Surunkali kalkulyoz xoletsistit. Jigar sanchig’i xuruji to’xtagandan keyin
bemorlar hech nimadan shikoyatlar qilmay, o’zlarini sog’lom xis qilishlari
mumkin. Biroq ularda o’ng qovurg’alar ostida og’irlik va simillagan og’riq
bo’lib, u ovqatdan keyin kuchayadi, qorin dam bo’ladi, ich ketadi, og’iz bemaza
bo’ladi. Birlamchi surunkali xoletsistit jigar sanchig’i xurujlarisiz ko’rsatib
o’tilgan simptomlar bilan kechadi. O’t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistit
asoratlari: xoledoxolitiaz, xoledox terminal bo’limida chandiqli striktura, ichki
oqmalar paydo bo’lishi, xolangit, xoletsistopankreatit, o’t pufagi istisqosi, o’t
pufagi empiemasi.
Xoledoxolitiaz – o’t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistitning eng ko’p
uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi o’tgan va
keksa yoshdagi odamlarda xoledoxolitiaz 2-3 marta ko’proq kuzatiladi.
Ko’pchilik bemorlarda umumiy o’t yo’liga toshlar o’t pufagidan tushadi. Bunga
pufak yo’lining kalta serbarligi, pufak bo’yni yoki gartman cho’ntagi sohasida
yara bo’lib, o’t pufagi bilan umumiy o’t yo’li o’rtasida keng oqma paydo
bo’lishi sababchidir.
Xoledoxolitiaz uzoq vaqtgacha simptomlarsiz kechishi mumkin. Hatto
gepotikoxoledoxning ko’p sonli toshlarida xam o’t ajralishi buzilishi hammavaqt
sodir bo’lavermaydi. O’t suyuqligi jigardan tashqaridagi o’t yo’llari
bo’shlig’idagi toshlarni guyo chetlab oqib o’tadi va xoledox terminal bo’limida
to’siq bo’lmasa, bemalol o’n ikki barmoqli ichakka tushadi. Toshlar
gepatikoxoledoxning eng tor bo’limlariga, uning terminal bo’limiga va ayniqsa
katta duodenal surg’ichi ampulasiga tushganda o’t suyuqligining ichakka oqib
ketishiga to’siq paydo bo’lib, bu klinikasida mexanik sariqlik bilan yuzaga
470
chiqadi. Ba’zan sariqlik xoledox terminal bo’limida yoki katta duodenal
surg’ichda «ventil» tosh bo’lganda sariqlik remittirlovchi xarakterga ega bo’ladi.
Toshlarning xoledox terminal bo’limidagi okklyuziyasida o’t gipertenziyasi
vujudga kelib, klinik jihatdan bu o’ng qovurg’alar ostida simillagan og’riqlar va
mexanik sariqlik bilan o’tadi. Jigardan tashqari yo’llarda bosim yanada osha
borganda ularning bo’shlig’i kengayadi va tosh gepatikoxoledox proksimal
bo’limlariga guyo suzib chiqqanday bo’ladi, sariqlik kamayadi va yo’kolishi
mumkin.
Xolangit – jigar ichi va jigardan tashqari o’t yo’llarining o’tkir va surunkali
yallig’lanishidir. Xolangit xolestaz va o’t suyuqligiga tushgan infektsiya
hisobiga paydo bo’ladi. O’t yo’llari devorlaridagi morfologik o’zgarishlar
xarakteri bo’yicha kataral va yiringli xolangit farq qilinadi. Xolangitning klinik
belgilari: tana haroratining subfebril raqamlargacha to’satdan ko’tarilishi, qattiq,
et junjikishi, o’ng qovurg’alar osti sohasida og’irlik va simillagan og’riq, ko’ngil
aynishi va qusishdan iborat. Yiringli xolangitda og’riq kuchli bo’ladi, sariqlik
erta paydo bo’ladi.
Yiringli xolangit avj olib jadal kechganda o’t yo’llari devorlarida,
parenxima bag’rida va uning yuzasida mayda yiring tuplangan joylar hosil
bo’ladi, bu jigarda ko’p sonli abstsesslar paydo bo’lishiga olib keladi. Katta
duodenal so’rg’ich ampulasida tosh qisilib qolganda o’t oqib ketishi buzilishi
bilan birga pankreatik shira oqib ketishining buzilishi ro’y berishi ehtimol va
ko’pincha o’tkir pankreatit rivojlanadi.
Katta duodenal so’rg’ich va umumiy o’t yo’li terminal bo’limidagi
chandiqli strikturalar duodenal so’rg’ich shillik pardasi toshlardan, yalig’lanish
jarayonida zararlanganda paydo bo’ladi. Strikturalar bir necha millimetrlardan
1-1,5 sm gacha masofada chegaralangan va umumiy o’t yo’lining terminal
bo’limi 2-2,5 sm va bundan ko’prok kontsentrik toraygan tubulyar bo’lishi
mumkin. Chandiqli strikturalarda odatda patognomonik klinik simptomlar
bo’lmaydi. Xoledox terminal bo’limining o’t suyuqligi va pankreatik shira
471
oqishining bo’zilishi bilan o’tadigan stenozida xoletsistopankreatit, o’tkir yoki
surunkali pankreatit, mexanik sariqlik, xolangit simptomlari paydo bo’ladi.
Ichki biliodegistiv oqmalar. O’t pufagida toshlarning uzoq vaqt turib
qolishi o’t pufagi bilan uzviy bog’langan yakin joylashgan kovak organ orasida
yara paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Oqmalarning ko’pincha o’t pufagi bilan me’da o’rtasida yoki o’t pufagi
bilan gepatikoxoledox o’rtasida shakllanishi ro’y beradi. Ichki biliodegistiv
oqmalarning klinik belgilari juda kam, shunga ko’ra operatsiyaga qadar hamma
bemorlarda ham diagnoz qo’yishning iloji bo’lavermaydi.
Dostları ilə paylaş: |