Xirurgik kasalliklar


Differentsial diagnostikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə271/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   363
Differentsial diagnostikasi gemorroy, poliplar, sifilis, sil bilan o’tkaziladi. 

Gemorroyda  qon  alvon  tusli,  xojat  oxirida  keladi,  to’g’ri  ichak  saratonida  esa 

qon  to’q  qizil  tusda,  o’zgargan,  najas  bilan  aralashgan,  qon  laxtalari  bilan 

bo’ladi.  Gistologik  usul  yordamida  poliplar,  sil  va  sifilis  bilan  farqlanadi. 

Bundan  tashqari  sifilisda  –  serologik,  silda  –  bakteriologik  tekshiruvlar 

diagnostik qiynchiliklarga barham beradi. 



Davolash.  Operativ  davo  turini  tanlash  o’smaning  joylashishi,  asoratlari 

yoki  metastazlarning  bor-yo’qligiga  qarab  tanlanadi.  Uzoq  metastazlar  va 

asoratlar  inkor  qilinsa,  radikal  operatsiya  bajariladi.  Xirurgik  davolash 

ximioterapiya  va  nur  bilan  davolash  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Eng  keng 

tarqalgan operatsiya usullaridan biri bu – qorin-oraliq (chot sohasi) to’g’ri ichak 

ekstirpatsiyasidir (91-rasm), to’g’ri ichak oldingi rezektsiyasi, qorin-anal to’g’ri 

ichakning  sigmasimon  ichak  yoki  ko’ndalang  chambar  ichakni  pastga  tushirib 

bajariladigan  rezektsiyasi,  Gartman  operatsiyasi  (to’g’ri  ichak  obstruktiv 

rezektsiyasi).  Operatsiya  ko’lami  va  turi  o’smaning  to’g’ri  ichakning  qaysi 

sohasida joylashganligi qarab tanlanadi. Agar o’sma anal teshigidan 6-7 sm dan 

kam  masofada  joylashgan  bo’lsa,  to’g’ri  ichakning  qorin-oraliq  (chot  sohasi) 

ekstirpatsiyasi,  o’sma  protsessi  anal  teshikdan  6-7  sm  dan  ko’p  masofada 

joylashsa  –  sfinkterni  saqlab  qoluvchi  qorin-anal  ekstirpatsiyasi,  anal  teshik 



 

415 


bilan o’sma orasi masofa 10-12 sm dan oshsa – to’g’ri ichak oldingi rezektsiyasi 

bajariladi. To’g’ri ichak obstruktiv rezektsiyasi o’smaning anal teshikdan 10-12 

sm  dan  ortiq  masofada  joylashganda,  to’g’ri  ichak  oldingi  rezektsiyasini 

bajarishga  sharoit  yo’qligida  (operatsiya  shoshilinch  ravishda,  masalan,  o’tkir 

ichak tutilishi bo’yicha qilinganda) bajariladi. Bundan tashqari operatsiya turini 

tanlashda  bemorning  konstitutsional  hususiyatlariga,  umumiy  axvolining 

og’irligiga e’tibor beriladi. 

Palliativ  davo  bemorning  umrini  uzaytirish  va  iztirob  chekishini 

kamaytirish  maqsadida  amalga  oshirilib,  o’tkir  ichak  tutilishi  yoki  radikal 

operatsiyani  o’tkazish  imkoniyati  bo’lmagan  xolatlarda  bajariladi.  Operatsiya 

qorin old devori chap yonbosh sohasida sigmasimon ichakni tashqariga chiqarib 

ikki poyali notabiiy orqa chiqaruv teshigini shakllantirishdan iboratdir. 

 



 

416 


 

91-rasm. Qorin-oraliq (chot sohasi) to’g’ri ichak ekstirpatsiyasi 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin