yo’li atrofiga chiqishi tushuniladi. Qorin ichida bosimning oshishi (qabziyat, ich
ketar, tug’ruk, yo’tal) ichak tushishiga sababchi hisoblanadi. Dumba sohasi va
bel-dumg’aza sohasining o’q otar qurollardan yaralanishi, maishiy shikastlar
410
2. Ichak anal bo’limi devorining hamma qatlamlari tushishi.
3. To’g’ri ichakning orqa chiqaruv yo’li tushmasdan tushishi.
4. Orqa chiqaruv yo’li va to’g’ri ichakning tushishi.
Klinikasi. Asta-sekin rivojlanadi, kasallik boshlanayotganda xojatga
borilganda faqat shilliq parda tushadi. Kasallik rivojlangan sayin to’g’ri
ichakning tushishi tez-tez ro’y berib turadi, ichakni qo’l bilan joyiga
kiritilgandan keyin, hatto vertikal xolatda ham uning tushishi qayd qilinadi.
Bemorlar mehnatga layoqatsiz bo’ladilar.
Ichak tushganda quyidagi asoratlarni kuzatish mumkin: to’g’ri ichak
shilliq pardasida yaralar, nekroz va teshilish (perforatsiya), keyinchalik peritonit
paydo bo’ladi.
Davolash. Bolalikda qabziyat, ich ketar, yo’talni bartaraf etishga
karatilgan konservativ davolashning o’zi kifoya qiladi. To’g’ri ichak
tushishining engil turida Tirsh operatsiyasi bajariladi – orqa chiqaruv yo’li
atrofidagi teri ostiga kumush simning teri osti implantatsiyasi bajariladi.
Kyummel-Zereni bo’yicha rektopeksiya operatsiyasi juda yaxshi natija beradi.
Bu operatsiyaning mohiyati to’g’ri ichak devorini umurtka pog’onasining
bo’ylama boylamiga dumg’aza umurtqalari sohasiga fiksatsiya qilishdan iborat.
To’g’ri ichakning tushishi anal sfinkterning etishmovchiligi bilan birga
uchraganda yuqorida zikr kilingan operatsiyani chanoq tubi muskullarini
mustahkamlash bilan to’ldiriladi.
Dostları ilə paylaş: