Tekshirish usullari
O’t pufagi va o’t yo’llarining diagnostikasi avvalo bemorlarning
shikoyatlari, anamnezi va fizik usullar bilan tekshirish natijalarini o’rganishga
asoslanadi.
Bemorlar quyidagilarga eng ko’p shikoyat qiladilar: og’riq, dispepsiya,
isitma, et junjikishi, teri qichishi, sariqlik. Anamnezni aniqlashda bemorda ilgari
sariqlik va jigar hamda o’t pufagining o’tkir kasalliklari, sanchiq xurujlari
bo’lgan-bo’lmaganiga ahamiyat berish zarur, ular bu organlarning (surunkali
xoletsistit, xolangit va o’t-tosh kasalligi) shu kasalligini boshlab bergan bo’lishi
mumkin. Fizik tekshirish usullaridan bemorni ko’zdan kechirish, paypaslab
ko’rish, perkussiya, auskultatsiyadan foydalaniladi. Ular anatomik va
funktsional o’zgarishlar to’g’risida tushuncha hosil qilishga imkon beradi va
ko’pincha bemorni davolash jarayonida uning xolati dinamikasiga baho berishda
asosiy usullardan sanaladi.
Jigarni funktsional tekshirish bu organning spetsifik faoliyatini, masalan,
pigment, zararsizlantiruvchi, oqsil hosil qiluvchi, farmakometabolizm kabi
vazifalarni aks ettiradi.
464
Biliar kasalliklarni diagnostika qilishda rentgenologik tekshirish ko’p
xollarda hal qiluvchi axamiyatga ega bo’ladi.
Bemor qornini bosib yotganida olingan su’rat jigarning o’lchamlari, shakli,
joylashuvi va undagi yirik strukturaviy o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berishi
mumkin.
Xoleografiya. Xoleografiya usuli jigarning o’t yo’llariga tushganda organ –
yod saqlaydigan moddalar ajratish qobiliyatiga asoslangan bo’lib, ularning
rentgen
kontrast
tasvirini
olishga
imkon
beradi.
Vena
orqali
xoletsistoxolangiografiya o’t pufagining holatidan qat’y nazar, uning qisqarish
funktsiyasi buzilganda, pufak yo’li blokida, shuningdek xoletsistektomiyadan
keyin o’t yo’llarining rentgen kontrast tasvirini olishga yordam beradi.
Teri orqali xoletsistografiya qilish. Kattalashgan o’t pufagi punktsiya
qilingandan va kontrast modda yuborilgandan keyin uni rentgenologik
tekshirishdan iborat. Operatsion xolangiografiya xirurgik operatsiyalar vaqtida
o’t yo’llarini rentgen kontrast tekshirishdan iborat. Hozirgi sharoitlarda bu
tekshiruv o’t yo’llaridagi operatsiyalarda albatta o’tkaziladigan bosqich
hisoblanadi, chunki u diagnostika sifatini oshirib, asoratlar sonini kamaytirishga
va xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.
Endoskopik retrograd xolangiopankreatografiya (ERPXG) – Fater
so’rg’ichiga yoki duodenoskopiyada biliar yo’l og’ziga kiritilgan kateter
yordamida kontrast modda yuborishdan iborat (101-rasm).
465
101-rasm. Retrograd xolangiografiya.
Teri orqali jigar orqali xolangiografiya (ЧЧХГ) jigar ichidagi o’t yo’llarini
punktsiya qilish, ularga kontrast modda yuborish va keyin rentgenologik
tekshirishni o’z ichiga oladi. Odatda teri orqali xolangiografiyani mexanik
sariqlikda o’tkaziladi: bu usul o’t yo’llarida obturatsiya borligini tasdiqlash,
uning joyini aniqlash va sababini bilishga imkon beradi. Tekshirish uchun
ingichka po’lat ignalar va rentgentelevizion moslamalardan foydalanish tufayli
bu usul keyingi yillarda juda keng tarqaldi.
O’t yo’llarini manometrik tekshirish – xolangiomanometriya ularga
suyuqlik yuborilgandan keyin bosim ko’rsatkichlarini aniqlashdan iborat, bu o’t
chiqaruvchi yo’lning funktsional qobiliyati va o’tkazuvchanligi to’g’risida
xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Jigar o’t yo’llarini ultratovush bilan tekshirish. O’t pufagini ultratovush
bilan tekshirishda juda qimmatli ma’lumot olish mumkin, bu ularda
konkrementlar yoki yangi xosil bo’lgan tuzilmalar borligini aniqlash imkonini
beradi.
466
Jigarni radioizotop tekshirish – uning radioaktiv moddalarni yutish
xususiyatiga asoslangan. Shunga asoslanib, jigarning radioaktiv preparatni
yutish dinamikasi bo’yicha funktsional xolati aniqlanadi va radioaktiv
preparatning jigar to’qimalariga taqsimlanishiga doir morfologik xususiyatlari
o’rganiladi.
O’t yo’llarini endoskopik tekshirish usullari. Xirurgiya amaliyotida
laparoskopiyani aksariyat jigarning o’chokli zararlanishi, o’t yo’llari saratonini
aniqlash maqsadlarida, shuningdek sariqlikni differentsial diagnostika qilishda
qo’llanishga to’g’ri keladi.
Duodenoskopiya – katta duodenal surg’ich xolatini tekshirish, o’n ikki
barmoqli ichak patologiyasini istisno qilish imkoniyatini beradi.
Xoledoxoskopiya – operatsion diagnostika usullari qatoriga kiradi va
tekshirishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |