412
I bosqich – uncha katta bo’lmagan,harakatchan o’sma (diametri 2 sm dan
kam), ichak devoriga o’sib kirmaydi, shilliq osti qavatidan tashaqariga o’tmaydi,
metastazlar yo’q.
IIa bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lmagan sohani
egallaydi (mushak qavatigacha o’sib kiradi), metastazlar yo’q.
IIb bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lmagan sohani
egallaydi, devoriga usib kirmaydi (mushak qavatigacha o’sib kiradi), regionar
limfa tugunlarida metastazlar.
IIIa bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lgan sohani
egallaydi, devoriga o’sib kiradi, yon atrof a’zo va to’qimalarga ham o’sib kirishi
mumkin.
IIIb bosqich – o’sma ichak yarim aylanasidan katta bo’lgan sohani
egallaydi, ichak devoriga o’sib kiradi, yon atrof a’zo va to’qimalarga ham o’sib
kirib, regionar limfa tugunlariga ko’plab metastazlar beradi.
IV bosqich – katta harakatsiz o’sma, chanoq a’zolariga va to’qimalariga
o’sib kiradi, regionar va uzoq limfa tugunlari va a’zolarida metastazlar.
Halqaro rakka qarshi ittifoq taviyasiga ko’ra jarayon tarqalishini TNMP
sistemasi bo’yicha baholanadi. Bunga ko’ra T (tumor) – birlamchi o’sma, N
(nodes)-regionar limfa tugunlar xolati, M (metastasis) – uzoq metastazlar, R
(penetration) – o’smaning ichak devoriga o’sib kirish darajasi.
Dostları ilə paylaş: