Klinikasi va diagnostikasi. O’tkir ichak tutilishini diagnostika qilish
kasallik anamnezi va bemor shikoyatlarini to’g’ri tahlil qilish, umumiy xolatga
va patologik jarayonning lokal ko’rinishlariga, shuningdek turli hil qo’shimcha
yoki maxsus tekshirish usullari natijalariga baho berishga asoslanishi kerak.
Ichak mexanik tutilib qolishining eng xarakterli simptomi – qorinning tutib-
tutib og’rishidir.
Ichakdagi suyuqlikning so’rilishiga to’siq paydo bo’lganligiga organizm
muhofaza reaktsiyasi bilan javob beradi, bu to’lg’oqsimon og’riq ko’rinishida
yuzaga chiqadigan kuchli peristaltika bilan ifodalanadi.
To’siq hajmi og’riq xurujlarining kuchi, tezligi va davomliligi o’zgarib
turishi mumkin.
Obturatsion tutilib qolish uchun, masalan u yo’g’on ichakda bo’lsa, og’riq
unchalik qattiq bo’lmaydi. Bemordan so’rab-surishtirganda og’riq uni bir necha
sutkadan buyon bezovta qilayotganini aniqlasa bo’ladi. Aksincha tutilib
qolishning strangulyatsiya shakllari (buralib qolish va ayniksa tugun hosil qilish)
deyarli to’satdan keskin og’riq paydo bo’lishi bilan kechadi, bunda nisbatan
qisqa fursatlar ichida birin-ketin og’riq xurujlari bo’lib turadi.
Og’riq asta-sekin orta boradi, parez rivojlangandan keyin to’siqdan
yuqorida u doimiy bo’lib qoladi va bu xolat peristaltikaning susayib ketishi bilan
bog’liq. Buralgan joy qanchalik yuqori joylashgan bo’lsa, og’riq xuruji
davomliligi shunchalik kam va xurujning o’zi og’irroq bo’ladi.
Ichakning paralitik funktsional tutilib qolishida og’riq doimiy tutash,
tumtoq, simillagan bo’ladi. Qorinning tobora dam bo’lib borishi bilan o’tadi.
Spastik funktsional tutilib qolishda ham og’riq simillagan, tutash xarakterda
bo’lishi mumkin, biroq aksariyat u to’lg’oqsimon, hatto keskin bo’ladi. Bunda
mexanik tutilishdan farqli ravishda qorin odatda dam bo’lmaydi, aksincha, u
ichiga botgan bo’lishi mumkin.
Og’riq reaktsiyasini sinchiklab tahlil qilish qator hollarda mexanik tutilishni
dinamik tutilishdan ajratibgina qolmay, balki uning strangulyatsion turini
obturatsion turidan ajratish imkonini beradi. Obturatsion tutilib qolishda xurujlar
422
yo’q paytida bemorlar deyarli og’riq sezmaydilar. Strangulyatsion tutilib
qolishda esa bemorlarda xuruj bo’lmagan vaqtida ham og’riq saqlanib qoladi,
chunki ularda og’riq sindromi ikkita yo’l bilan kelib chiqadi: keskin
to’lg’oqsimon og’riq peristaltik to’lqinlar natijasida bo’lsa, to’lg’oqsimon og’riq
bo’lmay turgan vaqtlardagi simillagan doimiy og’riq – jarayonga tortilgan ichak
tutqich segmenti tomirlari va nervlarining qisilishi oqibati hisoblanadi.
Kasallikning boshida ayrim bemorlar og’riq paydo bo’lgan yoki yo’qolgan
joyni etarli darajada ko’rsatib bera oladilar. Biroq ko’pincha og’riq butun qorin
bo’ylab yoyiladi yoki kindik yoxud bel soxasida joylashadi.
Og’riq sindromi xarakteri va xususiyatlarini bemorni birinchi marta
ko’zdan kechirishning o’zidayok aniqlab olishga harakat qilish kerak.
Bemorning vaqti-vaqti bilan bezovtalanib turishi, yuz qiyofasidan og’riqdan
iztirob chekayotganini payqash, peristaltik shovqinlarning shundoqqina eshitilib
turishi xurujsimon og’riq borligidan dalolat berishi mumkin. Haddan tashqari
ozgan bemorlarda ba’zan qorin devori orqali ichak peristaltikasini ko’rish
mumkin.
Biroq peristaltika xolati to’g’risidagi batafsil axborotni olish uchun qorin
bo’shlig’ini auskultatsiya qilish kerak bo’ladi. Bunda uning faqat kuchayishi
yoki sekinlashishini emas, balki paydo bo’lgan joyi, shuningdek tarqalish
zonasini ham kayd qilishga muvaffaq bo’ladi.
Qorinni vaqti-vaqtida eshitib turish kasallik dinamikasi to’g’risida ma’lum
darajada xulosa chiqarishga imkon beradi. Qorin bo’shlig’ini auskultatsiya
qilishda aniqlanadigan «tushayotgan tomchilar» simptomi (Spasokukotskiy
simptomi) ichak o’tkir tutilib qolishining xarakterli patognomonik belgisi
xisoblanadi. Bu singib ketgan nom simptomining kelib chiqishiga unchalik
muvofiq kelmaydi: gap «tushayotgan tomchilar» ustida emas, balki o’zida
suyuqlik yoki gaz saqlab turgan biror bo’shliqqa suyuqlik yoki havo
pufakchalari quyilishi to’g’risida borayapti.
Bu simptom ichakning shishib chiqqan qovuzloqlarida suyuqlik va ozod
gaz borligidan dalolat berib, ularda o’tkazuvchanlikning buzilganligini
423
ko’rsatadi. U to’liq sustlashib qolgan va tez orada yo’qoladigan peristaltika
vaqtidagina aniqlanadi. Bu simptomning topilishi xirurgga ichakning o’tkir
tutilib qolishi diagnozini kuyishga to’liq asos bo’la oladi.
Ayrim xolatlarda qorinni auskultatsiya qilganda nafaqat ichak peristaltikasi
yo’qolishi, balki yurak urishi va nafas olish eshitiladi (Loteissen simptomi).
«Og’riq» bosqichi tugagandan va peristaltika yo’qolgandan keyin ichakning
mexanik tutilib qolishi emas, balki funktsional tutilib qolishi birinchi o’ringa
chiqadi. Dam bo’lgan qorinda doimiy tutash og’riq bo’lgan, intoksikatsiya
hodisalari ortib borayotgan bu davrda – kasallikning dastlabki tabiatini aniqlash
g’oyat qiyin.
Odatda, xirurg ichakning mexanik tutilib qolishining asorati – peritonit deb
diagnoz qo’yadi.
O’tkir ichak tutilishda ko’ngil aynishi va qusishning mustaqil diagnostik
ahamiyati yo’q. Chunki qorin bo’shlig’i a’zolarining deyarli xar bir o’tkir
kasalligida ko’ngil aynishi va qusish bo’ladi. Lekin qusish xarakteri ichak tutilib
qolishining har hil turlarida bir hil bo’lmaydi. Odatda past strangulyatsion tutilib
qolishning boshlanishi bir yoki ikki marta reflektor qusish bilan o’tadi. Yuqori
tutilib qolishda bemor ko’p qusadi, qusish uni holdan toydiradi, ko’ngil bexuzur
bo’ladi, ko’pincha xikichoq tutishi va kekirish bezovta qiladi.
Mexanik va funktsional tutilib qolishning kechikkan muddatlariga qusish
birmuncha xarakterli, bunda peritonit belgilari paydo bo’lishi motorika buzilib,
ichak bo’shlig’ida yig’ilib borayotgan suyuqlik yuqoriga otilib chiqadi. Shunga
ko’ra qusish xech qachon ahvolni engillashtirmaydi. Kasallik zo’rayib ketgan
hollarda ichakning to’siqdan yuqori qismidagi suyuqligi chirib parchalanishi
natijasida axlat aralash qusish holati ro’y beradi.
Ichak tutilib qolishining patognomonik simptomi ichning kechikib kelishi
yoki kelmasligi va el chiqmasligi hisoblanadi. Ayrim mualliflar ma’lumotlariga
ko’ra bemorlarning 60-70% ichning sira kelmasligi va el chiqmasligini, 16% –
qisman ich kelmasligini qayd qilgan.
424
Ich kelmasligi va el chiqmasligining diagnostik axamiyatiga to’g’ri baho
berish uchun kasallikning xar bir hodisasiga alohida yondoshish kerak. Bu
simptom ikkita holda: chambar ichak terminal bo’limida mexanik to’siq
bo’lganda (sigmasimon chambar ichak buralishi, chambar ichak chap yarmi
bo’shlig’ining to’liq obturatsiyasi) va xazm trakti to’liq adinamiyasida (falaji)
bo’ladi. Ichakda ajralmalar chiqmasligi aksariyat uning tutilib qolganidan darak
beradi.
Biroq bemorda ich kelishi va el chiqishi bu patologiyani inkor etmaydi. Yil
sayin ichakning bitishmalar sababli tutilib qolish hollari ko’payib borayapti, bu
aksariyat ingichka ichak qovuzloqlaridagi jarayon bilan chegaralanib qoladi.
Shuning uchun bitishma jarayoniga qo’shilmagan yo’g’on ichak bo’shalib
turishi mumkin. Shu munosabat bilan bemordan so’rab-surishtirishda necha
marta ich kelishi, uning o’zicha kelish-kelmasligini aniqlash muxim. Aksariyat
qo’shimcha rag’batlantiruvchi tadbirlardan keyingina juda oz mikdorda ich
kelishi va el chikishi kuzatilib turadi.
Qorinni ko’zdan kechirish ko’p hollarda diagnoz qo’yishda xal qiluvchi
omil bo’lishi mumkin. Qorinda xar qanday xarakterdagi og’riq bo’lgan
bemorning qorin devoridagi jarrohlik amaliyotdan keyingi chandiqlar ichakning
bitishmalardan tutilib qolganligini ko’rsatadi. Bir muncha mualliflar
ma’lumotlariga ko’ra qorin bo’shlig’idagi bitishmalar 75-80% hollarda mexanik
tutilib qolishga, 30-45% hollarda funktsional (dinamik) tutilib qolishga sababchi
bo’ladi.
Qorin dam bo’lishi ichak tutilib qolishining muxim simptomi hisoblanadi.
Darxaqiqat, ich kelmasligi va el chiqmasligi tez orada qorin xajmining
kattalashuviga olib keladi. Biroq ko’rsatib o’tilgan belgiga tanqidiy baho berish
lozim. Aftidan, qorinning dam bo’lib shishib chiqishi ichak tutilib qolishining
erta belgisi bo’lmasa kerak.
Ichakning mexanik tutilib qolishining xarakterli belgisi Val simptomi
hisoblanadi. Val simptomi shishib chiqqan ichak qovuzlog’i tufayli
chegaralangan meteorizm paydo bo’lishidir.
425
Qorinni paypaslab ko’rish va perkussiya qilish qorin bo’shlig’idagi
o’zgarishlar to’g’risida eng to’liq tasavvur beradi. Perkussiya yordamida
sigmasimon chambar yoki ko’richak buralganda qisilgan qovuzloq chegarasini
aniqlash – yuqori chegaralangan timpanit simptomi (Kivul simptomi), peritonit
sababli funktsional tutilib qolishda qorin bo’shlig’ida ozod suyuqlik borligidan
payqash mumkin.
Ichak tutilib qolganligini aniqlashda qorinni palpatsiya qilish auskultatsiya
singari katta ahamiyatga ega. Xirurg qorinni paypaslab ko’rishda qorin pardasi
ta’sirlanish simptomlari bor-yo’qligini, «chaykalish shovqini» (Mate-Sklyarov
simptomi) borligini aniqlashga xarakat qilib ko’rishi kerak.
O’tkir ichak tutilishida qorin, odatda, yumshoq bo’ladi va ichak devori
destruktsiyasida va peritonit rivojlangandan keyingina muskullar tarang tortadi.
Biroq bu simptom aniq namoyon bo’lish davri odatda qisqa bo’ladi, chunki tez
orada meteorizm paydo bo’ladi.
Shishib
chiqmagan
qorinni
paypaslab
ko’rishda
invaginatsiyada
kolbasasimon shish, yallig’lanish infiltrati va boshqa tuzilmalar aniqdanishi
mumkin.
«Chayqalish shovqini» ichak o’tkir tutilib qolishining patognomonik
simptomi hisoblanadi. Uni ichak qovuzloqlarida ma’lum miqdorda dimlangan
suyuqlik paydo bo’lganda va kamroq hollarda bitta qovuzloq kisilib qolganda
aniqlash mumkin.
Erkaklarda to’g’ri ichakni ayollarda esa qinni barmok bilan tekshirish zarur.
Bu tadbir qovuq bo’shatilgandan keyin bajarilishi kerak. Ichakning obturatsion
tutilib qolishida o’sma yoki obturatsiya qiladigan boshqa tuzilma aniqlanishi
mumkin. Biroq u yoki bu patologik tuzilmalar aksariyat kasallikning kechikkan
bosqichlarida topiladi. Kichik chanoq bo’shlig’ida suyuqlik yig’ilishi qin
gumbazi orqa qismining osilib qolishi yoki qalqib turishi, tekshirishda og’rishi
bilan yuzaga chiqadi.
426
Sigmasimon chambar ichak uchun xarakterli belgi – to’g’ri ichak sfinkteri
ochiq turgan xolatda uning ampulasi bo’sh xolatda (ballonsimon kengayish)
bo’lib, unga “Obuxov kasalxonasi” simptomi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |