Klinikasi. Kasallik aksariyat to’sh osti sohasida va chap qovurg’alar ostida
og’irlik sezgisi va biroz og’riq, kekirish, qorinning o’rta darajada dam bo’lishi
487
ko’rinishidagi dispeptik buzilishlar bilan xarakterlanadigan qisqa prodromal
davrdan (60-70%) keyin boshlanadi.
Og’riq o’tkir pankreatitning asosiy va doimiy simptom hisoblanadi. Og’riq
to’satdan paydo bo’ladi. O’z xarakteriga ko’ra og’riq juda kuchli, simillagan,
doimiy, kamroq vaqt mobaynida tutadi. Og’riq shu qadar kuchli bo’ladiki,
bemorlar ba’zan hushdan ketadi. Og’riq o’ng va chap qovurg’alar ostida
joylashishi mumkin, ko’pincha esa belbog’simon bo’lishi kuzatiladi va elkalar
ustiga, to’sh suyagi orqasiga o’tadi, buni yanglishib ba’zan miokard infarkti deb
hisoblaydilar. 85% hollarda bemor qayt qiladi (og’ir hollarda qusuq tarkibiga
qon aralashgan bo’ladi). Bemor qorni tobora shishib boradi, ich kelmasligi
hamda el chiqmasligi (qabziyat) kuzatiladi.
Bemor tanasining vaziyati – ko’pincha majburiy holatda, bemorlarning
ko’pchiligi yarim egilgan holatda bo’ladilar. Xastalikning boshlanishida,
bemorning tana harorati normal yoki subnormal bo’ladi. Tananing yuqori
harorati va isitma rivojlanib borayotgan yallig’lanish asoratlari uchun xos.
Teri va shilliq pardalarning ranggi oqargan, tsianotik tusda bo’lib, og’ir
intoksikatsiya jarayonidan dalolat beradi. Aksariyat hollarda sariqlik kuzatilib,
o’tning normal oqishining buzilishi va jigardagi og’ir toksik holatdan dalolat
beradi.
Bemorning tili quruq, kulrang qarash bilan qoplangan. Qorin bir tekis
ko’tarilgan, mushak himoyasi kuchsiz, qorinning yon bo’limlarida va kindik
atorofida tsianoz – Grey-Tyorner simptomi va Kullen simptomi qayd qilinadi.
O’tkir pankreatit uchun epigastral sohada va chap qovurg’alar ostida og’riq
bo’lishi ob’ektiv simptom hisoblanadi, u ko’pincha oldingi qorin devori
mushaklarining taranglashmasligi bilan o’tadi. Voskresenskiy simptomi
(epigastral sohada qorin aortasi pulsatsiyasining yo’qolishi) bemorlarning
uchdan bir qismida, Meyo-Robson simptomi (chap qovurg’a-umurtqa
bo’rchagida og’riq) esa, ularning yarmidan ko’prog’ida aniqlanadi. Shyotkin-
Blyumberg simptomi ko’pincha kuchsiz musbat, ichak peristaltikasi
488
shovqinlarining susayishi kuzatiladi. Perkussiyada qorin bo’shlig’ida ozod
suyuqlik aniqlanishi ehtimoli bor.
Kasallik boshlanishida bradikardiya bo’lib, tez orada taxikardiya bilan
almashinadi. Kasallikning og’ir formalari uchun tez pulsning ipsimon
xususiyatga ega bo’lishi xos bo’ladi. Arterial qon bosimini ko’pchilik
bemorlarda pasaygani kuzatiladi.
Parenximatoz a’zolarda distrofik o’zgarishlar rivojlanadi, ularning
funktsional holati buziladi. Bu o’zgarishlarni asosan giperenzimemiya,
mikrotsirkulyator buzilishlar va intoksikatsiya tashkil etadi. Buyrak faoliyatida
ayniqsa qattiq buzilishlar kuzatiladi. Bemorlarning 10-20% da diurezning
oliguriyadan anuriyagacha o’zgarishi, o’tkir buyrak etishmovchiligi rivojlanishi
bilan namoyon bo’ladi.
Laboratoriya tekshiruvlarida o’tkir pankreatitda proteolitik fermentlar
ko’rsatkichining oshishi (amilaza, tripsin, lipaza, transaminaza) xarakterli
hisoblanadi. Qonda va siydikda diastazaning miqdori hamisha ham
oshavermaydi. Amilaza miqdorining birdaniga oshishi (512-1024 TB dan ortiq)
o’tkir pankreatitdan dalolat beradi, biroq amilaza darajasining normalligi bu
kasallikni istisno qilmaydi. Bez katta o’zgarishlarga uchraganda qonda va
siydikda diastaza miqdori sezilarli o’zgarmaydi, ba’zan pasayadi. Tripsinning
miqdori ancha oshishi ham o’tkir pankreatit uchun patognomonik belgidir.
Chunki, bu kasallikda tripsin va uning ingibitorlari miqdori juda erta oshadi,
lipaza kontsentratsiyasining oshishi birmuncha kech muddatlarda (kasallik
boshlanishining 3-4-sutkalarida) sodir bo’ladi.
Giperglikemiya va glyukozuriya patologik jarayonga bezning orolsimon
apparatining tortilishi to’g’risida dalolat beradi. Gipokaltsiemiya o’tkir
pankreatitning destruktiv formalari uchun patognomonik holat bo’ladi. U odatda
kasallikning 4 va 10-kunlari orasida, ya’ni yog’ nekrozlari eng rivojlangan
davrda paydo bo’ladi. Kaltsiyning 4 mekv/l dan pasayib ketishi prognoz
jihatidan yomon belgi hisoblanadi.
489
Siydikda, me’da osti bezi fermentlari miqdori oshishidan tashqari, oqsil,
eritrotsitlar, tsilindrlar paydo bo’ladi. Og’ir hollarda buyrakning toksik-
infektsion zararlanishi o’tkir buyrak etishmovchiligiga olib keladi, bu oliguriya
yoki anuriya, qonda azotli shlaklar yig’ilishi yuzaga chiqadi.
Me’da osti bezi to’qimasi fermentlarini tekshirish muayyan diagnostik
ahamiyatga ega. Elastaza
fermenti aktivligi odatda Keller va Mandl bo’yicha
(1971), transaminaza aktivligi esa Bregmayer bo’yicha (1970) aniqlanadi.
Kasallikning xamma formalarida bu fermentlarning aktivlik darajasi nisbatan
yuqori bo’lishi aniqlangan. Sog’lom odamlar qonida elastaza va transaminaza
aktivligi aniqlanmaydi. O’tkir pankreatitli bemorlarda qonda elastaza aktivligi
minutiga 4,3 dan 5 l mkmol/min atrofida bo’ladi. Transaminaza aktivligi 2,29
dan 4,29 mkmol/min gacha o’zgarib turadi.
Qon zardobida to’qima fermentlaringing paydo bo’lishi me’da osti bezi
xujayralari destruktsiyasidan dalolat beradi va bir nomdagi patobiokimyoviy
sindrom tushunchasini tashkil qiladi.
O’tkir pankreatitning asosiy asoratlari: erta asoratlari – shok va o’tkir yurak
etishmovchiligi, peritonit; bir muncha kechki asoratlari – me’da osti bezi
abstsessi, qorin pardasi orqasidagi kletchatka flegmonasi, diafragma osti,
ichaklararo, charvi xaltasi, arroziv qon ketishlar, nekrozga uchragan to’qima
ko’chishi, o’tkir buyrak etishmovchiligi. Keyinchalik esa, me’da osti bezining
soxta kistalari va oqmalari, ichak oqmalari, qandli diabet kabilar paydo bo’lishi
ehtimoli bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |