qavatda ro’y berib, ichak bo’shlig’i va ichak devoriga o’sib kiradi. O’sma
keyinchalik ichak tashqarisiga chiqib, yondosh to’qima va a’zolarni zararlaydi.
tugunlariga) va gematogen yo’l bilan (asosan jigarga) boshqa a’zolarga
tarqaladi.
Bemorlar og’riqqa, ichakdan patologik ajralma kelishiga (qon, yiring, shilliq) va
ichak funktsiyasining buzilishiga shikoyat qiladilar. Belgilarning yaqqolligi
413
kasallikning darajasiga, o’smaning o’sish va tarqalish xolatiga va uning
lokalizatsiyasiga bog’liq.
Kasallik boshlanishida og’riq kuzatilmaydi, u faqat anal teshigi saratonida
erta davrda kuzatiladi. Ampulyar soha saratonida belgilar kam namoyon bo’lib,
erta simptomlaridan najas bilan patologik ajralma ajralishi hisoblanadi. O’sma
kattalashgan sari ichak tutilishi belgilari namoyon bo’ladi. Og’riq o’smaning
ichak devorining barcha qavatlaridan o’sib o’tganda paydo bo’ladi. O’smaning
siydik qopiga o’sib kirishi natijasida siyishga tez-tez chaqiriqlar bo’lib turadi.
O’smaning najas bilan ta’sirlanishi va jarohatlanishi undan qon ketishiga olib
keladi. Qon ko’pincha to’q qizil, kam xolatlarda alvon rangida bo’ladi. Xojat
vaqtida avval ozgina qon keladi, keyin esa qon aralash najas chiqadi. To’g’ri
ichak saratonida profuz qon ketishlar odatda kuzatilmaydi, lekin ma’lum bir
vaqt o’tgandan so’ng kamqonlik yuzaga keladi. Rektosigmoid soha saratonida
kasallik belgilari kuchayib boruvchi qabziyat, keyin esa ichak tutilishi
ko’rinishida bo’ladi.
Kasallikning umumiy belgilariga anemiya, umumiy xolsizlik, ozib ketish,
gipertermiya xos bo’lib, ular kasallikning kechki muddatlarida yuzaga keladi.
Anal sohasi saratonida metastazlarning chov lifa tugunlariga tarqalishini
ob’ektiv ko’ruv vaqtida inobatga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: