PORTAL GIPERTENZIYA SINDROMI
Negizida darvoza venasida qon bosimining oshishi bo’lgan (normada 200
mm suv ustunigacha) portal gipertenziya sindromining rivojlanishi, arterial
qonni qorin bo’shlig’i toq a’zolariga oqib kelishi va darvoza vena si (v. portae)
o’zaniga oqib ketishi orasidagi nisbatning buzilishiga bog’liq. Qonning adekvat
oqib ketishi qarshilik qiluvchi to’siqlar (bloklar) 3 turli bo’lib, bularga jigardan
tashqaridagi, jigarning ichidagi va aralash to’siqlar kiradi. O’z navbatida
jigardan tashqari to’siqlar 2 turli bo’ladi: jigargacha (jigar osti) va jigardan
o’tgach (jigar usti) bloklar.
Portal gipertenziyaning rivojlanish jarayonida jigardan tashqari to’siqlar
turlariga darvoza venasining rivojlanish nuqsonlari (vena bo’shlig’i atreziyasi,
obliteratsiyasi) yoki uning qorin bo’shlig’idagi yiringli jarayoni – kindik sepsisi,
yaqin turgan a’zolar o’smasi tomonidan ezilishi natijasida paydo bo’lishi
mumkin. Odatda, portal gipertenziyaning jigar ichi turi ko’proq (80-90%gacha)
uchrab, jigar tsirrozi bilan bog’liq bo’ladi. Jigar venalari tromboflebiti (Kiari
sindromi), jigar venalarining quyilishi sathidagi pastki kovak vena okklyuziyasi
(Badd-Kiari sindromi) yoki pastki kovak venasining rivojlanishi nuqsonlari
oqibatida blokning paydo bo’lishi jigar usti bloklarga kiradi. Aralash blokka –
jigar tsirrozi bilan kasallangan bemorlarda qo’shimcha ravishda darvoza
venasining trombozini rivojlanishi kiradi. Darvoza venasida bosimning ortishi
idiopatik deb nom olgan portal gipertenziyada, darvoza venasi o’zaniga
arteriovenoz fistula orqali jadal qon oqib kelishidan paydo bo’lishi mumkin.
Shunday qilib, qorin bo’shlig’ining toq a’zolaridan darvoza venasi
sistemasiga qonning oqib kelib toki pastki kovak venaga quyilishigacha bo’lgan
joyda to’siq paydo bo’lishi – portal gipertenziyaga, bu holat esa o’z navbatida
tabiiy portokoval anastomozlarning yuqori darajada rivojlanib ketishiga (varikoz
kengayishiga), ular orqali esa qonni kaval vena sistemasiga tushishiga olib
454
keladi. Portal sistemada gipertenziyaning yanada ko’tarilishi, tabiiy portokaval
anastomozlarda bosimning yanada ortishiga, ularning yorilishi oqibatida
qizilo’ngachning pastki 1/3 va me’daning kardial qismidan, gemorraidal
venalardan, ba’zida esa qorin devorining pastki qismidagi venalardan katta
miqdorda qon ketishiga sabab bo’ladi.
Shu sababdan, portal gipertenziyaning asosiy belgilaridan: splenomegaliya,
qizilo’ngach pastki 1/3 va me’daning kardial qismi venalari, gemoroidal venalar
hamda qorin devorining pastki qismidagi venalarning varikoz kengayishi va
astsit suyuqligining borligi alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Bemorlar –
holsizlik, epigastral sohadagi og’riqlar, ishtahaning yo’qligi, ko’ngil aynishi,
qorinning dam bo’lishi, qabziyatdan noliydilar.
Bemor ko’zdan kechirilganda: teri qoplamalari rangpar, quruq, tana
mushaklari atrofiyaga uchrash holatida, vazni kamaygan, qorni kattalashgan,
baqanikiga o’xshash yonlari astsit hisobiga bo’rtib chiqqan, qorinning pastki yon
tomonlarida kengaygan varikoz venlar (caput medusae) ko’rinadi. Jigar
xastaligining belgilaridan: “tomir yulduzchalari”, petexiyalar hamda bemor
kaftlarda xos o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Taloqning kattalashuvi
(splenomegaliya) va gipersplenizm bilan o’tadi, bu trombotsitopeniya,
leykopeniya, anemiya holatlari bilan yuzaga chiqadi. Jigar faoliyatining
buzilganligi – qon ivish omillarining ishlanishi, tombotsitlar miqdorining
kamayishiga hamda gipokoagulyatsiyaga olib keladi. Buning ta’sirida milklar
qonashga moyil bo’ladi, burundan qon oqishi yuzaga keladi. Jigar ichi
gipertenziyasida
kasallikning
kechishi
tsirroz
kasalligining
tabiatiga
(postnekrotik, alkogoldan keyin va b.), jarayonning aktivligiga, jigardagi
funktsional buzilishlar darajasiga bog’liq bo’ladi.
Jigar usti blokining o’tkir turlarida (Kiari, Badd-Kiari sindromlari)
gipertenziya hisobiga epigastral sohada, o’ng qovurg’alar ostida to’satdan kuchli
og’riqlar paydo bo’ladi, gepatomegaliya belgilari va astsit miqdori tez orta
boradi.
Bemorlar
ko’pincha,
avj
olib boradigan
jigar
va buyrak
etishmovchiligidan
halok
bo’ladilar.
Kasallikning
surunkali
turida
455
gepatomegaliya va splenomegaliya kuzatiladi, oldingi qorin devorida kollateral
venoz tomirlar to’ri aniqlanadi, astsit orta boradi, oqsil almashinuvining
buzilishlari va og’riqlar kuchayib boradi.
Jigardan tashqari blokda jigar faoliyati uzoq vaqtgacha qoniqarli darajada
qolishi mumkin, portal gipertenziya tasodifan splenomegaliya topilganda yoki
qizilo’ngach va me’daning varikoz venalaridan qon ketganda aniqlanishi
mumkin.
Kasallikning kompensatsiya bosqichida portal bosim o’rtacha darajada
ko’tariladi. Klinik ko’rinishlarida jigar tsirrozi belgilari ustunlik qiladi.
Kengaygan portosistem kollaterallar, qizilo’ngach va me’daning varikoz
kengaygan venalaridan qon ketishi, kasallikning subkompensatsiya bosqichiga
o’tganligidan dalolat beradi. Tranzitor (o’tib ketadigan) yoki rezistent (barqaror)
astsit borligi, jigar o’lchamlarining kichrayishi, hatto atrofiyagacha qisqarishi,
jigar
etishmovchiligini keltirib
chiqaradi
va portal gipertenziyaning
dekompensatsiya bosqichidan darak beradi.
Jigarning funktsional holatiga baho berish uchun xalqaro Chayld-Pyu
tasnifi qo’llaniladi, unda jigar-xujayra etishmovchiligining asosiy belgilar
baholanadi (3-jadval).
3-jadval
Jigar etishmovchiligining Chayld-Pyu bo’yicha tasnifi.
Belgilar
Ballar soni
1
2
3
Astsit
Yo’q
Tranzitor
Barqaror
Entsefalopatiya
yo’q
Tranzitor
Yaqqol
Bilirubin
30 mkmol/l
30-50 mkmol/l
50 mkmol/l dan ortiq
Albumin
35 g/l dan ortiq
35-28 g/l
28 g/l dan kam
Protrombin
indeksi
65-100%
65-55%
55% dan kam
456
Portal gipertenziyani diagnostikasining asbob-uskuna yordamida tekshirish
usullari qizilo’ngach va me’daning varikoz venalari borligini, ularning
o’lchamlari va tarqalganligini aniqlash (ezofagogastroduodenofibroskopiya),
bemorga kontrast modda (BaSO
4
) ichirib rentgenologik tekshirish, jigarda qon
ta’minoti buzilishlari tabiatini, darvoza venasidan qon oqimi bo’ylab to’siqning
sababi va darajasini aniqlash uchun (dopplerografiya, tseliakografiya,
kavagrafiya, splenoportografiya, teri orqali jigar orqali portografiya)
tekshiruvlarini o’tkazish zarur bo’ladi.
Portal gipertenziyani davolash, blokning turiga, kasallik bosqichiga va
kompensatsiya darajasiga uzviy bog’liq bo’lib, muolajaning asosiy yo’nalishi
blok sabablarini bartaraf etish, jigar faoliyatini tiklash va kelib chiqishi mumkin
bo’lgan asoratlar profilaktikasiga yo’naltirilgan.
Sindromning jigardan tashqari blok turlarida, ko’pincha bemorlar xirurgik
usulda davolanishlari lozim bo’ladi. Portosistem-splenorenal, mezenteriko-kaval
yoki bevosita portokaval anastomozlar qo’yish operatsiya-lari ko’proq
qo’llaniladi. Jigar tsirrozi keltirib chiqargan portal gipertenziyali bemorlarni
davolashda xirurgik davolashdan, jigarda aktiv jarayon va jigar etishmovchiligi
simptomlari bo’lmagandagina foydalanish mumkin. Bemorning yoshi va
umumiy ahvoliga, qo’shma kasalliklar borligi va ularning turiga, jigarning
buzilgan
faoliyatlarini tiklanish
darajasiga, gipersplenizmning
yuzaga
chiqqanligiga, hamda kompensatsiya darajasiga muolaja uzviy bog’liq bo’ladi.
Bugungi kunda, xirurgik yo’l bilan davolashning ikkita asosiy yo’nalishi
qo’llaniladi: darvoza venasida bosimni pasaytirish uchun portosistem
anastomozlar qo’yish yoki qon ketishlarning oldini olish maqsadida
gastroezofageal shuntlarni qo’yish.
Bemorlarda astsit suyuqligi bo’lganda, ovqatlanish jarayoni buzilganda va
nevrologik belgilar yuzaga kelganda, operatsiyaning natijalari qoniqarsiz,
operatsiyadan keyingi o’lim darajasi yuqori bo’ladi.
Portal gipertenziyali bemorlarni davolashda bugungi kunda qo’llaniladigan
progressiv va kam invaziv usullardan biri endovaskulyar usullardir. Bu
457
usullarga: taloq arteriyasini surunkali embolizatsiya qilish, qizilo’ngach va
me’daning varikoz kengaygan venalarini o’tkir embolizatsiyasi kiradi. Bu usul
orqali jigar ichiga portosistem shunt qo’yish ham mumkin. Bu xildagi kam
jarohatlash usullari bilan davolash samaradorligi ancha yuqori bo’ladi.
Portal gipertenziyaning og’ir asoratlaridan biri – qizilo’ngachning pastki
1/3 va me’da kardial qismidagi varikoz kengaygan venalardan profuz qon
ketishi hisoblanadi. Bunda odatda bemorlarda epigastral sohada oldindan biror
og’riq sezilmay, birdaniga qizil rangdagi qon va ivindilari bilan qayt qilish ro’y
beradi. Bu holatda ko’pincha bemorlarda postgemorragik shok, uning oqibatida
ro’y beradigan hayotiy muhim a’zolar faoliyatining buzilishi va etishmovchiligi
belgilari paydo bo’ladi, avj oladi. Shu holat yuz bergan bemorlarning taxminan
1/3 qismini halokatga olib keladi.
Varikoz kengaygan venalardan bu xildagi qon ketishini davolash
konservativ tadbirlar (muolaja) dan boshlanadi. Vaqtinchalik gemostaz uchun
bemorlarga burun yoki og’iz orqali Blekmor-Seyngsteyken zondi qo’yiladi va
ishchi holatga keltiriladi (97-rasm).
97-rasm. Qon ketganda o’rnatilgan Blekmor-Seyngsteyken zondi.
458
Ushbu zondning boshlanish qismida yumaloq (me’da uchun) va tsilindrsi-
mon (qizilo’ngach uchun) shakldagi ikkita pufakchalari bo’lgan 3 kanalli rezina
naychadan iborat bo’lib, ikkita kanali pufakchalarni shishirish uchun ishlatiladi.
Uchinchi kanali esa, me’da shirasini aspiratsiya qilish va gemostatik muolaja
samaradorligini nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Zondni o’rnatishdan oldin pufakchalarga havo yuborish yo’li bilan
shishirib, ularning butunligi tekshirib ko’riladi. Avvalo zond burun yoki og’iz
orqali me’daga kiritiladi, so’ngra me’daga tegishli pufakchaga havo yuborib
shishiriladi. Undan so’ng zond retrograd yo’nalishda yaxshilab tortilib,
me’daning kardial qismini mahkam bosib turishi ta’minlanadi va qizilo’ngach
uchun
mo’ljallangan
pufakcha
shishiriladi.
Zond
shunday
xolatda
mahkamlanadi. Me’dani bir necha marta sovuq suv bilan yuviladi. Qonayotgan
varikoz venalarni zond pufakchalarining mahkam bosishi, ketayotgan qonning
to’xtashiga sharoit yaratadi. Bir necha soat o’tgach (12-24), qon ketish
to’xtagach pufakchalardagi bosim kamaytirilib, zonddan chiqayotgan suyuqlik
tabiati nazorat qilinadi. Qizilo’ngachda zondni ishchi holatda ushlash 2 sutkadan
oshmasligi kerak. Albatta ushbu tadbir kompleks muolaja ostida qilinishi kerak.
Muolaja zamirida shokni bartaraf etuvchi tadbirlar, gemostatik
preparatlarni qo’llash, yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish va hayotiy muhim
a’zolar faliyatini tiklash yotadi. Darvoza venasida bosimni kamaytirish uchun
vazoaktiv preparatlar (vazopressin, terlipressin, oktropid) qo’llaniladi.
Qon oqishini uzil-kesil to’xtatish maqsadida varikoz venalarni endoskopik
sklerozlash, ligatura yordamida varikoz kengaygan venalarni bog’lash mumkin
bo’ladi. Buning uchun endoskop orqali vena bo’shlig’iga yoki paravenoz sohaga
maxsus igna orqali sklerozlovchi preparatlar (varikotsid, trombovar) yuboriladi.
Bular vena intimasini jarohatlantiradi va uning bo’shlig’ini obliteratsiya
bo’lishiga zamin yaratadi.
Bugungi kunda, uzil-kesil gemostazni ta’minlashda kam travmatik va
samarador usullardan biri – endovaskulyar operatsiyalar yordamida
qizilungachning varikoz kengaygan venalarining embolizatsiyasi (98-rasm, a).
459
Portal sistemada qon bosimini pasaytirishga esa, teri va jigar orqali shuntlash
hisoblanadi (98-rasm, b).
a b
98-rasm. Qonab turgan qizilo’ngach venalarini embolizatsiyasi va teri va
jigar orqali shuntlash amaliyotlari.
Kizilo’ngachning
varikoz
kenggaygan
venalaridan
qon
oqishini
medikamentoz davolash naf bermaganda majburiy chora sifatida har xil xirurgik
operatsiyalar qo’llaniladi. Bularga Patsiora va Tanner jarrohlik amaliyotlari
kirib, bemor ahvolining og’irliga sababli kengaygan qizilo’ngach va me’daning
kardial qismi varikoz kengaygan venalarini bog’lash bilan cheklanadi.
Portosistem anastomozlar qo’yish, bu tur bemorlarda alohida qilinadigan
anchayin travmatik operatsiyalar turkumiga kirib, cheklangan hollardagina
qo’llaniladi. Birmuncha kengroq qo’llaniladigan operatsiyalardan biri
splenektomiya bo’lib, uning zamirida ham splenomegaliya yoki gipersplenizmga
uchrab nihoyatda kattalashib ketgan taloqni olib tashlab, portal sistema
gipertenziyasini birmuncha kamaytirish yotadi. Biroq, bu operatsiyani ham,
ahvoli og’ir bemorlarda o’tkazish anchagina murakkab bo’lib, hamisha ham
yaxshi natijalarga olib kelavermaydi.
Kezi kelganda shuni aytish kerak-ki, jigarda tsirroz rivojlanishi oqibatida
yuzaga kelgan portal gipertenziyada, qizilo’ngach venalaridan qon ketishi o’lim
darajasini yanada ko’tarilishiga (70% gacha) olib keladi va jigar tsirrozining
460
kompensatsiyalangan bosqichidan dekompensatsiya holatiga o’tishga olib
keladi. Bemor ahvolining og’irlashishi, astsit va sariqlikning yanada ortishiga,
jigar etishmovchiligining esa yanada avj olib chuqrlashishiga hamda bemorlarda
takroriy qon ketishlar yoki jigar faoliyatining kamchiligidan o’limga olib keladi.
Bugungi kunda portal vena sistemasidagi gipertenziyani (bosim)
pasaytirishda klinikamizda ishlab chiqilgan va anchagina tajriba orttirilgan
endovaskulyar usullaridan biri – taloq arteriyasini surunkali embolizatsiyasini
qilish, anchayin yaxshi natijalarga olib keladi va bemor umrini uzaytiradi (99-
rasm).
99-rasm. Taloq arteriyasini surunkali embolizatsiyasining bosqichlari.
Bu usul qo’llanilganda, bemorning nihoyatda kengayib ketgan taloq
arteriyasiga
(jigar
arteriyalari
aksariyat
kichiklashgan
va
toraygan)
endovaskulyar usul yordamida Gian-Turko spirali o’rnatiladi va qonning
bemalol oqib o’tishi yo’lida to’siq paydo qilinadi. Buning evaziga, amaliyotdan
keyingi davrda, qon oqimida aylanma harakatlarning paydo bo’lishiga, taloqqa
kelayotgan qon miqdorining kamayishiga, uning to’qimasi ishemiyasiga va
ichida asta-sekinlik bilan rivojlanadigan aseptik nekroz holatiga olib keladi. Bu
esa, o’z navbatida asta-sekinlik bilan kelayotgan qon miqdorining yanada
kamayishiga, taloqning yanada kichrayishiga va uni 1-1,5 oy mobaynida portal
sistemadan batamom uzilishiga, ya’ni to’liq embolizatsiya bo’lishiga olib keladi.
461
Bu jarayonning asta-sekinlik bilan rivojlanishi taloqqa bemalol oqib kelayotgan
qonni to’g’ridan-to’g’ri jigarga yo’naltirilishi oqibatida uning yo’qola
borayotgan faoliyatining tiklanishiga olib keladi. Albatta, bu jarayonlarning
hammasi vrach nazoratida, kasallikda o’tkazilayotgan kompleks muolaja
zamirida qilinishi kerak.
Prognoz bu kasallikda anchayin jiddiy.
Dostları ilə paylaş: |