Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyalar
Bunday operatsiyalarga ko’rsatmalar klinik, laboratoriya va instrumental
tekshirish usullari bilan belgilanadi.
Agar mexanik sariqlik xavfli kasalliklarga bog’liq bo’lsa, hatto bilirubin
miqdori nisbatan yuqori bo’lmaganda teri orqali jigar orqali xolangiografiya va
o’t yo’llarini teri orqali jigar orqali drenaj qilishdan foydalaniladi.
Mexanik sariqlikka xavfsiz kasalliklar sabab bo’lib, yuqori xoliemiya va
davolashning endoskopik metodlari naf bermaganda yoki yaxshi natijalarga olib
kelmaganda, xirurgik operatsiyalar esa jiddiy xavf ostida bo’lganda o’t yo’llarini
teri orqali jigar orqali drenaj qilishga kirishiladi. O’t yo’llarini teri orqali jigar
orqali drenaj qilishga monelik qiladigan xollarga jigarning ko’p sonli metastatik
zararlanishi, jigar-buyrak etishmovchiligi korrektsiya qilinmaydigan bemorlar
ahvolining
nihoyatda
og’irligi,
qon
ketish
xavfi
bo’lgan
o’zaro
gipokoagulyatsiyani kiritish mumkin. Klinikaga keltirilgan hamma bemorlar
suv-tuz balansi, kislota-ishqor holati, gemodinamika va nafas buzilishini
korrektsiya qilishga qaratilgan endobiliar operatsiyaga puxta tayyorgarlikdan
o’tadilar. Yoshi o’tgan va keksa bemorlar uchun bu tayyorgarlik alohida
ahamiyatga ega bo’ladi. Teri orqali jigar orqali endobiliar operatsiyaning asosiy
uslublari tashqi va tashqi-ichki drenajlar hisoblanadi. Zararlanish xarakteriga
ko’ra o’t yo’llarini kateterlashning u yoki bu turi bajariladi.
O’sma yoki tiqilgan tosh sababli to’liq okklyuziyada tashqi drenajlash
bajariladi: kateter obstruktsiya sohasi ustida o’rnatiladi. Gepatikoxoledoxning
stenotik zararlanishlarida, xoledoxolitiazda tashqi-ichki drenajlash bajariladi,
gepatikoxolangiostomaning distal qismini o’t yo’li segmenti bo’shlig’iga yoki
o’n ikki barmoqli ichakka o’rnatilib, birmuncha fiziologik drenajlash hosil
qilinadi. Biliar bosim normaga tushgandan keyin 2-3 hafta o’tgach, xolangit
hodisasi bartaraf etilganda yoki birmuncha kamayganda tashqi-ichki kateterning
477
tashqi uchi berkitiladi va drenajlash butunlay ichki drenajlashga o’tkaziladi. Har
kuni o’tni bakteriologik tahlili qilinadi: ekspress-bakterioskopiya va o’t
suyuqligini ekish yo’li bilan. Klinik-biokimyoviy ko’rsatkichlarning musbat
dinamikasi va jigar funktsiyasining tiklanishi davolashning ikkinchi bosqichini
o’tkazishga mezon bo’lib xizmat qiladi.
Davolashning bu bosqichidan maqsad o’tning ichakka normal oqishini
tiklashdan iborat. Xoledox terminal bo’limi va katta duodenal surg’ich
stenozlarida stenozlangan sohani Gryuntsig kateteri bilan ballonli dilatatsiya
qilinadi (104-rasm).
104-rasm. Xoledox terminal qismi va biliodegistiv anastomoz stenozlari
dilatatsiyasi.
Xoledoxolitiazda Oddi sfinkteri oldindan kengaytirilgandan keyin
spazmolitik muolaja zamirida toshlar tushiriladi.
Xoledoxolitiazni davolashning yangi usuli – teri orqali jigar orqali
drenajlab, keyin konkrementlarni tarkibida monooktanoin, mono- va
diglitseridlar, xenodezoksixolat kislota kabilarni tutadigan eritmalar bilan eritish
tobora diqqatni tortib kelmoqda.
478
Hozirgi vaqtda o’t-tosh kasalligi bilan og’rigan bemorlarni davolashda
jahon amaliyotida ekstrakorporal litotripsiya usuli qo’llanilmoqda. Bu usul o’t
toshlarini zarbali to’lqinlar bilan mayda fragmentlargacha parchalashga
asoslangan. Obturatsion sariqlikda jigardan tashqaridagi o’t yo’llarini teri orqali
jigar orqali endoprotezlash metodi istiqbolli hisoblanadi.
O’t yo’lining o’sma bilan stenozlangan bo’limiga rigid kateter – kateterga
ulangan uzunligi 5-12 sm endoprotez transparietal kiritiladi. 2 sutka o’tgach bu
kateter chiqarib olinadi, endoprotez esa biliar yo’lni umr bo’yi palliativ
drenajlashni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |