasfinkter  oqma  –  oqma  kanali  to’liq  to’g’ri  ichak  sfinkteri  ichida 

bo’ladi. 



Transsfinkter oqma – oqma kanali qisman sfinkter orqali o’tadi, qisman 

kletchatkada joylashgan. 



Ekstrasfinkter 

oqma 

–  oqma  kanali  chanoqning  kletchatka 

bo’shliqlaridan o’tadi va sfinkterni chetlab o’tib, chot terisiga ochiladi. 

 

 



 

90-rasm. Pararektal oqmalarning joylashish turlari 

 



 

409 


Klinik manzarasi oqma borligi va uning vaqti-vaqti bilan bekilib turishi 

bilan  bog’lik,  bu  yiringli  bo’shliq  drenaji  buzilishiga,  yiring  yig’ilib  qolishiga, 

paraproktitning og’irlashuviga olib keladi. Qayta og’riq turadi, subfebril harorat, 

et  junjikishi,  lohaslik  qayd  qilinadi  va  4-5  kuniga  kelib  oqma  o’z-o’zidan 

yoriladi  va  bu  hodisalar  to’xtaydi.  Anus  atrofi  ko’zdan  kechirilganda  yiringli 

ajralmasi  asta  sekin  ajralib  chiqayotgan  oqmani,  teri  bichilganini  ko’rish 

mumkin. Oqma yo’lini aniq bilish uchun fistulografiya qilinadi. 

Davolash.  Konservativ  davolash  kamdan-kam  sog’ayishga  olib  keladi. 

Odatda  undan  operatsiyaga  tayyorgarlik  bosqichi  sifatida  foydalaniladi.  Bu 

oqmani  antiseptik  eritmalar  bilan  yuvish,  antibakterial  davo,  antiseptiklar  bilan 

mikrohuqnalar qo’yish va o’tiradigan vannalar qilishdan iborat. 

Xirurgik  davolash  oqma  yo’lini  kesib,  keyin  tikib  qo’yishdan  iborat. 

Oqma  kanalini  to’liq  kesish  uchun  operatsiyadan  oldin  nazorat  uchun  oqmaga 

metilen ko’ki yoki brilliant yashili eritmasi yuboriladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin