473
MEXANIK SARIQLIK
Teri va shilliq pardalar, skleralarning to’qimalarida ortiqcha bilirubin
yig’ilishi natijasida ularni sarg’imtir bo’yalishi sariqlik deyiladi. Bunda qonda
bilirubin miqdori oshgan bo’ladi. Sariqlik ichki a’zolarning qator kasalliklariga
xos klinik sindrom hisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish sababiga ko’ra
sariqlikning uchta asosiy turi farq qilinadi.
Gemolitik (jigar usti) sariqlik – eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita
bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo’ladi. Bu hodisalar
retikuloendotelial sistema xujayralarining funktsiyasi oshib ketganda birlamchi
va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi.
Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar shikastga uchrab, ularning
qondagi ozod bilirubinni bog’lash va uni bilirubin glyukuronidga (bevosita
bilirubin) o’zgartirish kobiliyati pasayganda ro’y beradi. Virusli gepatit,
leptospiroz, jigar tsirrozi, ayrim zaharlanishlar parenximatoz sariqlikning eng
ko’p uchraydigan sabablaridan hisoblanadi.
Mexanik (obturatsion) sariqlik o’t chiqaruvchi yo’llar qisman yoki to’liq
tutilib qolib, o’t suyuqligining ichakka oqishi buzilishi natijasida rivojlanadi.
Mexanik sariqlik aksariyat hollarda, xoledoxolitiaz, katta duodenal surg’ich
strikturasi, me’da osti bezi boshchasi va o’t chiquvchi yo’llardagi o’smalarga
bog’liq bo’ladi.
Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg’imtir-yashil bo’ladi, o’t yo’llarini
bekitib qo’yadigan o’smalarda esa ersimon rangda bo’ladi. O’t-tosh kasalligiga
bog’liq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig’iga
o’xshash o’ziga xos xurujsimon og’riqlar paydo bo’ladi, ba’zan sariqlik o’tkir
xoletsistit zaminida vujudga keladi. Pankreatoduodenal soha o’smalarida
sariqlik og’riq sezgilarisiz paydo bo’ladi. Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin
darajasi baland bo’lganda kuchli bo’ladi. Pankreatoduodenal sohasida o’smalari
bo’lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining musbatligi aniqlanadi.
Axlat oqchil rangli, o’t yo’llari butunlay yopilsa axolik bo’ladi. Siydik to’q
474
rangli.
Bevosita
va
bilvosita
bilirubin
kontsentratsiyasi,
ayniqsa
pankreatoduodenal sohaning obturatsion o’smalarida keskin oshgan bo’ladi.
Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni
qo’zg’atgan kasallik xarakteriga bog’liq. Bu hol sariqlik turlarini differentsial
diagnostika qilishda qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi. Sariqlikni diagnostika
qilishning yuqorida ko’rsatib o’tilgan klinik va laboratoriya usullaridan tashqari,
sariqlikning har xil turlarini differentsial diagnostikasi uchun zarur va qimmatli
axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik,
ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o’rin beriladi.
Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o’zgarishlar va
organizmning bir qator umumiy og’ir buzilishlari bilan o’tadi, bemorlar
holatining og’irligi sariqlik darajasi va davomiyligiga proportsional ravishda
ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo’lishiga olib keladi, shu sababli
davolash natijasi yomonlashadi va o’lim darajasi ko’payadi. Jigar funktsional
holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o’tkir jigar etishmovchiligi avj
olishiga olib keladi. I.M. Matyashin ma’lumotlariga binoan o’t yo’llari
obturatsiyasidan 10-14 kun o’tgach jigar funktsiyasi shu qadar buziladiki,
xirurgik operatsiya qilish g’oyat xatarli bo’lib qoladi va yuqori o’lim darajasi
bilan o’tadi.
Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va
turlari, profilaktika qilish yo’llari va operatsiyadan keyin jigar etishmovchiligini
davolash muhim masala hisoblanadi (102-rasm). Operatsiya o’t pufagi
gipertenziyasini davolashning eng effektli chorasi hisoblanadi Biroq narkoz,
operatsion jarohat jigar etishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan
formaga o’tishi sababli bemorlarning ahvolini qiyinlashtiradi. Ko’rsatib o’tilgan
jihatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og’rigan bemorlarda radikal
operatsiyalarni 2 bosqichda o’tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi
bosqichda jigar funktsional holatini va bemorlarning umumiy ahvolini
yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya qilish taklif etiladi.
Hozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o’t yo’llarini nazobiliar
475
drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi ehtiyot qiladigan
usullar qo’llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit
hodisalarini kamaytirish yoki tugatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy
antibakterial davolash uchun o’tni ekish, xavfli o’smalarni ximiyaviy preparatlar
bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani ko’tara olmaydigan
bemorlarda o’t chiqaruvchi yo’llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy
usuli sifatida foydalanilishi mumkin (103-rasm).
102-rasm. Me’yoriy dekompressiya va xolangiomanometriya o’tkazish
uchun moslama.
476
103-rasm. O’t yo’llarini ikkitalik drenajlash sxemasi.
Dostları ilə paylaş: