Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   363
Jigar exinokokkozi 

Exinokokkozning ikki turi tafovut qilinadi. Bir kamerali yoki gidatidoz va 

ko’p  kamerali  yoki  alveolyar  turi  farq  qilinib,  ularni  exinokokkning  ikkita 

mustaqil turlari qo’zg’atadi. Exinokokkozning gidatidoz turini tasmasimon gijja 

(Echinococcus  granulosus)  rivojlanishining  lichinka  bosqichidan  iborat. 

Alveolyar  turining  qo’zg’atuvchisi  (Echinococcus  multilocularis)  hisoblanadi. 

Gijjaning asosiy xo’jayini bo’lib – it va ba’zi yirtqich hayvonlar: bo’ri, tulki va 

b.,  oraliq  xo’jayini  bo’lib  esa  odam  va  o’txo’r  uy  hayvonlari  (qo’y,  qoramol, 

tuya va b.) hisoblanadi.  

Insonda  exinokokk  kistasining  rivojlanishi  jarayoni  asosida  gijja 

tuxumlarining  (skoleks)  me’da-ichak  traktiga  tushishishi  asosiy  omil  bo’lib 

hisoblanadi.  Parazit  tuxumlari  me’da  yoki  ingichka  ichak  devoriga  kiradi  va 

vena  qon  tomirlari  bo’ylab  avvalo  jigarga,  aksariyat  hollarda  o’ng  bo’lagiga, 

undan  o’tgan  tuxumlari  esa  o’pka  va  boshqa  a’zolarga  etib  boradi.  SHuning 

uchun,  kasallikka  eng  ko’p  chalinadigan  a’zolar  jigar,  keyingi  o’rinda  esa 

o’pkalar turadi. Keyingi yillar tajribasi shuni ko’rsatdiki, insonda bu kasallikka 



 

450 


chalinmaydigan  a’zoning  o’zi  yo’q.  Jumladan,  bu  kasallik  taloqda,  ichaklarda, 

mushaklarda va hattoki bosh miyada uchrash holatlari ham e’tirof etilgan. 

Inson organizmining parazitar kista rivojlanayotgan a’zolari uning atrofida 

zich  fibroz  kapsula  shakllanishi  bilan  javob  beradi.  Exinokokk  kistasi  ichki 

germinativ  va  tashqi  xitin  pardalardan  tashkil  topgan  bo’ladi.  Exinokokning 

ichki  pardasi  suyuqlik  chiqaradi,  uning  tarkibida  skolekslar  va  tushgan  joyida 

palak yoza oladigan qiz (дочерние) kistalari bo’ladi. 

Klassifikatsiyasi.  Jigar  exinokokkozining  klinik  kechishi  bo’yicha  ko’p 

mualliflar kasallikning uch asosiy bosqichini tafovut qiladilar: 

1-bosqichi: yashirin,simptomsiz. 

2-bosqichi: simptomlar yuzaga chiqqan. 

3-bosqichi: asoratlar rivojlanishi. 

Jigar  exinokokki  kistasi  birmuncha  tez  rivojlanib,  katta  o’lchamlarga 

etganda  klinik  jihatdan  namoyon  bo’ladi.  Jigar  va  epigastriy  sohasida 

simmillovchi  zirqiragan  og’riqlar  paydo  bo’ladi.  So’ngra  qorin  old  devorining 

(ayniqsa kista yirik o’lchamlarda bo’lsa) bo’rtib chiqishi kuzatiladi. Parazitning 

rivojlanishi  jarayonida  organizmda  unga  nisbatan  antigen-antitelo  reaktsiyasi 

ishga  tushadi  va  sensibilizatsiya  jarayoniga  sabab  bo’ladi.  Shuning  uchun 

organizmda  allergik  holat  yuzaga  keladi  va  “eshak  emi”ga  o’xshash  toshmalar 

toshishi kuzatiladi. 

Exinokokk  kistasi  o’zining  rivojlanishi  (o’sishi)  jarayonida,  ayniqsa 

jigarning yirik qon tomirlari, o’t yo’llari yonida joylashgan bo’lsa, ularni ezishi 

natijasida  portal  gipertenziya  belgilari  yoki  mexanik  sariqlik  kabi  asoratlarni 

keltirib  chiqaradi.  Ba’zi  hollarda  bemorning  e’tiborsizligi  yoki  o’z  vaqtida 

diagnostika  qilinmaganligi  oqibatida  kistaning  qorin  bo’shlig’iga  yorilishi 

ko’pincha  anafilaktik  shok,  peritonit  kabi  og’ir  asoratlarni  yuzaga  keltiradi. 

Keyinroq  esa  exinokokk  tuxum  va  kistalarining  yorilgan  bo’shliqqa  (qorin 

bo’shlig’i,  plevral  bo’shliq  va  b.)  disseminatsiyasiga,  ya’ni  tushgan  a’zolarda 

o’sib  ko’payishiga  olib  keladi.  Bu  holat  bemorlarni  qayta-qayta  jarrohlik 



 

451 


amaliyotini boshidan o’tkazishga majbur qiladi. Exinokokk kistasi yiringlaganda 

bemorda intoksikatsiyaga xos bo’lgan barcha belgilar paydo bo’ladi. 

Bemorda  jigar  exinokokkozi  kasalligi  borligiga  shubha  qilinganda  uning 

anamnezini yig’ishda kasbiga, uy xayvonlari yoki iti borligiga, alohida ahamiyat 

beriladi. Yuqorida keltirilgan shikoyatlarning borligiga e’tibor beriladi. Ob’ektiv 

ko’rikda  esa,  jigarning  kattaligiga,  chegaralarining  o’zgarganiga  qaraladi. 

Qonning  umumiy  tahlilida  eozinofiliya,  kista  yiringlaganda  esa  yuqori 

leykotsitoz  topiladi.  Serologik  reaktsiyalar  (RSG,  RIGA,  RGA,  IFA)  jigarning 

exinokokkozga  uchragani  xaqida  90%  ga  yaqin  hollarda  to’g’ri  natija  beradi. 

Rentgen  tekshiruvi  o’tkazilganda  diafragmaning  zararlangan  tarafda  yuqori 

turishi,  gumbazning  bo’rtib  chiqishi,  ba’zan  esa  kista  chegarasida  kaltsinatlar 

borligini  aniqlash  mumkin.  Ultratovush  yordamida  tekshiruv  va  kompyuter 

tomografiyasini o’tkazish eng qulay va noinvaziv tekshirish usullariga kiradi va 

aniq ma’lumot beradigan usullardan hisoblanadi (96-rasm). 

 

 

 



96-rasm. Jigar o’ng bo’lagining gigant exinokokk kistasi (KT). 

 

Bugungi  kunda  yuqoridagi  usullarning  keng  qo’llanilishi,  radioizotop  va 



angiografik usullarni kasallik diagnostikasida qo’llash o’z ahamiyatini yo’qotdi. 

Jigar  exinokokki  xirurgik  yo’l  bilan,  exinokokkektomiya  amaliyotini 

o’tkazish yo’li bilan davolanadi. Kistaning o’lchamlari unchalik katta bo’lmay, 

jigarning chetida joylashgan bo’lsa – ideal exinokokkektomiya usuli qo’llanilib 




 

452 


(kistani  xitin  va  fibroz  pardalari  bilan  qo’shib,  butunligicha  –  bo’shlig’ini 

ochmasdan)  olib  tashlanadi.  Ko’pchilik  hollarda  buning  iloji  bo’lmasdan,  kista 

ichidagi suyuqlik, avvalo punktsiya va aspiratsiya yo’li bilan bo’shatilib, so’ngra 

kista  ochilib  ichidagi  germinativ  va  xitin  pardalari  olib  tashlanadi.  Albatta,  bu 

amaliyot  bajarilayotganda  disseminatsiyaning  oldini  oluvchi  barcha  chora-

tadbirlar  qo’llaniladi.  Fibroz  pardaning  ichiga  glitserin  bilan  ishlov  beriladi  va 

tikib (kapitonaj) bo’shliq yo’qotiladi. Exinokokk kistasining joylashgan o’rniga 

qarab,  bo’shliqni  yo’qotishning  usuli  tanlanadi.  Qator  hollarda  bo’shliqni  katta 

charvi  bilan  tompanada  qilib  bo’shliq  yo’qotiladi  yoki  bo’shliq  ochiq  holda 

qoldiriladi (abdominiza-tsiya). Agarda amaliyot jarayonida jigarda o’t oqmalari 

topilsa, ular yaxshilab tikilib, bo’shliqqa drenaj naychasi qo’yiladi. Yiringlagan 

kistani  operatsiyaning  asosiy  bosqichi  tugallangandan  so’ng  qo’shimcha 

ravishda drenajlanadi. 

Hozirgi  kunda  jigar  exinokokkini  laparoskopik  usulida  operatsiya  qilish 

usuli  ham  qo’llanilmoqda.  Bu  amaliyotga  ko’rsatma  bo’lib  exinokokk 

kistasining ulchami 10 sm dan kichik bulishi, asoratlanmagan va jigarning 2-3-

5-6-7-segmentlarda joylashgan bo’lishi kerak. 

Operatsiyadan  keyingi  davrda  ushbu  kasallikning  qaytalanishini  (retsidiv) 

profilaktika  qilish  maqsadida  parazitga  qarshi  preparatlar  (albendozol, 

mebendozol va b.) tavsiya etiladi. 

Alveokok  o’zida  rangsiz  suyuqlik  saqlaydigan  ko’p  sonli  mayda 

pufakchalardan  iborat  bo’lib,  o’smasimon  fibroz  tugundan  tashkil  topgan 

bo’ladi.  Alveolyar  exinokokk  infiltrativ  o’sish  qobiliyatiga  ega  bo’lib,  o’sma 

o’sishini eslatadi, hamda o’t yo’llari va qon tomirlarga o’sib kirishga qodir. Shu 

sababli  alveokokkozning  eng  ko’p  uchraydigan  asorati  yirik  o’t  chiqaruvchi 

yo’llarini ezilishidan kelib chiqqan mexanik sariqlik hisoblanadi. Alveokokning 

infiltrativ  o’sish  xususiyati,  magistral  qon  tomirlar  va  o’t  yo’llarini  ezilishiga 

sabab  bo’lib,  jarrohlik  amaliyotini  bajarishda  bir  muncha  qiyinchiliklar 

tug’diradi. Ba’zi hollarda, atipik yoki anatomik jigar rezektsiyasi amaliyotlarini 



 

453 


bajarishga  to’g’ri  keladi,  o’t  yo’llari  esa  drenajlanadi.  Alveolokokkoz 

“o’chog’i”ga parazitga qarshi qo’llaniluvchi preparatlar (flavakridin) yuboriladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin