Jigarning anatomik nuqsonlari
Jigarning anatomik nuqsonlari jigarning joylanishi (situs viscerus inversus)
va uning tuzilish xususiyatlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Jigarning bir qator
hayvonlarga xos bo’lgan bo’laksimon tuzilishi, insonda ham atavizm
ko’rinishida uchrashi mumkin. Kamdan-kam hollarda qo’shimcha bo’lakchalar
tutqichga (mezenteriy) ega va buralib qolishi mumkin, bu jarrohlik
operatsiyasini o’tkazilishini talab qiladi.
Jigar tomirlarining tug’ma patologiyasi jigar bo’lagining atrofiyasiga olib
kelishi mumkin, fibroz rivojlangan sayin jigarning o’lchamlari keskin
kichrayadi. Jigar o’ng bo’lagining ageneziyasi birmuncha kam uchraydi, u
jigardan tashqari portal gipertenziya holatiga olib kelishi mumkin.
Ridel bo’lagi borligi jigardan anatomik tuzilishining boshqacha turi
hisoblanadi, bunda jigarning o’ng bo’lagi til ko’rinishida o’sib chiqqan bo’lib,
pastga o’ng yonbosh sohasi sathigacha osilib tushib, katta hajmli tuzilmaga
o’xshab ko’rinadi.
Ko’pchilik hollarda jigar nuqsonlari klinik jihatdan yuzaga chiqmaydi,
davolashni talab qilmaydi va boshqa patologiyani aniqlash uchun bemorni
tekshirilayotganda tasodifiy topilma bo’lishi mumkin.
|