Xirurgik kasalliklar


O’tkir pankreatit tasnifi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə302/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   363
O’tkir pankreatit tasnifi. O’tkir pankreatit quyidagi turlari farq qilinadi:  

1) me’da osti bezining o’tkir shishishi;  

2) steril pankreonekroz (yog’li yoki gemorragik);  

3) yiringli pankreonekroz.  

Bunday  turlarga  bo’lish  ma’lum  darajada  shartli  hisoblanadi.  Bitta 

bemorning  o’zini  morfologik  tekshirishda,  aksariyat  unda  patologik  turlarining 

birga uchrashini, shuningdek o’tadigan formalarini kuzatish mumkin. Me’da osti 

bezining  o’tkir  shishishi  birmuncha  ko’proq  kuzatiladi  (bemorlarning  77-78 

foizida).  Steril  va  yiringli  pankreonekroz  bemorlarning  taxminan  10-12  foizida 

qayd qilinadi. 

Xozirgi  kunda  o’tkir  pankreatitni  eng  qulay  tasnif  V.I.  Filin  tomonidan 

taklif  qilingan.  Bu  tasnifga  ko’ra  o’tkir  pankreatit  klinik  kechimida  4  davr 

ajratiladi (106-rasm). 

 



 

486 


 

 

106-rasm. O’tkir pankreatitni V.I. Filin (1994 y) bo’yicha tasnifi. 



 

Fermentativ davr kasallikning birinchi 5 kuniga to’g’ri keladi. Reaktiv davr 

(kasallikning  6-14  kunlar)  faqat  destruktiv  pankreatit  rivojlangan  bemorlarda 

kuzatiladi.  Kasallikning  3  haftasidan  sekvestratsiya  davri  boshlanadi.  20-24 

kundan so’ng bemorlarda kasallikning yakunlanish davri boshlanadi. 

Me’da osti bezidagi o’choqlar o’lchamlariga nisbatan A.D. Tolstoy (1999) 

o’tkir  penkreatitni  5  turga  bo’ladi:  o’tkir  shishli  pankreatit  (atsinar  xujayralar 

nekrozi);  kichik  o’choqli  pankreonekroz  (o’choqlar  o’lchamlari  5  mm  gacha); 

o’rta o’choqli pankreonekroz (o’choqlar o’lchamlari 5 mm dan 10 mm gacha); 

katta  o’choqli  pankreonekroz  (o’choqlar  o’lchamlari  10  mm  dan  ko’p);  total-

subtotal pankreonekroz (oshqozon osti bezi total-subtotal shikastlanishi). 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin