antibiotiklarning tibbiyotda faol qo’llanilishi oqibatida bir muncha kam
uchraydigan kasallik bo’lib qoldi. Bugungi kunda bu kasallikni ko’paytiruvchi
omillar: jadal kimyoviy muolaja, qandli diabetning asoratlanishi, o’zga a’zolarni
Jigar abstsesslari yuqoriga ko’tariluvchi biliar infektsiya ta’sirida, infektsiyaning
portal venoz sistema bo’ylab gematogen tarqalishi yoki sepsisda jigar arteriyasi
orqali tarqalishi, infektsiyaning qorin bo’shlig’i a’zolarining yallig’lanish
kasalliklarida to’g’ridan-to’g’ri tarqalishi, shuningdek jigarning jarohatlanishlari
natijasida paydo bo’ladi. Ko’pchilik hollarda jigar abstsesslari o’t tosh
kasalligida yoki jigardan tashqaridagi o’t yo’llari saratonining parchalanishida
aksariyat og’ir kechuvchi yiringli xolangitning asorati sifatida rivojlanadi.
nospetsifik yarali kolit, amyobali dizenteriyalar asorati bo’lgan sepsis yoki
448
Jigar abstsesslari yolg’iz holda bo’lishi mumkin, biroq aksariyat hollarda
ko’p sonli abstsesslar uchraydi. Yakka abstsess ko’pincha o’ng bo’lakda
joylashadi. Abstsesslarda bakteriologik tekshiruv natijasida bakterial flora
taxminan 50% hollarda topadilar. Sepsisda aksariyat hollarda tillarang
stafilokokk, gemolitik streptokokk aniqlanadi. Biliar abstsesslarida aksariyat
ichak tayoqchasi yoki aralash florani aniqlaydilar. So’nggi yillarda anaerob
floraga katta ahamiyat berilmoqda. Uni bakteriyalarni maxsus muhitga
ekkandagina topish mumkin bo’ladi.
Jigar abstsessi hamisha ikkilamchi kasallik hisoblanib, kasallikning asosiy
klinik belgilari zamirida: tana haroratining gektik tabiatga ega bo’lishi, et
junjikishi, qaltirash, haddan tashqari ko’p terlash, ko’ngil aynishi, ishtaha
pasaishi kuzatiladi. Og’riq esa, bu xastalikda kechikkan simptom bo’lib
hisoblanadi va aksariyat yirik yolg’iz abstsesslarda uchraydi. Bu holda
ko’pincha jigar kattalashadi, paypaslanganda jigarda og’riq paydo bo’ladi va
ba’zan teri qoplamlari va ko’z oqlig’ining (skleralar) sarg’ayishi kuzatiladi. Qon
tahlilida – yuqori leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga siljishi, anemiyaga
xos belgilar kuzatiladi. Qon ekmasida taxminan 30% hollarda kasallik
qo’zg’atuvchi bakteriyalar topiladi. Aksariyat hollarda asosiy sababchi septik
holat bo’ladi.
Qorin bo’shlig’i a’zolari rentgenoskopiyasida diafragmaning o’ng
gumbazini odatdan tashqari yuqoriga ko’tarilganligi va xarakatchanligining
cheklanishi aniqlanadi. Plevral sinusda reaktiv tarzda suyuqlik yig’ilishi
mumkin. Gaz hosil qiladigan flora abstsessga sabab bo’lsa, jigar soyasi tasvirida
suyuqlik sathi aniqlanishi mumkin, ba’zan esa jigar chegaralarining
deformatsiyasi aniqlanadi.
Diagnostikasida jigarni ultratovush yordamida tekshirish, kompyuter va
rentgen tomografiyasi o’tkazish, zarurat bo’lganda esa angiografiya, jigarni
radioizotop texnetsiy bilan skanerlash diagnozni aniqlashda yordam beradi.
Antibiotiklar bilan davolash mikroflorani sezuvchanligiga muvofiq tarzda
olib boriladi. Jigarda antibiotikning ko’proq kontsentratsiyasini vujudga keltirish
449
uchun jigar arteriyasiga yoki obliteratsiyalangan kindik venasiga, u ajratilib buj
yordamida tiklangandan so’ng qo’yigan kateter orqali muolaja o’tkaziladi.
Yakka holdagi katta yoki bir necha yirik abstsesslarni operatsiya usulida
davolanadi, abstsess ochiladi va bo’shliq drenajlanadi. Ko’p sonli abstsesslarda,
bo’shliqni rentgenoskopiya, komp’yuter tomografiya yoki ultratovush tekshiruvi
nazorati ostida teri orqali drenajlash, davolashning kam invazivli va samarali
usullaridan hisoblanadi. Jigar abstsessi asoratlariga sepsis, diafragma osti
abstsessi, abstsessning qorin bo’shlig’iga yoki plevra bo’shlig’iga yorilishi,
plevra empiemasi, yiringli perikardit, peritonitlar kiradi.
Prognozi doimo jiddiy. Yakka yirik abstsesslarda o’z vaqtida
drenajlanganda 90% gacha bemorlar sog’ayib ketadilar. Ko’p sonli abstsesslar
va drenajlanmagan yakka abstsesslarda davolash ko’pchilik hollarda o’lim bilan
yakunlanishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: