Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir ichak tutlishini etiologik omillari ichida
moyillik va olib keltiruvchi sabablarni ajratish mumkin.
Moyillik xolatlar o’tkir ichak tutilishi paydo bo’lishiga asos bo’lib qoladi.
Ular tug’ma va orttirilgan bo’lishlari mumkin.
Tug’ma moyillik xolatlarga ichak tuzilishini anatomik anomaliyalari:
ichakning ayrim qismlarini uzun yoki keng bo’lishi (megakolon – kengaygan
ichak, dolixosigma – uzun ichak), ichak burilishini noto’liq bo’lishi, tug’ma
stenozlar, okklyuziyalar hamda ichakning nerv-mushak apparatining tug’ma
nuqsonlari (Girshprung kasalligi) kiradi.
Orttirilagan xolatlarga qorin bo’shlig’ida bajarilgan jarohlik amaliyotdan
keyin va yallig’lanishlardan keyingi paydo bo’lgan chandiqlar, orttirilgan
churralar, o’smalar, o’t toshlari, fitobezoarlar, gijjalar, najas toshlari kiradi.
Moyillik xolatlariga balanssiz, noto’g’ri ovqatlanishlar kirishi tasdiqlangan.
Bir necha moyillik xolatlar bo’lishiga qaramay o’tkir ichak tutilishi faqat
olib keluvchi sabablar bo’lganida rivojlanadi. Ular ichiga qorin bo’shlig’ida
birdan bosim oshib ketishi, og’ir jismoniy zo’riqish, ko’p miqdorda ovqatlanish
kiradi.
O’tkir ichak tutilib qolishi bilan kasallangan bemorlarni davolash natijalari
kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq.
|