Kombinatsiyalashgan davo. Hozirgi davrda to’g’ri ichakni rak bilan
mahalliy zararlanishida operatsiya nur terapiyasi bilan qo’llanilishi maqsadga
muofiq deb hisoblanadi. Natijada o’smani operabelligi imkoniyatlari paydo
bo’lib, xirurgik davo natijalari yaxshilanadi, bemorlarning operatsiyadan keyingi
5 yilgacha yashash chastotasi ortib, radikal operatsiyadan so’ng u 40-50% ni
tashkil etadi.
417
O’TKIR ICHAK TUTILISHI
O’tkir ichak tutilishi (ichakning o’tkir tutilishi, ileus, utkir ileus) – ichak
yo’lidagi tarkibiy qism passajining buzilishi bilan rivojlanuvchi holat.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir xirurgik kasalliklari orasida o’tkir ichak
tutilishi 3,5-9% ni tashkil etadi. Ko’pincha ichak tutilishi 40-60 yoshda
uchraydi. Ichak tutilishi ayollarga qaraganda erkaklarda ko’proq uchraydi. Yoz
va kuz oylarida (iyul-oktyabr) o’tkir ichak tutilishi bilan kasallanganlar soni
ko’proq uchraydi, chunki bu davrda o’simlik ozuqalari tarkibidagi kletchatka
tushishi hisobiga ichaklar ko’proq zo’riqadi.
O’tkir ichak tutilishi bilan bemorlarni davolashning natijalari avvalo
kasallikni o’z vaqtida aniqlashga bog’liq. Operatsiyadan keyingi o’lim
ko’rsatkichi kasallik boshlanishidan boshlab 6 soatgacha kasalxonaga
yotqizilgan bemorlar orasida 2,1-3,1% ni, 24 soatdan kechikib yotqizilganlar
orasida 16,4-19,9% ni tashkil qiladi (V.T. Zaytsev muallifdoshlari bilan, 1989).
O’tkir ichak tutilishidagi har xil aspektlarni o’rganish uzoq tarixga ega. Bu
kasallik haqidagi birinchi tushunchani Gippokrat bergan. Uning fikricha, ileus
ichaklardagi gazlar hisobiga hosil bo’ladigan yallig’lanishlar natijasidagi kelib
chiqadigan holat. Galen o’z ishlarida ichak tutilishiga yallig’lanish hisobiga
ichaklar peristaltikasi buzilishi sabab bo’lishiga e’tibor qilgan. Bu olimlar
laborator, patalogoanatomik tekshiruvlarsiz hamda zamonaviy anatomiya va
fiziologiya bilimlariga ega bo’lmay, ichak tutilishi patogenezida zaruriy
elementlar – ichak xarakatini buzilishi, gaz va suyuqliklar yig’ilishi natijasida
ichaklar kengayishini ko’rsatib o’tishgan. XVII asr boshlarida Riolan o’tkir
ichak tutilishini mexanik, obstruktiv va strangulyatsion turlari mavjudligini
isbotladi. Bu esa ileusni operativ davolash urinishlar boshlanishiga olib keldi.
Hozirgi kunda o’tkir ichak tutilishida V.P. Petrov va I.A. Eryuxin (1985)
taklif etishgan klassifikatsiyasi qo’llaniladi.
Utkir ichak tutilishi klassifikatsiyasi:
418
1.
Kelib chiqishi bo’yicha – tug’ma va orttirilagan.
Tug’ma ichak tutilishiga rivojlanish nuqsonlari, ingichka va yo’g’on
ichaklar atreziyalari sabab bo’ladi.
2.
Kelib chiqish mexanizmi bo’yicha – mexanik va dinamik.
2.1. Mexanik ichak tutilishi obturatsion (tutqich tomirlarini siqib
qo’ymasdan) va strangulyatsion (tutqich tomirlarini siqib) va aralash
(strangulyatsion va obturatsion kombinatsiyasi) turlarga bo’linadi.
2.2 Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi.
3. Tutilish joyiga qarab – yuqori (ingichka ichak) va pastki (yo’g’on ichak).
4. Klinik kechishi bo’yicha – to’liq va qisman, o’tkir va surunkali.
Ichakning dinamik (funktsional) tutilib qolishi deganda ichakning motor
faoliyati buzilishi bilan o’tadigan patologik holatlar tushuniladi, bunda mexanik
to’siq bo’lmagani holda uning tutilib qolishi sodir bo’ladi.
Dinamik ichak tutilishiga qorin bo’shlig’idagi o’tkir yallig’lanish
kasalliklari (appenditsit, xoletsistit, pankreatit, peritonit va boshqalar), qorin orti
sohasining yallig’lanish kasalliklari (paranefrit), shikastlar va travmatik jarroxlik
amaliyotlar, qorin bo’shlig’i a’zolarida qon aylanishini o’tkir buzilishlari (taloq
infarkti, tutqich tomirlarini trombozi) sabab bo’lishi mumkin. Undan tashqari
dinamik ichak tutilishiga metabolik o’zgarishlar (diabetik, uremik koma),
zaxarlanishlar (morfin, qo’rg’oshin bilan) olib kelishi mumkin.
Dinamik ichak tutilishi spastik va paralitik turlarga bo’linadi.
Spastik ichak tutilishi ichak motor faoliyati kuchayishi ya’ni spazm
xisobiga paydo bo’ladigan xolat. Spastik ichak tutilishiga eng ko’p bo’lgan
sabablardan biri og’ir metallar tuzlari xisobiga zaxarlanish xisoblanadi. Undan
tashqari bu xolat markaziy nerv sistemasining kasalliklarida ham kuzatiladi.
Bunga misol tariqasida isterik ileusni keltirish mumkin.
Gipermotor reaktsiyalar ichakning mexanik tutilib qolishi – buralib qolishi,
tugun hosil qilishi, invaginatsiyasi kabilar rivojlanishida ishga tushiruvchi
mexanizm bo’lib xizmat qilishi mumkin.
419
Paralitik ichak tutilishida ichak motor faoliyati susayishi ya’ni parezi
kuzatiladi. Ichak tutilishini bu turi spastik ichak tutilishiga qaraganda amaliyotda
ko’proq uchraydi. Chunki paralitik ichak tutilishini asosiy keltirib chiqadigan
holat bu jarroxlik amaliyotining o’zidir. Undan tashqari paralitik ichak tutilishi
qorin bo’shlig’i a’zolarini o’tkir yallig’lanishlarida xamroh bo’lib keladi. Ichak
tutilishini bu turi qorin orti sohasini yirik gematomalarida, yumshoq to’qimalar
shikastlarida, og’ir jarroxlik amaliyotlaridan keyin paydo bo’ladi.
Dinamik (ya’ni funktsional) tutilib qolish avvalo hazm trakti motor
funktsiyasining buzilishi oqibati bo’lib, buning natijasida ichak bo’ylab passaj
to’xtaydi. Shuning uchun davolash taktikasi birinchi navbatda ichak
peristaltikasini tiklashga qaratilishi lozim.
Mexanik ichak tutilishida dinamik ichak tutilishidan farqli ravishda ichak
bo’ylab tarkibiy qismini passajini buzilishi mexanik to’siq borligi bilan bog’liq.
Obturatsion ichak tutilishida (5-8% tashkil etadi) jarayonga ichak tomirlari
qo’shilmagan xolda ichak bo’shlig’ining ichkaridan bekilib qolishi ro’y beradi.
Uning sabalari o’smalar, gijjalar, fitobezoarlar, o’t toshlari, yot jismlar, najas
toshlari bo’lishi mumkin. Obturatsion tutilishi ichakni tashqaridan, yaqin
joylashgan a’zolardan chiqqan o’smalar, kistalar, hamda chandiqlar xisobiga
ham rivojlanishi mumkin. Lekin bunda tutqich tomirlari siqilmagan holda
bo’lishi kerak.
Strangulyatsion ichak tutilishida esa aksariyat ichak bo’shlig’ini
tashqaridan siqib qo’yishdan tashqari tutqich tomirlari siqilishi kuzatiladi. Bu
esa ichakning qisilgan qismida qon aylanishini buzilishiga ko’proq olib keladi.
Ichak tutilishini bu turida ko’proq destruktiv jarayon kuzatildi, endotoksikoz va
peritonit tezroq rivojlanadi. Strangulyatsion ichak tutilishi ichak tutilishini
hamma turlari ichida 15-40% holatlarda uchraydi.
Strangulyatsion ichak tutilishiga ichaklar buralib qolishi, tugun hosil
bo’lishi, churra darvozasidagi ichak qisilishi kiradi.
Mexanik
ichak
tutilishining
aralash
turida
obturatsiya
hamda
strangulyatsiya birgalikda keladi. Bu holatga yaqqol misol deb invaginatsiyani
420
keltirish mumkin. Invaginatsiya ko’proq yosh bolalarda uchraydi. Unda ichakni
bir qismi va uning tutqichi yonida joylashgan ichakka kirib qoladi. Bunda ichak
mexanik to’siq rolida ishtirok etadi, tutqichi qisilib qolishi hisobiga tutqich
tomirlarida qon o’tishi to’xtaydi.
Ohirgi vaqtlarda aralash ichak tutilishiga ayrim mutaxasisslar chandiqli
ichak tutilishini ham kirita boshlashdi. Chunki chandiqli jarayonda ham aynan
aralash ichak tutilishga xos xolat kuzatiladi.
Ichakning mexanik ayniqsa strangulyatsion o’tkir tutilib qolishida
kasallikning bir hil og’irlikda kechmasligini hisobga olib, yuqorigi va pastki
tutilishini farq qilish muhim (yuqori tutilish birmuncha og’ir kechadi).
Dostları ilə paylaş: |