Xirurgik kasalliklar


Differentsial  diagnostikada



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   363
Differentsial  diagnostikada  bemorni  kasallik  dinamikasida  (2-3  soat 

ichida)  tekshirish  katta  ahamiyatga  ega.  Ichak  mexanik  tutilib  qolganda 

peristaltika  aniq  ko’rinadi  (qovuzloqlar  o’z  joyini  o’zgartiradi),  Kloyber 



 

428 


kosachalarining  joylashgan  joyi  o’zgaradi;  gaz  bo’lishiga  qaramay,  ingichka 

ichak  diametri  yo’g’on  ichak  diametridan  hech  qachon  oshmaydi.  Ichakning 

funktsional  tutilib  qolishi  peristaltik  to’lqinlar  bo’lmasligi  bilan  xarakterlanadi, 

gaz  va  suyuqlik  yo’g’on  va  ingichka  ichaklarda  joylashadi,  bu  manzara  ko’p 

soatlar mobaynida amalda o’zgarmaydi Kloyber kosachalari sonigina oshadi va 

meteorizm  ko’payadi.  Aksariyat  ingichka  ichak  diametri  yo’g’on  ichak 

diametridan kattarok.  

Qiyin  diagnostik  hollarda  kontrast  moddalar  yuborib  rentgenologik 

tekshirish tavsiya etiladi. 

Qorin  bo’shlig’ini  odatdagi  obzor  tekshirishdan  farqli  ravishda  kontrast 

modda  ko’llab  rentgenoskopiya  qilish    diagnostik  imkoniyatlarini  birmuncha 

kengaytiribgina  qolmay,  balki  tutilib  qolgan  joyning  ko’rinishi  va  uning 

joylashgan  o’rnini  aniq  belgilash  imkonini  beradi.  Bundan  tashkari,  Kloyber 

kosachalari,  Kerking  burmalari  kabi  simptomlar  kontrast  modda  qo’llangan 

sharoitlarda birmuncha ravshan bo’lib qoladi. 

Endoskopik  tekshirish  usullari  ichak  tutilishi  diagnozini  aniqlashda  katta 

yordam  berishi  mumkin.  Rektoromanoskopiyada  va  kolonoskopiyada  yo’g’on 

ichakda  uning  obturatsiyasini  keltirib  chiqaradigan  o’smani  aniqlash  mumkin 

(kolonoskop  yordamida  yonbosh  ichakning  distal  qismini  ko’zdan  kechirishga 

muvaffak bo’ladi). 

Shubxali  diagnostika  hollarida  taktik  yo’llanma  hammaga  ma’lum:  bemor 

kasalxonaga  keltirilgan  vaqtdan  boshlab  2  soat  ichida  o’tkir  ichak  tutilishini 

istisno  qilish  mumkin  bo’lmasa,  bemor  ahvoli  esa  yomonlashib  boraversa, 

diagnostik laparotomiya qilishga o’tiladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin