JIGAR XIRURGIK KASALLIKLARI
Anatomo-fiziologik xususiyatlari
Jigar inson organizmining eng yirik a’zolaridan biri hisoblanadi. Uning
og’irligi 1200-2000 g ni (tana og’irligining 1/50 qismini) tashkil qiladi. U ona
qornidagi homila hayotining uchinchi xaftasida o’n ikki barmoqli ichak shilliq
qavati epiteliyidan ajralib chiqish yo’li bilan rivojlanadi. Jigar qorinning o’ng
yuqori kvadrantida joylashgan bo’lib, qovurg’alar bilan yopilgan. Uning yuqori
chegarasi o’ng o’rta o’mrov chizig’i bo’ylab IV qovurg’alar oralig’igacha etadi,
pastki cheti chaqaloqlarda aksariyat hollarda kindikkacha boradi. Emizik
yoshidagi bolalarda u qovurg’a cheti ostidan 2-3 sm ga chiqib turadi va
taxminan to’rt yoshlarga kelib uning orqasida joylashadi. Jigarning pastki
chegarasi o’rta chiziq bo’ylab kindik bilan xanjarsimon o’simta orasidagi
439
masofaning o’rtasida joylashgan. Jigarning oldingi yuqori qabariq yuzasi
o’roqsimon boylam bilan ikki bo’lakka: o’lchamlari bo’yicha katta o’ng va
kichikroq chap bo’laklarga bo’linadi. Pastki botiq yuzasida ikkita uzunasiga
ketgan bo’ylama egatlar (o’ng va chap) va ko’ndalang egat farqlanib, buni jigar
darvozasi deb ataladi. Bu egatlar jigarning o’ng, chap, kvadrat va dumsimon
bo’laklarga bo’ladi (94-rasm).
94-rasm. Jigar segmentlarining joylashuvi.
Jigar darvozasi tarkibiga jigar arteriyasi, nervlari va darvoza (qopqa) venasi
kiradi, limfatik yo’llar va umumiy jigar o’t yo’li esa undan boshlanadi. Jigar,
diafragmaga tegib turadigan orqa yuzasidagi qismidan tashqari, hamma
tomonlardan qorin parda bilan qoplanadi.
Qorin pardasi atrofidagi a’zolarga o’tib, jigarni turg’un holatda tutishda
muhim ahamiyatga ega bo’lgan boylamlar: o’ng va chap tojsimon, jigar-me’da,
jigar-o’n ikki barmoqli ichak, jigar-buyrak boylamlarini xosil qiladi. Jigarning
qon ta’minoti xususiy jigar arteriyasi, shuningdek darvoza venasi tomonidan
amalga oshiriladi. Bunda umumiy qon oqimining taxminan 25% arteriyaga va
75% i darvoza venasiga to’g’ri keladi.
440
Jigarning o’roqsimon boylami bo’yicha o’ng va chap bo’laklarga bo’lish
uning funktsional anatomiyasiga mos kelmaydi, bundan vizualizatsiya usullari
natijalariga baho berishda, hamda xirurgik operatsiyalar o’tkazishda
foydalaniladi. Uning negizini darvoza venasi, xususiy jigar arteriyasi va o’t
yo’llarining tarmoqlanishi printsipi tashkil qilinadi, ular qon ta’minotini va
jigarning bir-biriga nisbatan uzoqlashgan sohalaridan qon oqib kelishini
ta’minlab turadi. Chunonchi, darvoza venasi o’ng va chap tarmoqlarga bo’linib,
tegishli jigarning o’ng va chap bo’lagini oziqlantiradi. Bo’laklar o’rtasidagi
chegara qiya chiziq bo’ylab pastki kovak venasidan o’t qopchasi o’rnigacha va
keyin jigar darvozasigacha boradi. Darvoza venasining har ikki tarmog’i, o’z
navbatida, yana ikkita tarmoqqa bo’linib sektorlar nomini olgan sohalarni qon
bilan ta’minlaydi.
O’ng bo’lakda – oldingi va orqa, chap bo’lakda – medial va lateral
sektorlar farqlanadi. Sektorlar segmentlarga bo’linadi, ular raqamlar bilan
belgilanadi. Chap bo’lakni I-IV segmentlar xosil qiladi. Bunda I segment
jigarning dumsimon bo’lagiga mos keladi, II va III segmentlar chap lateral
sektorda, IV segment esa chap medial sektorda joylashgan. Jigarning o’ng
bo’lagi tarkibiga V-VIII segmentlar kiradi. O’ng oldingi sektor V va VIII ga,
o’ng orqa esa VI va VII segmentlarga bo’linadi.
Jigarning gistologik tuzilishi asosini shakli prizmasimon va o’lchamlari 1
mm dan 2,5 mm gacha bo’lgan bo’lakchalar tashkil qiladi. Har bo’lakcha
o’rtasida markaziy vena joylashgan bo’lib, undan radiuslar bo’yicha periferiyaga
tomon to’sinlar joylashib, ular o’t kapillyarlarini, qo’shilgandan keyin esa – o’t
yo’llarini xosil qiladigan ikki qator jigar hujayralaridan iborat. Jigar arteriyasini
va darvoza venasining oxirgi tarmoqlarini kapillyarlar xosil qiladi, ular jigar
hujayralarini o’rab turadi. Oddiy kapillyarlardan farqli ravishda, bo’lakchalar
ichidagi kapillyarlar endoteliysidan tashqari, yuqori fagotsitar faoliyatga ega
bo’lgan Kupfer hujayralarini saqlaydi. Endotelial hujayralar muayyan
o’lchamdagi makromolekulalarni gepatotsitlar bilan endotelial hujayralar
441
o’rtasida joylashgan Disse bo’shlig’igacha o’tkazib, qonni filtrlash xususiyatiga
ega bo’lgan fenesterlar bilan ta’minlanadi.
Subendotelial bo’shliqda yulduzsimon hujayralar (Ito hujayralari) topiladi,
ular aktin va miozin borligi tufayli muayyan moddalar, masalan endotelin-1
ta’siri ostida qisqarish qobiliyatiga ega bo’lib, shu tariqa qon oqimini sinusoidlar
darajasida amalga oshirib turadi. Qon kapillyarlar orqali o’tib markaziy venaga
tushadi, ular birlashib, so’ngra jigar venalarini xosil qiladi. Jigar venalari 3-5 ta
miqdorda pastki kovak venasiga quyiladi.
Jigar ichi o’t yo’llari darvoza venasi va jigar arteriyasini tarmoqlarining
yo’li bo’ylab joylashgan. O’ng va chap bo’lakchali jigar yo’llari birga qo’shilib,
umumiy jigar o’t yo’lini (gepatikoxoledox) xosil qiladi. Unga qopcha yo’li
quyilgandan keyin, bu yo’l – umumiy o’t yo’li (xoledox) deb ataladi va me’da
osti bezi yo’li bilan birga o’n ikki barmoqli ichakka quyiladi.
Limfa Disse bo’shliqlarida xosil bo’ladi. Jigarda venoz oqim buzilganda va
sinusoidal bosim orta borganda limfa ishlanishi keskin ko’payadi, bu astsit xosil
bo’lishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jigarning limfatik tomirlari
limfaning jigar darvozasi limfatik tugunlariga va keyin jigar-o’n ikki barmoqli
ichak boylami bo’ylab oqishini ta’minlab turadi. Limfa jigarning yuza
bo’limlaridagi yo’llar bo’yicha oqib keladi, ular diafragmadan oqib o’tib, ichki
ko’krak arteriyasi yo’li bo’ylab ko’ks oralig’i tugunlariga va ko’krak limfatik
yo’liga limfa oqishini ta’minlaydi. Limfatik yo’llar va tugunlarning bir qismi,
pastki kovak venasining ko’krak bo’limi yo’li bo’ylab tarqaladi.
Jigar
sunuslari
qorin
chigalida
joylashadigan
VII-X
simpatik
gangliylarining nerv tolalaridan innervatsiya qilinadi. Parasimpatik innervatsiya
o’ng va chap adashgan nervlarining tolalaridan amalga oshiriladi. Innervatsiyada
shuningdek o’ng diafragmal nerv qatnashadi. Nerv tolalari jigarga arteriyasi va
o’t yo’llari yo’li bo’ylab kiradi va jigar parenximasigacha etib boradi.
Jigar turli-tuman faoliyatlarni bajaradi: oqsil sintezi, uglevod, yog’
almashinuvida qatnashadi, ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Jigarda
qon plazmasining asosiy oqsillari (albuminlar, globulinlar, fibrinogen), oddiy
442
uglevodlardan glikogen polisaxaridi sintezi sodir bo’ladi va uning glyukoza
xosil qilib parchalanishi, yog’ utilizatsiyasi, yog’ kislotalarining parchalanishi va
oksidlanib parchalanishi, shuningdek fosfolipidlar sintezi ro’y beradi. Jigar
hujayralarida ammiakdan mochevina xosil bo’lishi kechadi, qon ivish omillari
sintezi, bilirubin almashinuvi ta’minlanadi. Jigar endogen va ekzogen toksik
moddalarni zararsizlantirishning eng muhim a’zolaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Jigar etishmovchiligining muhim ko’rinishlaridan biri – sariqlik
hisoblanadi, uning asosini jigar pigment almashinuv faoliyatining buzilishi
tashkil qiladi. Bilirubin gem metobolizmining oxirgi mahsuloti hisoblanib, u
gemoglobin, mioglobin, tsitoxromlar, masalan, R
450
tsitoxromi molekulalarining
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bir kecha-kunduzda retikuloendotelial sistemada
taxminan 300 mg bilirubin xosil bo’ladi. Bunda uning qariyib 80% eritrotsitlar
gemoglobinidan sintez qilinadi, qolgan miqdori esa taloq, suyak iligi, gem
saqlaydigan oqsillarning etilmagan hujayralaridan sintez qilinadi.
Gemoglobinning parchalanishi jarayonida uning oqsil qismi (globin) ajralib
chiqadi, gemosiderin tarkibidagi temirdan sintez uchun foydalaniladi,
gemotoidin
esa
(molekulaning
gem
saqlovchi
bo’lagi)
keyinchalik
parchalanishga uchraydi. Mikrosomal ferment gemoksigenaza ta’siri ostida
porfirinli halqa chiziqli terapirrolga (biliverdin) aylanadi, u o’z navbatidan
biliverdin sintetazidan bilirubinga aylanadi, xosil bo’lgan bilirubin tuzilishiga
ko’ra qutblanmagan birikma, ya’ni yog’da eruvchan modda hisoblanadi. U qon
albumini bilan uzviy bog’langan. Jigar sinusoidlarida bilirubin albumindan
ajralib chiqadi. Jigar hujayrasida bilirubinning glyukuron kislotasi bilan
kon’yugatsiya reaktsiyasi ro’y berib, natijada bilirubin mono va diglyukuronidga
(bog’langan bilirubin) aylanadi. U suvda eruvchan bo’lib qoladi va o’t orqali
ajraladi.
Kon’yugatsiyalanmagan
bilirubin
sulfodiazoreatkiv
bilan
molekulalararo vodorod bog’lar to’g’ridan-to’g’ri (spirt bilan Vandenberg
reaktsiyasi) xosil qilmaydi, shuning uchun kon’yugatsiyalangan (bevosita
bilirubin) dan farqli ravishda bilvosita bilirubin deb ataladi. Albumin bilan
443
bog’langan va suvda erimaydigan bilvosita bilirubin buyrak kanalchalarida
filtrlanmaydi va siydik bilan ajralib chiqmaydi.
Ingichka ichakda, o’t yo’llarida (ayniqsa bakterial xolangitda) bilirubin
urobilinogenga aylanadi, u qonga oson so’riladi. Biroq amalda to’la-to’kis
ushlab qolinadi. Jigar faoliyati buzilganda urobilinogenning jigardan
ekskretsiyasi ortadi, keyinroq yo’g’on ichak mikroflorasi ta’siri ostida
bog’langan bilirubindan sterkobilinogen xosil bo’ladi, u sterkobilinga aylanib
axlatga o’ziga xos rang beradi. Normada sterkobilinogenning ozroq qismi jigarni
chetlab o’tib, to’g’ri ichak venalari bo’ylab, sistem qon oqimiga tushadi va
siydik bilan ajraladi.
Dostları ilə paylaş: |